Kompyuteringizni fleshka yordamida yoqing
1. Boshqa kompyuterda tayyorlangan o‘rnatuvchi fleshkani parolini unutib qo‘yganingiz – ochilmayotgan kompyuterga tiqing.
2. Kompyuteringizni yoqing (yoqiq bo‘lsa – o‘chirib-yoqing) va uning yuklanish jarayonida BIOS sozlamalariga o‘tish tugmachasini bosing. Odatda bu F2, F8, F9 yoki F12 tugmachalaridan biri bo‘ladi; bu esa qurilmaning ishlab chiqaruvchisiga bog‘liq. Aksariyat hollarda kompyuter yonayotganida, BIOS yuklanishi jarayonida o‘sha tugmacha nomi ekranda boshqa matnlardan ko‘ra yorqinroq qilib ko‘rsatiladi.
3. BIOS menyusida turib, kompyuterning yonishini sozlovchi Boot bo‘limiga o‘ting (ko‘p hollarda tizimning o‘zi sizni birdaniga o‘sha bo‘limga o‘tkazadi).
4. Boot bo‘limida ekranda paydo bo‘lgan qurilmalar ro‘yxatidan fleshkani birinchi o‘ringa qo‘ying. Agar buning qanday bajarilishini bilmasangiz, yaxshilab qarang – yon tomonda boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |