Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlarning darslarida shakllantirishda darsda interaktiv uslublarning eng maqbullarini tanlay olishi lozim. Interaktiv uslublarni qо‘llash jarayonida sinf о‘quvchilarning о‘ziga xos jihatlarini ham e’tiborga olish lozim. Doimo bir xil uslubdan foydanish ham kamroq samara beradi. Shu sabab mavzuning о‘ziga xosligi, о‘quvchilarning imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda turli uslublardan unumli foydalanish qobiliyati о‘qituvchida shakllangan bо‘lishi lozim. Bu esa о‘qituvchidan doimo о‘z ustida ishlash, malakasini tinimsiz oshirib borishni talab etadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi shakllantirishda “Kichik guruhlarda ishlash” uslubi о‘quvchilarning darsda faolligini ta’minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan sinfda о‘rganishga imkoni tug‘iladi, boshqalar fikrini qadrlashga о‘rgatadi.9 “Kichik guruhlarda ishlash” jarayonida tarix voqealardagi muammolarni tahlil qilish, mohiyati va sabab –oqibatlarini anglash qobiliyatlari shakllantirish va rivojlantirishda “interyu”, “SWOT - tahlil”, “Toifalash jadvali”, "Tanqidiy tafakkur", “FSMU” kabi uslublar muxim ahamiyat kasb etadi. “Baliq skeleti” chizmasi, “Qanday?” diagrammasi, “Konseptual jadval”, “T”-chizmalari, “Venn” diagrammasi, “Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi” uslublari Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlaridagi mavzularni samarali о‘zlashtirishda, fanga о‘quvchilarning qiziqishlarining ortishiga, ayniqsa ularda mustaqil fikrlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) darslarida interaktiv uslublardan foydalanishning samarasi yuqori bо‘lsa-da, о‘ziga xos muammolari ham mavjud. Bu asosan, о‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. О‘qituvchi о‘zining darsini metodik jihatdan qanchalik tо‘g‘ri tashkil qila olsa, uning samarasi shunchalik yuqori bо‘ladi. Aksari hollarda о‘qituvchilar darsning an’anaviy uslublarini ma’qul kо‘rishadi, darslarni noan’anaviy uslublardan foydalanish kо‘nikmasi shakllanmagan yoki dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil qilish uchun imkoniyatlari mavjud emas.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) darslarini interaktiv uslubda tashkil qilish о‘qituvchidan ijodkorlikni, doimo о‘z ustida ishlashni, ilmiy yondoshuvni va mas’uliyatni talab qiladi. Darslarni interaktiv uslubda tashkil qilish yuzasidan amaliy kо‘nikma shakllanib, rivojlanadi. Darslarni olib borish texnikasida о‘zining о‘ziga xos uslublarini shakllantira olish qobiliyati rivojlanadi.
О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish va umumiy о‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish10 kabi vazifalar belgilangan. Bu vazifalarning amalga oshirilishi ta’lim sifatini bugungi kun talabiga moslashuviga va har bir о‘qituvchining yuksak mahoratli bо‘lishini, ta’limning sifat va samaradorligini tubdan oshirish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |