langan damlama xalq tabobatida qon bosimi ko‘tarilgan hollarda
(gipertoniya kasalligida) uni pasaytirish uchun q o ‘llaniladi.
Sitrus turlarining mevasi va limondan olingan limon kislota
oziq-ovqat sanoatida, efir moyi parfyumeriyada ishlatiladi.
Jumrutsimon Chakanda (Облепиха круш иновидная)-
llippophae rhamnoides L.
Chakanda Jiydadoshlar -
Elaeagnaceae
oilasiga mansub bo‘lib,
bo‘yi 4-6 m ga yetadigan ikki uyli buta yoki kichik daraxt.
Poyasi
sershox va tikanli bo'lib, qo‘n g ‘ir-yashil p o ‘stloq bilan qoplangan.
Barglari chiziqsimon-nishtarsimon yoki chiziqsimon, yuqori tomoni
kulrang-to‘q yashil, pastki tomoni bir oz sarg‘ish q o ‘n g ‘ir-kulrang
yoki oq tusli, tekis qirrali b o iib , poya va shoxlariga qisqa bandi yor-
damida ketma-ket o ‘mashgan.
24-rasm.
Jumrutsimon Chakanda (Облепиха крушиновидная) -
Hippophae rhamnoides L.
(itillari bir jinsli, mayda va ko'rim siz, kaltu boshoqchaga (ota-
lik gullari) yoki 2-5 tadan shoxchalar qoMtig‘ida (onalik gullari)
joylashgan. Mevasi dumaloq yoki cho‘zinchoq, to‘q sariq yoki
qizg'ish rangli, sersuv, danakli meva.
Chakanda aprel-may oylarida
gullaydi, mevasi avgust-oktabrda pishadi.
Chakanda keng arealli o ‘simlik hisoblanadi, u MDHning
Yevropa qismida, Karpatda,
Kavkazda, Qora dengiz atroflarida,
Markaziy Osiyoda, Q ozog‘istonda, 0 ‘zbekistonda, Tojikiston va
Qirg‘izistonda, Boltiq b o ‘yida, Sibir va Oltoyda daryo, k o ‘l va den-
gi/,larning shag‘alli va qumli qirg'oqlarida, tekislik va tog ‘lardagi
lo‘qayzorlarda o ‘sadi.
Tibbiyotda mevasi va ulardan olinadigan Chakanda moyi hamda
bargi qo‘llaniladi. Mevalari toMiq pishganda, b a’zan sovuq tushgan-
dan so ‘ng yig‘iladi. Y ig‘ilgan mevalari
quritib yoki quritmasdan
ishlatiladi, moy olish uehun zavodlarga yuboriladi.
Mevasi tarkibida 450 mg%
S vitamini, 145 mg% E, V vitamin-
lari, 60 mg% karotin va boshqa karotinoidlar,
foli kislota, 9% gacha
flavonoidlar, 3,56 % qandlar, 2,64% organik (olma va vino) kislo
talar va boshqa biologik laol moddalar bor. Urug'ida 12,5% yog‘,
0,28 mg% V vitamini, 0,38 mg% vitamin V2, 14,3 mg% E vitamini,
0,3 mg% karotin, oqsil va boshqa faol birikmalar bo‘ladi. Moyi ham
vitaminlarga (110-165 mg% E, F hamda 40-100 mg % karotin yoki
180-300 mg% karotinoidlar) boy [9, 30].
Chakanda moyi radioaktiv nur ta’siridan zararlangan teri, shilliq
qavatlar (qizilo‘ngach, m e’da), m e’da va o ‘n ikki barmoq ichak yar-
asi, b a ’zi ginekologik kasalliklar hamda vitaminlar yetishmasligidan
kelib chiqqan avitaminoz va boshqa kasalliklarni davolash uehun
qo‘llaniladi. Chakanda moyi og‘riq qoldiruvchi va yarani
tcz bitiruv-
chi va to ‘qimalami regencratsiyasini tezlashtiruvchi ta ’sirga ega.
Shuning uehun uni m e’da va qizilo‘ngach shilliq qavatlari yarasini
bitirish uehun ichiladi, kuygan joyga, yaraga bosiladi.
Chakanda mevasini Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan o g ‘riq
qoldiruvchi,
singa va milk qonashini, m e’da kasalliklarini davolov-
chi vosita sifatida ishlatib keladilar. Bargining qaynatmasi bilan bod
kasalligini davolaganlar. Buning uehun barg qaynatmasidan shifo-
baxsh vanna qilinadi yoki badanning og‘rigan joyiga issiq qaynat-
maga botirilgan mato b og‘lab q o ‘yiladi.
Bargi tarkibida 230-370 mg% S vitamini, flavonoidlar (kver-
setin, izoramnetin, miritsctin va boshqalar), gallat kislotasi, 8-9%
oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bo‘ladi. Hozirgi payt-
da Respublikamizda Chakandani sanoat miqyosida o ‘stinshga va
farmatsevtika sanoati uchun xomashyo
bazasini yaratishga harakat
qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: