Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet594/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   590   591   592   593   594   595   596   597   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

3. 
Tashviqot.
Ongosti tashviqotga tabiiy xolda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta‘sir qilishni kiritish 
mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko‗ngilochar maskanlarda qo‗yiladigan musiqalarda ham 
haridorlarni chorlash maqsadi ko‗zlanadi. 
4. YAshirin kadr orqali ta‟sir qilish.
Insonning ong osti 
xislariga yashirin ta‘sir qilish xususan 25-kadr ko‗pchilik davlatlar tomonidan ta‘qib ostiga olingan. 
Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo‗lda ishlatilavermasdan, aksar 
Shum niyatli insonlarga qo‗l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, ―Agar bir insonga 
davomli ravishda ―Qo‗shningni o‗ldir!‖ shaklidagi yashirin kadr bilan ta‘sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan 
qotillikka qo‗l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab berdi. YUqorida ko‗rsatib o‗tilgan 
4 ta jihatga e‘tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e‘tirof etilayotgan ―ommaviy 
madaniyat‖ni avj olishiga olib keladi. Bu borada birinchi Prezidentimizning ―YUksak ma‘naviyat – 
engilmas kuch‖ asarlarlarida ―Tabiiyki ―ommaviy madaniyat‖ degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va 
zo‗ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‗oyalarini tarqatish, kerak bo‗lsa Shuning hisobidan boylik 
orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an‘ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma‘naviy 
negizlariga bepisandlik, ularni qo‗porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay 
qo‗ymaydi‖- degan purma‘no hikmat bor. Endi ikki og‗iz so‗z ―ommaviy madaniyat‖ haqida. Uning kelib 
chiqishi, ta‘siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam 
yanglishmagan bo‗laman. Lekin, bir narsaga g‗oyatda tahdidli, u ham bo‗lsa, ommaviy madaniyat insonni 
―qiyofasiz‖ oqimning bir qismiga aylantirib qo‗yishidadir. Bu illat aksariyat xollarda haqiqat, go‗zallik, 
ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste‘molchilik ehtiyoji bilan bog‗lab, iste‘mol va tovar 
sifatida haridorgir bo‗lishiga qaratilgan maqsadni targ‗ib qiladi. Bu esa pirovardida ―bozor adabiyoti‖, 
―bozor san‘ati‖ degan ma‘naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning ―gullab-yashnashi‖ uchun imkon 
yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, 
―millati‖ning tayini yo‗q ―badiiy‖ filmlar ham ko‗payib ketgan. ―Bozor san‘ati‖ deganda, birinchi 
navbatda, anaShunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq aShulalar esga 
tushadi. XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go‗yo rivojlangan madaniy dunyoga 
integratsiyalashish niqoblari ostida namoyon bo‗lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy xolatlar va ular 
shakllantirish mumkin bo‗lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay 
bilish zamon talabidir. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g‗oyaviy 
tizimini izdan chiqarishi bilan hatarli ekanligini ham to‗g‗ri tushunish kerak. Bu havf-xatarga qarshi qatiy 


379 
tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning barcha ko‗rinishlarini uyg‗un xolda olib borish shart. 
Estetik tarbiya aynan Shu maqsad yo‗lida yosh avlodni milliylikka zid bo‗lmagan estetik ideal timsolida, 
yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo‗lib qolmoqda. Xo‗sh ―ommaviy madaniyat‖ning 
illat sifatida qanday namoyon bo‗lishi mumkin? 1. ―Ommaviy madaniyat‖ namoyondalarining amallari 
o‗zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular ―noyob san‘at‖ namunalari-g‗oyalarini 
nafaqat targ‗ib qiladi, balki pullaydi ham. 2. Faqat bugunni, yana ham aniqrog‗i hozirni ko‗radi va tan 
oladi. 3. Umuminsoniy madaniyatni bo‗ysindirish va o‗z ta‘sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni 
amalga oshirishga harakat qiladi. 4. U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‗i bilan qarshi. Andozalashgan 
axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o‗zi ham bora-bora bir o‗lchamga tushadi: 
hammaning yurish-turishi, o‗y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil. 5. SHaxsning ijtimoiylaShuviga 
imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi. 6. ―Ommaviy madaniyat‖ 
o‗z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan xolda ―ma‘rifatparast‖lik 
g‗oyalari asosida o‗ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ‗ib qiladi. Buni biz bugungi 
kunda yoshlar orasida ko‗rishishdagi ―boshni boshqa suqishtirish‖, imo-ishora, o‗zaro muloqotning 
―kurakda turmaydigan so‗zlar‖ga tayanilishi orqali ko‗rib 
guvohi bo‗lmoqdamiz. ―Ommaviy madaniyat‖ning asl 
maqsadi har kuyga solish mumkin bo‗lgan olomonni 
shakllantirish bo‗lgani bois, u ma‘naviy oziq beradigan, 
badiiy yuksak, o‗quvchini mushohadaga undab, tasavvur 
olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga 
yo‗latmaydi. Shuning uchun ―ommaviy madaniyat‖ 
namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. Ommaviy 
madaniyat xoh G‗arb hox Sharq bo‗lsin uning ma‘naviy 
hayotiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatmoqda. U yildan yilga 
inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch 
bilan daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Bu 
ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim vositasi bo‗lgan 
san‘at orqali jamoatchilikka ta‘sir etmoqda. Bu hodisa 
san‘atda behayo filmlar, shahvoniy romanlar, tuturuqsiz musiqalar ko‗rinishida namoyon bo‗lib, ularning 
asosida fahsh, zo‗ravonlik, shafqatsizlik hamda zo‗ravonlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda 
jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib etmoqda. Bu borada XX-asrning 70 yillarida amerikalik bir qator 
sotsiologlar, faylasuflar, san‘atShunoslar ―ommaviy madaniyat‖ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa 
umumadaniy jarayonlarga ta‘siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog 
CH.Reych o‗zining ―Gullayotgan Amerika‖ kitobida ―Isyonkor yoshlar o‗zlarining shaxsiy 
―madaniyat‖larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil 
etmoqda. YOsh ―isyonkorlar‖ madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‗liq falsafiy, axloqiy, estetik 
ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan Yuz o‗girgan xolda o‗zlariga mos qadriyatlarni 
yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi ―Yangi odam‖ uchun mazkur qadriyatning asosi – 
bu o‗zini mavjud tizimdan tashqarida xis qilishga bo‗lgan layoqatidir.‖-, degan fikrni bayon etgan edi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   590   591   592   593   594   595   596   597   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish