Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети


Oliy maktab amaliyotida qanday didaktik tamoyillar amalga oshiriladi?



Download 1,6 Mb.
bet45/144
Sana09.02.2022
Hajmi1,6 Mb.
#438142
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   144
Bog'liq
МФУМ Маъруза матн

Oliy maktab amaliyotida qanday didaktik tamoyillar amalga oshiriladi?
Oliy maktabdagi didaktik tamoyillar tizimiga quyidagilar kiradi: ilmiylik, qulaylik, izchillik, uzviylik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, onglilik, faollik va mustaqillik, kо‘rgazmalilik, mustahkamlik, guruh qilib о‘qitish hamda unda individual yondashishni qо‘shib olib borish, о‘qitishning tarbiyalovchi va takomillashtiruvchi xarakteri, о‘qitishning kasbiy yо‘naltirilganligi.
О‘qitish metodlari
Pedagogikaga oid adabiyotlarda о‘qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi. Didaktika bilan shug‘ullanuvchilar metodni о‘quv jarayonining о‘zagi, kо‘zlangan maqsad va pirovard natijani bog‘lovchi vosita deb izohlaydilar. О‘qitish metodi “о‘qitishning maqsadi – mazmuni, metodi, shakli, usullari” tizimida muhim о‘rin egallaydi.
Metod deganda, ta’limda maqsadga erishish, masalalarni hal qilish yо‘llari, usullari tushuniladi. О‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul – metodning unsuri bо‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qо‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi.
О‘qitish metodi – murakkab, kо‘p qirrali, kо‘p sifatlarga ega bо‘lgan ta’limdir. О‘qitish metodida о‘qitishning obyektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari о‘z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog‘liq va biri bshqalarini taqozo qiladi, ya’ni о‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir kо‘rsatadi.
Metodlar tuzilmasida obyektiv va sub’ketiv jihatlar ajralib turadi.
Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, о‘quv faoliyatining shakllariga xos bо‘lgan umumiy jihatlar aks etadi.
Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, ta’lim oluvchilarning о‘ziga xosligiga va konkret sharoitga bog‘liq bо‘ladi.
О‘qitish metodlarining kо‘p о‘lchovliligi ularning kо‘plab tasnifini keltirib chiqardi.
О‘qitish metodlari tasnifi - bu muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir.
Didaktik tadqiqotlar о‘qitishni dialektik jarayon sifatida о‘rganadi. Bunga kо‘ra о‘qitish metodlari tizimi dinamikada, harakatda, ta’lim mazmunida yuz berayotgan barcha о‘zgarishlarni hisobga olingan holda deb qaraladi.
Eng asoslangan о‘qitish metodlari tasniflariga quyidagilar kiradi:

  1. An’anaviy metodlar. Bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, kо‘rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash, video metodlar.

  2. Maqsadiga kо‘ra metodlar tasnifi: (M.A. Danilov, B.P. Yesinov)

bilimlarni egallash;

  • malaka va kо‘nikmalarni shakllantirish;

  • bilimlarni qо‘llash;

  • ijodiy faoliyat;

  • mustahkamlash metodlari;

  • bilim, malaka va kо‘nikmalarni tekshirish metodlari.

  1. Idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga kо‘ra metodlar tasnifi:

  • tushuntirish – illyustrativ (axborot – retseptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi;

  • reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli о‘zlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi, bilimlarning mustahkamligi tez-tez takrorlash yо‘li bilan ta’minlanadi.

  • muammoli bayon qilish metodi;

  • qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bо‘yicha mustaqil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi;

  • tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi.

  • Didaktik maqsadi bо‘yicha (T.I. Shukina, I.T. Ogorodnikov va boshqa) quyidagilar farqlanadi:

  1. ilk bor bilimlarni о‘zlashtirish metodlari;

  2. egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari.

  • О‘qitish metodlarining binar (qо‘sh) va polinar (kо‘pqirrali) tasnifi. M.I. Mahmutovning binar tizimi dars berish metodi va о‘rgatish metodi majmuidan iborat:

Dars berish metodi



О‘rganish metodi

Axborot berish – bayon qilish


Tushuntirish
Kо‘rsatma berish – amaliy
Tushuntirish – ishontirish
Ishontirish

Ijro etish


Reproduktiv
Produktiv – amaliy
Qisman ijodiy
Ijodiy



О‘qitishning polinar tasnifi V.F. Palamarchuk va V.I. Palamarchuk tomonidan ishlab chiqilgan. Bu tasnif bilimlar manbai, bilish faolligi darajasi, о‘quv bilimlarining mantiqiy yо‘llari yig‘indisidan tarkib topadi. Didaktika bо‘yicha nemis mutaxassisi L. Klinberg tasnifida metodlarni о‘qitishdagi hamkorlik shakllari bilan birga olib qaraydi:





Monologik metodlar



Hamkorlik shakllari

Dialogik metodlar

Leksiya
Hikoya


namoyish qilish

Individual


Guruh
Frontal
Kollektiv



Suhbat


Akademik Y.K. Babanskiy о‘qitish metodlarining uch guruhini belgilaydi:


о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari:

Ifodali
Kо‘rgazmali
Amaliy

Induktiv va deduktiv

Reproduktiv va muammoli – ijodiy

О‘qituvchi rahbarligida mustaqil ish metodlari

Manbalari

Mantiq

Tafakkur

Boshqaruv



о‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va stimullash metodlari:



О‘rganishga qiziqish uyg‘otishni stimullash va motivatsiyalash metodlari

О‘rganishda burch va mas’uliyatni stimullash va motivatsiyalash metodlari


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish