Pedagogik texnologiya haqida tushuncha
Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina kо‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bо‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham.
Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda kо‘zlangan natijalarga erishishga bо‘lgan chet el pedagogikasining yо‘nalishiga aytiladi (M. Klarin, 1989) milliy pedagogik adabiyotlarda bunday hollarda о‘qitishning didaktikasi yoki metodikasi haqida gapiradilar, biroq “texnologiya” termini hozirgi kunda juda keng tarqalgan bо‘lib kelmoqda.
“Pedagogik texnologiya” sо‘z birligi – bu inglizcha “an educational technology” – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bо‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda о‘qitish nazariyasida yanada kengroq tarqalib kelmoqda. Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termin iva uning “о‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualiflar ta’lim-texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur etishlariga qarab kо‘plab ifodalarga ega bо‘ldi (uch yuzdan ortiq).
“Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bо‘yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud.
Texnologiya – bu biron-bir ishda, mahoratda, san’atda qо‘llaniladigan uslublar tо‘plamidir (talqinli lug‘at).
Pedagogik texnologiya – bu о‘quv jarayonini amalga oshirish mazmunli texnikasidir (V.P. Bespalko).
Pedagogik texnologiya – bu о‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov).
Pedagogik texnologiya – bu о‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus tо‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik kо‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qо‘yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning о‘zaro munosabatlarini hisobga olib о‘qitish va bilimlar о‘zlashtirish butun jarayonini yaratish, qо‘llash va belgilash sistemali yondoshishidir (YUNESKO).
Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari tо‘plami, holatini о‘zgartirishdir (V.M. Shepel).
О‘qtishi texnologiyasi - bu о‘quvchilar va о‘qituvchilar uchun sо‘zsiz qulay sharoitlar yaratib berish bilan о‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil eti shva olib borish bо‘yicha har tomonlama о‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M. Monaxov).
Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir (T. Sakamoto).
Pedagogik texnologiya – о‘quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini о‘zgartiruvchi uning rivojlanish yangi sistemasidir (E. Bistereki va J. Seller).
Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali tо‘plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin).
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan о‘qituvchi va quvchining faoliyatini sistemali, kotseptual, qoidali, obyektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin).
Pedagogik texnologiya bilimlar egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashshni taxlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g‘oyalar, vositalarni о‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bо‘yicha AQSH assotsiatsiyasi).
Hamma vaqtda ham barcha xalqlarda yaxshi tayyorlangan mutaxassislar, о‘z ishining ustalari hurmat qilinganlar, mahoratga moxirona о‘qitish ham yuksak baholangan.
Pedagogik fan tarixidan kо‘rinib turibdiki о‘qitish va kadrlar tayyorlashning yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan.
О‘qitish – bu uning jamiyat taraqqiyoti uchun samarasi pedagogning faoliyati yakunlanishi bilan darxol kо‘rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir.
Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab chiqarilishi bilangina farq qilmaydi.
Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bо‘lgan “pedagogik davrlarni” kо‘rib chiqamiz:
Individual pedagog, qо‘l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha);
Œquv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha);
Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50-yillari).
Œqitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning 70-yillari).
Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri kompyuterni о‘qitish).
О‘quv jarayonini tabaqalashgan pog‘onali – modulli tizim holda tashkil etish
Oliy ta’lim muassasalaridagi kadrlar tayyorlash sifati shu о‘quv yurtida tashkil kilinadigan ta’lim -tarbiya jarayoniga bevosita bog‘liqdir. Oliy ta’lim muassasa oldiga qо‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni bajarishga qaratilgan bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |