Uyqu rejimidan chiqishdagi parolni olib tashlash
Agarda Windows’ga kirish paytida parol so‘rashni olib tashlasangiz ham, baribir «uyg‘onish»da, ya’ni uyqu rejimidan chiqishda yana parol so‘rayveradi. Bu funksiyani endi quyidagi yo‘riqnomalar asosida alohida o‘chirishingiz lozim.
Windows 10, 8.1, 8, 7 va Vista’da «uyg‘onish» parolini olib tashlash
1. Windows qidiruv satriga «Elektropitaniye» deb yozing va topilgan shu nomdagi bo‘lim havolasi ustiga bosing. Yoki uni Boshqaruv paneli – «Panel upravleniya»dan o‘zingiz topsangiz ham bo‘ladi.
2. Bizga kerakli bo‘lim – «Zapros parolya pri probujdenii»ni, keyin esa «Izmeneniye parametrov, kotorie seychas nedostupni»ni bosing va «Ne zaprashivat parol» opsiyasini bayroqcha bilan belgilab qo‘ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |