5. O‘zgarishlarni saqlang.
Agarda BIOS ham sizga noma’lum parol bilan himoyalangan bo‘lsa, u holda iloji yo‘q – Windows parolini Lazesoft Recover My Password orqali olib tashlay olmaysiz.
Unday bo‘lmasa, BIOS interfeysi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi taxminan bir xil bo‘ladi: Boot yuklanish menyusiga kirish, birinchi manba sifatida kerakli fleshkani belgilash va o‘zgarishlarni saqlash.
Shundan keyin kompyuter Lazesoft Recover My Password utilitasi yozilgan fleshkadan yuklanadi va keyingi bosqichga o‘tasiz:
Lazesoft Recover My Password yordamida parolni yo‘qotish
1. Lazesoft Live CD (EMS Enabled)’ni tanlab, Enter tugmachasini bosing.
2. Lazesoft Recover My Password ko‘rsatmalari yordamida o‘z akkauntingizning parolini olib tashlang.
3. Kompyuterni o‘chirib-yoqing.
Shularni amalga oshirganingizdan keyin Windows sizdan eski parolni so‘rashni bas qiladi, siz esa maqolamiz boshidagi yo‘riqnomalar asosida yangi parol o‘rnatishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |