Turkiston ism alog‘i (Ш пинат туркестанский)
-
Spinacia turkestanica Jljin.
Ismaloq sho‘radoshlar -
Chenopodiaseae
oilasiga mansub
b o ‘lib, bo'yi 10-60 sm b o ‘ladigan ikki uyli, bir yillik o ‘t o ‘simlik.
Poyasi tik o ‘sadi, barglari patsimon qirqilgan, uchidagi bo‘lakchasi
yirik uchburchak-yoysimon, qolganlari mayda, cho‘ziqsimon yoki
chiziqsimon, poyasining o ‘rta qismidagilari qisqa bandli uchburchak-
yoysimon, eng yuqoridagilari, b a ’zan lansetsimon b o ‘lib, uzun
bandi (ildizoldi to ‘p barglari va poyaning pastki qismidagi barglari)
bilan yoki bandsiz poyada ketma-ket o ‘mashgan. Mayda, ko‘rimsiz,
bir jinsli gullari poya uchida boshoqdan tashkil topgan ro ‘vaksimon
to ‘pgulga (otalik gullari) yoki barg qo‘ltig‘iga (onalik gullari)
joylashgan. Ismaloqning mevasi - qattiq, tikanli to‘p meva. Ismaloq
aprel-iyun oylarida gullaydi va mevasi yetiladi.
Markaziy Osiyoda begona o ‘t sifatida sug‘oriladigan yerlarda,
tog‘oldi yaylovlarida, bug‘doyzorlarda va ekinzorlarda k o ‘plab
o ‘sadi.
Xalq tabobatida ismaloqning yer ustki qismi ishlatiladi. Uni
o'sim lik gullagan vaqtida yig‘iladi va soya yerda quritiladi yoki
quritmay qo‘llaniladi. Ismaloqning yer ustki qismi tarkibida karotin,
16 mg%, S, Bi, B2, vitaminlari, qandlar, organik kislotalar, oqsil va
boshqa biologik faol moddalar bor.
Tabobatda ismaloqning yer ustki qismi darmon beruvchi vosita
sifatida qo ilaniladi hamda kamqonlikda, raxit va boshqa avitami-
noz kasalliklarida vitaminlarga boy parhez ovqat sifatida iste’mol
qilishga tavsiya etiladi.
Kovul (Каперцм колючие) - Capparis \pino\a /..
Kovul kavardoshlar -
Capparidaseae
oilasign mansub bo'lib,
bo‘yi 2,5 m gacha yetadigan sershox tikanli, yer biig’irlab o'suvchi
poyali ko‘p yillik lianasimon o 4t o ‘simlik. Barglari yumalnq, teskaii
tuxumsimon yoki ellipssimon b o ‘lib, poyasi bilan shoxlarida bandi
yordamida ketma-ket o ‘mashgan. Oq rangli, yirik to ’rt bo'lakli
gullari uzun bandi bilan barg q o itig ‘iga joylashgan. Mevasi ko‘p
urug‘li, teskari tuxumsimon, sershira b o ‘lib, h o ‘l mevaga o ‘xshab
ketadi. Kovul may-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda
yetiladi.
Markaziy Osiyo, Qrim, Kavkazda dalalarda, adirlarda, yo‘l
bo'ylarida, ariq va kanallam ing qirg‘oqlarida, tepaliklarda, b a’zan
ekinzorlarda o‘sadi.
Xalq tabobatida kovulning yer ustki qismi, mevasi va ildizi ish
latiladi. Yer ustki qismi o ‘simlik gullagan vaqtda yig‘iladi va soya
yerda quritiladi. Gulini o ‘simlik to ‘liq gullaganda, mevasini - yetil-
ganda teriladi. Guli soyada, mevasi esa ochiq havoda quyoshda
quritiladi. Kovul ildizi erta bahorda yoki kcch kuzda kovlab olinadi,
suvda yuvib, tuproqdan tozalanadi va quyoshda quritiladi.
Kovulning yer ustki qismi tarkibida 0,32% rutin, kversetin, 150
mg% gacha S vitamin, staxidrin, tioglikozid, saponinlar, bo‘yoq
moddalar, mevasida-36% gacha qandlar, 25-25,6mg% S vitamini,
1,46% flavonoidlar, tioglikozid; urug‘ida 25-36% yog‘; ildizida -
1,2% alkaloidlar (staxidrin); 0,44% flavonoidlar, 4,5% qand, ku-
marinlar va boshqa biologik faol moddalar bor [30].
Abu Ali ibn Sino kovul o'sim ligini nafas qisishi, m e’da-ichak
kasalliklarini davolash uchun hamda og‘riq qoldiruvchi, yaralarni
tuzatuvchi va gijja haydovchi vosita sifatida qo‘llagan.
Xalq tabobatida ildizidan tayyorlangan qaynatma shamollagan-
da, falaj, sariq, bod, taloq kasalliklarini davolashda, yer ustki qismi
damlamasi m c’da-ichak kasalliklari, yaralar va astmani davolashda,
siydik haydovchi vosita sifatida qoMlaniladi. Gulining shirasi bilan
yaralar davolanadi, meva qaynatmasi milkni mustahkamlash, tish
og‘rig‘ini qoldirish, bavosil va boshqa kasalliklami davolash uchun
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |