Darsni tayyorlash va о‘tkazish. Zamonaviy darsga quyilayotgan yuksak talablar о‘qituvchini har bir darsga juda va puxta о‘ylab tayyorlanishga majbur qiladi. Har bir darsga puxta tayyorlanishning sababi о‘kuvchilar tarkibining о‘zgarayotganligi, akseleratsiya jarayonlarining kuchayuvi, informatsiyalarning “sel”dek oqib kelayotganligi, turli mafkuraviy poligonlarning paydo bо‘layotganligi, ish sharoitlarining ham о‘zgarayotganligi, ta’limda yangi innovatsion va axborot texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligidadir. Ammo, о‘qituvchining har bir alohida darsga tayyorlanish, uning о‘z о‘kuv ishiga tayyorlanish tizimining bir qismi, xolos.
Bu tizim: 1) о‘qituvchining о‘z predmeti bо‘yicha butun kurs yuzasidan tayyorlanishi; 2) о‘quv dasturining har bir mavzusiga tayyorlanish; 3) har bir darsga tayyorlanishni ichiga oladi.
Har bir alohida darsga tayyorlanishda о‘qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: mavzuni aniqlaydi va dars vazifalarini konkretlashtiradi;
О‘quv materiali mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab chiqadi(yetakchi tushuncha, qonuniyat, fakt va amaliy ma’lumotlarni ajratadi); ilgari о‘rganilgan bilan bog‘lanishni, mazmunni joylashtirish mantiqini nazarda tutadi;
О‘quvchilarning о‘quv- bilish faoliyatlari xarakterini aniqlaydi, ya’ni qanday kо‘nikma va malakalar shakllanishini, reproduktiv va izlanish faoliyati, mustaqil ish va о‘qituvchining roli о‘rtasidagi nisbat qanday bо‘lishini о‘ylab quyadi. Shu shakllarni ishlab chiqadi, dars qismlarini ajratadi.
О‘qitish metodlari: masala, mashq, muammoli savollar, topshiriqlarni tanlaydi va aniqlaydi. О‘qitishning TV tanlaydi va tekshiradi.
Butun dars jarayonini rejalashtiradi.
Yaxshi tayyorlangan darsni yana uyushgan holda aniq va samarali о‘tkaza bilish ham kerak. Bunda quyilagi qoidalarga amal qilish lozim:
1) darsni aniq va uyushgan holda boshlash, buning uchun esa darsga hamma narsa oldindan tayyorlangan bо‘lishi kerak;
2) о‘quvchilar e’tiborini dars mazmuniga qarata bilish va uni butun dars davomida о‘quchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirib saqlay bilish.
3) darsda vaqtdan oqilona foydalanish;
4) о‘z hatti – harakatini kuzatish. G‘oyaviy e’tiqod, yuksak ahloqiylik va madaniyat, gapirish va talab qilish, rag‘batlantirish, о‘kuvchilarga murojaat qilish uslubi bularning barchasi о‘qituvchi faoliyatining uslubini belgilaydi, hamda о‘kuvchilarning zо‘r berib ishlashi yoki о‘ta emotsional qо‘g‘oluvchanligini istisno qiladi.
5) darsda tadbirkorlikni namoyish qilish yuzaga kelgan sharoitni darsni о‘tkazish sharoitlaridagi о‘zgarishlarni hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |