Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети


-MAVZU: Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish



Download 1,6 Mb.
bet35/144
Sana09.02.2022
Hajmi1,6 Mb.
#438142
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   144
Bog'liq
МФУМ Маъруза матн

4-MAVZU: Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish


Reja:
1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish ma’naviy-ma’rifiy ishlarda yangicha yondashuv va innovatsiyalar.
2.Kompetensiyalarga asoslangan ta’lim yondashuvi.
3.Mafkuraviy kompetensiya va uni rivojlantirishning zaruriyati.

1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish ma’naviy-ma’rifiy ishlarda yangicha yondashuv va innovatsiyalar.


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yо‘naltirilgan targ‘ibot tizimi shakllandi.
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora kо‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. 
Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qо‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda.
Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bо‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qо‘yilgan. 
2017 yil 28 iyulda Respublikamizda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga kо‘tarish tо‘g‘risida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №3160 sonli qarori qabul qilindi. Bunda ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlarni yanada jonlashtirish maqsadida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi birlashtirilib, ularning negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi.
Mazkur qaror bо‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, bu borada keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosda yо‘lga qо‘yish zarurligi ta’kidlangan.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlarni yanada jonlashtirish borasida quyidagi vazifalar belgilangan.

  • dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish; 

  • jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga tо‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

  • milliy g‘oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari о‘rtasida keng targ‘ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish; 

  • targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;

  • ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar о‘tkazishni muntazam yо‘lga qо‘yish; 

  • yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik kо‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish; 

  • mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish; 

  • xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz о‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va о‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bо‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qiladilar. 
Bugungi kunda umumiy о‘rta ta’lim tizimi sohasida tubdan о‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu sohada mustaqillikdan buyon qо‘lga kiritilgan yutuqlar, kamchiliklar, muammolar tahlil qilinib, maqbul rejalar belgilanmoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’lim sohasidagi mavjud muammolar va bajarilishi lozim bо‘lgan vazifalarni quyidagicha kо‘rsatib о‘tdi: “...umumta’lim maktablari, litsey va kasb-xunar kollejlari, shuningdek, oliy о‘quv yurtlaridagi о‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy о‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Yana bir muammoni hal etish ham о‘ta muhim hisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-о‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol kо‘mak beradigan muhitni yaratish zarur.”2
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy о‘rta ta’lim tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 140-son qarori 2017 yil 15 martda qabul qilingan. Nizom 10 ta bob, 85 ta banddan iborat. Unda О‘zbekistonda umumiy о‘rta ta’limning muddati 9 yil qilib kо‘rsatilgan va umumiy о‘rta ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida»gi qonunlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirilishi ta’kidlangan. Nizomda umumiy о‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari, umumiy о‘rta ta’limni tashkil etish, о‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, umumta’lim muassasasiga о‘qishga qabul qilish, о‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, umumiy о‘rta ta’limni boshqarish, moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti kabi boblari mavjud.
Nizomda umumiy о‘rta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat qilib begilangan:

  • о‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy о‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;

  • о‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, о‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;

  • ta’limning uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalari о‘quv dasturlarining о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari о‘quv dasturlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash;

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga о‘qitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish;

  • о‘quvchilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish;

  • Umumiy о‘rta ta’lim muntazam va tizimli bilimlar olinishini, keng dunyoqarash hamda ijodiy mustaqil fikrlash shakllantirilishini, о‘quvchining barkamol shaxs sifatida kamol topishini, uning qiziqishlari va ijodiy qobiliyatlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi.

Nizomning 7-bobida Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda:

  • Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bо‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega;

  • Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning umumta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yо‘l qо‘yilmaydi.

  • Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb mahoratining raqobatbardosh darajada saqlab turilishi xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etiladi va nazorat qilinadi.

  • Umumta’lim muassasasi pedagogik jamoa a’zolari о‘qitish yо‘nalishlari (tabiiy, aniq, gumanitar, ijtimoiy va boshqa fanlar) bо‘yicha uslubiy birlashmalarga birlashadilar.

  • Umumta’lim muassasalari о‘qituvchilarining (о‘quv fanlari va soatlari bо‘yicha) vazifasini vaqtincha bajarib turish tartibi hamda xodimlarining sinfdan tashqari faoliyatini tartibga solish О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

  • Umumta’lim muassasasi rahbariyati о‘qituvchilarning obrо‘-e’tibori va ijtimoiy maqomini, ularning mas’uliyati va kasb mahoratini oshirish bо‘yicha aniq yо‘nalishli ishlarni amalga oshiradi, ularning tizimli ravishda malaka oshirishlari va о‘z ustida ishlashlari, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek yangi о‘quv dasturlari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

  • Umumta’lim muassasalari va xalq ta’limi boshqaruv organlarining xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka о‘tashi shaklida amalga oshiriladi.

  • Umumta’lim muassasalari о‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat kо‘rsatadi.

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlari bо‘yicha о‘quv mashg‘ulotlari olib borish jarayonida 2017 yil 28 iyulda Respublikamizda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga kо‘tarish tо‘g‘risida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №3160 sonli qarori va Umumiy о‘rta ta’lim tо‘g‘risidagi nizom va о‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yо‘naltirilgan davlat ta’lim standarti bо‘yicha dars mashg‘ulotlari olib borishimiz zarur. Bunda о‘qituvchilar dars mashg‘ulotlari olib borish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va interaktiv uslublardan unumli foydalanishlari lozim.



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish