kiradi. Bu polisaharid o’simlik dunyosida eng ko’p tarqalgan. Har yili tsellyulozaning katta
qismi tuproqqa to’shadi va har xil mikroorganizmlar yordamida parchalanadi. Bundan aerob
mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. Ular mikrobakteriyalar bo’lib, Cytohpaga avlodiga
kiradi. Ular ko’plab gung tarkibida uchraydi. Tsellyulozani parchalovchilarga Muxosossaseae,
Archangiaceae, Polyangiaceae oilasi avlodlari kiradi va ular har xil zonalar tuproqlarida keng
tarqalgan. Pseudomonas, Vibrio va Bacillus lapni ba‘zi turlari ham tsellyulozani parchalaydilar.
Aktinomitsetlardan Streptomyces, Strepto sporangium, Micromonospora, zamburug’lardan
Fusarium, Verticillium, Aspergillus, Penicilliumlarni ko’rsatish mumkin.
Tsellyulozaning anaerob parchalanishida Bacillaceae oilasiga kiruvchi Clostridium avlodi
vakillari qatnashadilar.
Ular gungda, kompostlarda kulmak suvlarda uchraydi. Ular ph o’zgarishiga chidamli
bo’lib, har xil phli tuproqlarda ham uchraydi. Tipik vakili Clostridium omelianskii tsellyulozani
30 — 40°S da parchalaydi, yug’on spora hosil qiladi, shuning uchun hujayra shishib baraban
tayoqchasi shaklini oladi.
Termofill vakillari ham bor. Ularga Cl. thermocellum kiradi. Optimal temperaturasi 60°S,
maksimumi esa 70°С. 40 —45°С da bu bakteriyalar yomon rivojlanadi.
Kavsh
qaytaruvchilarning
hazm
yulida
tsellyulozani
anaerob
parchalovchilar
mikroorganizmlar bo’lib, ular tsellyulozani glyukozagacha parchalaydilar, glyukoza esa bijg’ib
organik kislotalar (sirka, propion, sut, moy, chumoli, yantar va h.), spirtlar va gazlar (СO
2
, N
2
)
hosil qiladi.
Hayvon hazm sistemasidagi tsellyuloza parchalovchilar sharsimon va tayoqchasimon
shaklga ega bakteriyalardir: masalan, Ruminococcus flavefaciens, R. albus, Ruminobacter
parvum va boshqalar shular jumlasidandir.
Tsellyuloza polimer modda bo’lib, r —1,4 —glyukozid bog’ i orqali bog’langan glyukoza
qoldiqlaridan iborat. Molekula massasi 140—10000. Tsellyuloza molekulalari mitsellalarga
(to’tamlarga) birikkan bo’lib, har biri 40—60 molekulani uz ichiga oladi, uni parchalaydi. Avval
sellyuloza bir necha etaplarda (endo — va ekzoglyukonaza yoki S1 — faktor va Sx ferment)
ta‘sirida parchalanadi. Sellyuloza β — (1,4) — glikozid bog’ larini uzadi, natijada tsellyuloza
tsellobiozni disaharidga va bu uz navbatida β — glyukozidaza fermenti ta‘sirida glyukozaga
aylanadi.
Sellyulozaning aerob parchalanishida glyukozadan СO
2
va N
2
O hosil bo’ladi. Bunda oz
miqdorda organik kislotalar ham hosil bo’lishi mumkin.
Anaerob parchalanganda, tsellyulozaning birinchi mahsuloti glyukoza bijgiydi va ko’pgina
organik kislotalar, masalan, propion, moy kislotalari, etil spirti, sirka kislotasi, chumoli kislotasi,
karbonat angidridi va suv hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: