Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


―Ommaviy madaniyat‖ning yoshlar estetik didiga ta‘siri



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet592/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   588   589   590   591   592   593   594   595   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

5.―Ommaviy madaniyat‖ning yoshlar estetik didiga ta‘siri. 
Milliy ma‘naviyatga ta‘sir o‗tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham 
sezilarli ta‘sir ko‗rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma‘naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli 
yo‗naltirishni taqazo etmoqda. Ta‘kidlash o‗rinliki, estetika niqobi ostida turli xil ko‗rinishdagi ―sog‗lom 
turmush tarzi targ‗ibotchilari‖, ―ko‗ngilochar‖ va ―musaffo tuyg‗u‖ baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng 
dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‗ida vampirizm estetikasi va uning targ‗iboti bilan bog‗liq 
saytlarning ko‗payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. Bu targ‗ibot saytlarni oddiygina qidiruv 
buyrug‗i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go‗zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, 
xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni 
zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma‘naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat 
mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati. Estetik tarbiyaga 
tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko‗rinishidagi bog‗liqlikni o‗rganishga bo‗lgan 
zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan 
mashhur. Vaholangki, o‗tmishda bu sohaga jiddiy e‘tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, 
olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga ―ichki olamni o‗rganuvchi ilm‖ deb ta‘rif bergan bo‗lsa, Sharq 
allomalari bu borada ―Risolai fil farosa‖ (X asr), ―Farosatnoma‖ (XYI asr) kabi asarlarni yozib 
qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baxo bilan belgilanadi. u ranjish, nomunosib xolat, 
ko‗ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning uchun bo‗lsa kerak, kamdan 
kam xollarda ―farosatli kishi, farosati bor, farosatli‖ degan so‗zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat 
kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo‗lib, fahm - haqiqatga, farosat – ezgulikka, did – 
go‗zallikka munosabat orqali namoyon bo‗ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. 
Shu ma‘noda fahm – aqliy, farosat – axloqiy, did – estetik qobiliyatni Yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik 
did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. CHunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy 
tarbiya uyg‗unlashgan umumiylikdan iboratdir. ―Xo‗sh, bu ilmning estetik tarbiyaga nima daxli bor?‖ - 
degan savol tug‗ilishi tabiiydir. Dahli Shundaki, aynan didsizlik va farosatsizlik insonning asl qiyofasini 
bilishga, uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday chiroyli ko‗ringan, istarali bo‗lishga 
intilgan, muomalali inson har doim ham go‗zal ishlarni qilavermasligini fahm, farosat, did yordamida 


378 
ajratib olishimizga to‗g‗ri keladi. Inson ma‘naviyatining yuksalishi uning fazilati bilan bog‗liq ekan, bu 
jarayon albatta, estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Bir paytlar AQSHda kishilarning ijtimoiy xolati bilan 
jinoyatchilik o‗rtasidagi bog‗liqlik o‗rganilgan. Evropada esa kishi tug‗ilganida vujudida jinoyatga moyil 
xarakter yoki belgilar bo‗ladimi? - degan mavzuda izlanishlar bo‗lgan. Hozirda ham hunuk ko‗rinishli 
insonlar yomon bo‗ladi, deb ishonuvchilar uchrab turadi. Farosat ilmining bu nazariyasiga ishonish 1920 
yillarda Germaniyada haddan tashqari kuchayib ketadi. Misol uchun 1929 yil Dusseldorf shahrida amalga 
oshirilgan jinoyatlar aholini dahshatga soladi. Politsiya gumon qilgan kishini e‘lon qilganida, hech kim 
ajablanmaydi ham: 21 yoshli aqli zaif Xans SHtausberg. Lekin xuddi Shunday bir jinoyat yana 
qaytarilgandan keyin ―Dusseldorfning haqiqiy qonxo‗ri‖ qo‗lga olinadi. U ochiq Yuzli, juda beozor 
ko‗ringan, hech kimda Shubha uyg‗otmaydigan Piter Kurten bo‗lgan. Shuning uchun ham fiziologik 
jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya ta‘sirida xulqini o‗zgartirib, go‗zal axloqli kishiga 
aylanishi mumkin. Shuning uchun o‗zida mavjud yomon xislatlarni yaxshi tomonga o‗zgartirgan va 
ma‘naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat Yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas. Shu 
o‗rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta‘kidlash 
shart bo‗lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta‘sir etishning 
psixologik jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izoxlash mumkin. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   588   589   590   591   592   593   594   595   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish