2.Kompetensiyalarga asoslangan ta’lim yondashuvi
Bugungi kunda umumiy о‘rta ta’lim sifatini tubdan о‘zgartirishda ta’limdagi kompetentsiyaviy yondoshuv muhim ahamiyat kasb etadi. Kompetensiya bu-mavjud bilim, kо‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qо‘llay olish qobiliyati hisoblanadi3. “Kompetensiya” tushuncha lotincha “campetere” - munosib bо‘lmoq sо‘zidan kelib chiqqan bо‘lib, u Yevropada birinchi marta 1596 yilda Vikipediya lug‘atida ishlatilgan. Hozirda Vikipediyada elektron lug‘atda “kompetensiya” tushunchasi “bu xodimning lavozim talablariga muvofiq ishlash qobiliyatidir”4, deya izohlangan. О‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida “kompetensiya” tushunchasi “Kompetensiya – (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy о‘zini о‘zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba”5, deya ta’riflangan. Yuqoridagi manbalarda “kompetensiya” tushunchasi orqali keng ma’noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy tajribalar asosida bilim va malakalarni qо‘llash, muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini nazarda tutilgan bо‘lsa, yurtimizning pedagogika sohasidagi olimlari tomonidan aynan о‘qituvchining kasbiy kompetentliligi tushunchasiga ham ta’riflar berilgan bо‘lib, unga kо‘ra “kasbiy kompetentlilik – bu о‘qituvchining ma’naviy dunyoqarashi, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyati, ya’ni uning kasbiy imkoniyatlari solohiyatini tasvirlaydi. Mazkur salohiyatni pedagogik jarayonlarning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda о‘qituvchi faoliyati jarayonining holati va samaradorligi orqali aniqlash mumkin bо‘ladi”6, deya izohlangan.
2016 yil 14 martda qabul qilingan “Umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bо‘yicha о‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yо‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari va о‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish tо‘g‘risida”gi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 16-;15-Q/Q- va 26/QQ-sonli qо‘shma qarori mazmunidan kelib chiqqan xolda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 6 apreldagi Umumiy о‘rta va О‘rta maxsus, Kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 187- son qarori bilan tasdiqlandi. Unda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi о‘quv fanlarini о‘qitishning maqsad va vazifalari quyidagilar qilib belgilangan:
“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlarni о‘qitishning maqsadi:
о‘quvchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, о‘quvchilar qalbi va ongiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g‘oyasining mohiyatini singdirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mafkuraviy immunitetini, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlarni о‘qitishning vazifasi:
О‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga о‘rgatish, ularda faol fuqarolik nuqtai nazarini, milliy g‘urur, bag‘rikenglik va sog‘lom e’tiqodni shakllantirishdan iborat.
“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi о‘quv fanlari bо‘yicha ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qо‘yiladigan malaka talablari:
Do'stlaringiz bilan baham: |