Dars maktabdagi ishlarning asosiy shakli sifatida. Dars о‘quvchilarning doimiy tarkibi, mashg‘ulotlarning aniq belgilangan ramkaga egaligi (har bir dars 45 minut davom etadi); jadval oldindan tuziladigan va о‘quv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi о‘ziga xosliklarga ega bо‘lgan ta’limning jamoa shakli hisoblanadi.
Darsda о‘qituvchi bilan о‘quvchining о‘zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Qituvchi darsda istisnosiz barcha о‘quvchilarning faoliyatlarini yо‘llaydi va nazorat kiladi, shuningdek, о‘quvchilarning о‘zlari orasidagi о‘zaro aloqa va о‘zaro kontrolni qо‘llab quvvatlaydi. О‘qituvchining darsdagi ishi barcha о‘quchilarning darsning о‘zidayoq о‘rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur kо‘nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |