1.2 Kompozitorlar tomonidan dutor cholg’usi uchun yaratilgan asarlar
Bastakorlik san’ati qadimdan xalqlar ma’naviyatini yuksaltiruvchi kasb sifatida amaliyotda o’z samarasini ko’rsatib kelgan va kelmoqda. Uni amaliyotda shakllanish mezoni qariyb 1,4 ming yillik davrga teng bo’lib Borbad zamonasidan
boshlanadi.
“Bastakor”-(forscha–bog’lanish,bog’lov, mashg’ulot, ish) an’anaviy mumtoz
musiqa asarlari muallifi.Musulmon sharqida musannif, mulahhin, ohangsoz kabi atamalar bilan tanilgan. Odatda bunday san’atkorlar o’z faoliyatida ijrochi –xonanda,ko’proq sozandalikni uzviy bog’lashgan. Abu Nasr Farobiydan boshlab Darvesh Ali Changiy va boshqa allomalarning musiqiy risolalar, Abdulfaraj Isfaxoniy (“Kitob ul–afg’oni”), Aruziy Samarqandiy (“Chohor maqola”),Alisher Navoiy (“Majolis ul- nafois”, “Holati Pahlavon Mahmud”), Davlatshoh Samarqandiy (“Tazkirat ush – shuaro”),Zayniddin Vosifiy (“Badoe’ ul - vaqoe’“), Zahriddin Muhammad Bobur (“Boburnoma”)va boshqalarning asarlarida o’nlab bastakorlar haqida tarixiy- ta’rifiy ma’lumotlarmavjud.
Ma’lumki, o’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik o’tgan asrning boshlaridan rivojlandi. Bastakor va kompozitorlar cholg’u uchun maxsus asarlar va ko’p ovozli musiqalar yarata boshladi. Bu esa cholg’u asbobining ijro imkoniyatlarini ochish uchun katta bir poydevor bo’la oldi. Natijada, bugungi kunda rivojlanish cho’qqisiga chiqdi desak adashmagan bo’lamiz. Cholg’u ijrochiligi o’z maktabini yarata oldi va buning natijasida misli ko’rilmagan yutuqlarga erishib kelmoqda.
Dutor cholg’usi uchun hozirga kelib kompozitorlarimiz ko’plab maxsus asarlar yaratgan. Dutor sozining professional ijrochilik amaliyotidagi o’rni ham beqiyos. Ushbu cholg’uning jahon musiqa namunalari ijrochiligi bilan xarakterlanadi.Ayniqsa sharq va yevropa kompozitorlarining asarlari dutor tarannumida yanadajoziba va ma’no anglatishi ko’pchilikka ayondir. Chunki Orif Qosimov, Doni Zokirov, G’ofir Qodirov, Ulug’bek Karimov, Mustafo Bafoyev, Qahramon Komilov Habibullo Rahimov, Oydin Abdullayeva,Po’lat Qosimov va Fattoh Nazarov kabi o’zbek bastakorlari va kompozitorlarining dutor cholg’usi uchun zamonaviy uslubda yaratgan asarlari ijrochilik amaliyotida o’z o’rnini topishga ulgurgan va ular yaratgan asarlari bo’lajak kompozitorlarning ijodlariga turtki bo’lishi, kelajakda zamonga mos ravishda ravnaq topishi muqarrardir.
Dutor cholg’usi uchun ko’plab asarlar bastakor va kompozitorlar tomonidan yaratildi. Ular asar yaratishda ijro uslubini o’rganib, sozning texnikasidan kelib chiqib asarlar yarata boshlashdi. XX asrda yashab ijod etgan mohir sozanda-bastakor, Hoji Abdulaziz Abdurasulov ijodiga nazar solish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |