Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги


Bitiruv malakaviy ish maqsadi



Download 0,71 Mb.
bet3/17
Sana18.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#457003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Dildora zashita

Bitiruv malakaviy ish maqsadi. Habibullo Rahimov ijodi va dutor cholg’usi uchun yaratilgan “Dutor navosi”asarini musiqiy tahlil qilish, chuqur o’rganish.


Bitiruv malakaviy ishi vazifalari.
- Dutorning tarixi va takomillashuv jarayoni.
- Dutor cholg’usi uchun yaratilgan asarlar va mualliflar.
- H.Rahimov ijodida dutor cholg’u musiqasi.
- Asarni jro uslublari ustida ishlash va ko’nikmlarni oshirish.


Bitiruv malakaviy ishning ob’yekti: Kompozitor Habibullo Rahimovning “Dutor navosi” asari misolida ijro uslub va texnikalarini boyitish.


Bitiruv malakaviy ishi predmeti: Habibullo Rahimovning Dutor cholg’usi uchun yaratilgan asarlarini o’rganish va ijrochilik nuqtai nazaridan tahlil qilish.


Bitiruv malakaviy ishning ilmiy ahamiyati: Avvalo Dutor tarixi va takomillashuv jarayoniga nazar solib, zabardast kompozitor Habibullo Rahimovning hayoti va ijodiy faoliyatini o’rganib, uning “Dutor navosi”asarini tahlil qilamiz, O’quvchi yoshlar va talabalarga o’zlashtirish usullari o’rgatiladi va ijro ko’nikmalarini qiynalmasdan egallashga bevosita ko’mak beradi.


Bitiruv malakaviy ish tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi: Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa, glossariy, hamda, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I BOB. DUTOR TARIXI VA KOMPOZITORLAR IJODIDA DUTOR CHOLG’U MUSIQASI


1.1. DUTOR CHOLG’USI TARIXI.
Dutor sozi to’grisidagi ilk ma’lumotlar Al-Husayniyning XV asrda yaratilgan “Qonuni ilmi va amali musiqiy” risolasida yoritilgan.Darvish Alining Buxoroda (XV) yaratgan musiqa san’atiga oid mashxur risolasida, hamda dutor sozi ijrochiligida yetuk bo’lgan Dutori Yusuf Mavludiy, Hiroti Dutoriy nomlari keltiriladi. Dutor sozi o’zi aslida Lyutnyasimon (Mizrob-torli) cholg’ular oilasidan tarqalib keyinchalik milliy cholg’ular sifatida turli xalqlar orasida o’zgacha atamalar bilan nomlangan va sozandachilik amaliyotida keng qo’llanilib kelingan.
Dutor sozi haqida ham bir qancha rivoyatlar mavjud : Bir usta kechqurun so’rida dam olib o’tirganida, to’lin oyning shu’lasi so’ri yonidagi tut daraxtiga tushib, daraxtning soyasida yerga dutorning hozirgi shakliga o’xshash shakl tushib turganini ko’radi va shu shaklni chizib oladi, ertasi shu daraxtdan chizib olingan shaklni yasaydi. Tut daraxti ipaklardan dutor simini ulaydi va chalib ko’radi ,biroq dutordan sado chiqmaydi, sababi dutorning kosasi to’liq bo’ladi. (Qadimda dutor, tanbur kosalari o’yma holatda bo’lgan.) So’ngra usta hayolga to’lib, darvoza oldida o’tirganida bir gala yigitlar qo’shiq aytib ko’chadan o’tib ketishadi, ovozlari jarangdor, barilla yoqimli eshitiladi. Ancha vaqtdan keyin shu yigitlar yana o’sha qo’shiqni aytib orqaga qaytishadi, endi ovozida boyagi jarang, yoqilmli ohang yo’q edi, aksincha ovozlari bo’g’iq edi. Shunda usta yigitlarini barchasini to’xtatib qiziqib so’raydi : ”Bolalarim boya o’tib ketayotganlaringda shunaqa ovozinglar jaranglab eshitilib turgan edi, endi qaytayotib ovozlaringda bu jarang yo’q , bo’g’ilib eshitilib turibdi, sababi nimada? deb so’raydi. Shunda “E otaxon boya biz o’tib ketayotganimizda qornimiz och edi, xozir biz mexmondorchilikdan qaytyabmiz, qornimiz to’q sababi shunda” - zukko usta darrov dutorni kosasini o’yib qopqoq bilan yopadi ip tortib chalib ko’radi. Endi dutor usta kutganidek sado berib, yoqimli ohang tortadi. Shu tariqa usta shogird yo’nalishida dutor ijrochiligi davom etib kelgan.
Ustoz dutorchilar dutor uchun maxsus kuylarni yaratib ijro etishgan, shunday kuylardan biri “Qo’shtor” kuyini boshlarida tepaga ko’tarib o’ng qo’l bilan chertib, chap qo’l bilan faqat pizzicato shtrixida birinchi qismini, ikkinchi – uchinchi qismlarini esa, moxirona ijro etishgan vaqtda bulbul kelib dastasiga qo’nadi kuy tugaguncha kuyning usuliga to’g’ri tushib sayragan ekan. Bu holatlar albatta dutor sozining naqadar qalblarga dillarga yoqimli, sexrli tarzda ta’sir etishni bildiradi. Yana bir rivoyat mavjud bo’lib, sharqning buyuk allomasi Fisog’ursning ilk cholg’uni yaratishga turtki bo’lgan rivoyatini musiqashunos olim I.Rajabov “Maqomlar masalasiga doir” risolasida quyidagicha keltiradi: Bir kuni Fisog’ursning tushida noma’lum mo’ysafid uning boshiga kelib shunday deydi:”Sen ertaga barvaqt turib, kaddof (Paxta tituvchi) lar bozoriga borgil. U yerda senga senga hikmat sirlaridan biri namoyon bo’ladi”. Fisog’urs ertalab kaddoflar rastasiga boribdi va u yerdan hech narsa narsa tushunmay, qaytib kelibdi. Mo’ysafid shu kuni kechasi tushida yana kelib, kechagi aytgan gapini takrorlabdi. Fisog’urs ertalab uyg’onib, ikkinchi marta bozorga borganida paxta tituvchilar yoyining ipidan chiqayotgan tovush uning diqqatini jalb etibdi. Fisog’ursning ko’ngliga bir fikr kelibdi va u yerda yotgan ot dumining tolasini olib, bir uchini tishlab, ikkinchi uchini qo’li bilan tortib turib, chertgan ekan, mayin va yoqimli ohang taralgan ekan. Shundan bo’lsa kerak I.Rajabov shunday xulosaga keladi:”Hozirgi dutorimizga qaraganda bo’g’izi kattaroq, kosasi ud kosasidan kichikroq, do’mbiranikidan kattaroq bo’lgan, torlari ipakdan yoki ichakdan qilingan. Pardalari esa, yettita, eng asosiy belgisi Al- Husayninyning ta’biricha torlari ikkita bo’lgan. Dutor so’zining paydo bo’lishi shu ko’rinishdagi ko’p torli sozlardan ikki torli sozni farqlash uchun nomlangan bo’lsa, ajab emas”.
Dutor (Qo’shtor) deb ham nomlangan, g’azallarda madh etilgan. Dutor juda qadimiy asbob bo’lib, uning kelib chiqishi eramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Dutor so’zi fors-tojikcha bo’lib: Du-ikki, Tor –tor, ya’ni “ikki tor” demakdir. Bu cholg’u faqat o’zbek xalqining cholg’usi bo’libgina qolmasdan, balki uni qardosh tojik, uyg’ur, qoraqalpoq, turkman xalqlari ham o’zlarining sevimli cholg’usi deb hisoblaydilar. Xalq cholg’u sozlari jamiyatning turli vakillari orasida turlicha tarqalgan edi.
Dutor (ikkita torli) atamasining kelib chiqishiga so’zni shaklan o’xshash turli sozlardan farqlash asosiy sabab bo’lgan. Dutorga o’xshash cholg’ularni Ozarboyjonda “Saz”, gruzinlarda “Panduri”, qirg’izlarda “Komuz”, Qozoqlarda “Do’mbira”, xitoyliklarda esa “Pipa” atamalari bilan nomlanadi.
Cho’ponlar nayni xush ko’rsa, usta sozandalar qo’lida sato, tanbur, do’mbra xalq musiqachilari - baxshilarning hamrohi bo’lib, dutor esa-uy sharoitida (ichkarisida) keng tarqalgan edi. Dutor xalqimiz orasida “Dilkash cholg’u” nomini olgan. Unda ijro etilgan har qanay kuy, ohang qalb torlarini tebratadi, chunki bu nola qalb istagan ohangdir. Shuning uchun Dutor ayollarimiz qo’llarida xasrat quroli, dil izhorlarini namoyish etish uchun hamroh bo’lgan ko’ngil oshnosidir.
O’zbekistonda dutorning bir necha turlari mavjud bo’lib, ular torlarining bir xilligi, umumiy ko’rinishi, pardalarining bog’lanishi jihatdan o’xshash bo’lsa, uzunligi, tovushqatori, diapazoni va tayyorlanish uslublari, yog’ochlarining turlariga qarab bir-biridan farq qiladi. Bu esa, albatta soz tembrini bir-biridan farq qilishga olib keladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish