Windows’ning barcha versiyalarida kirish parolini bekor qilish
Agar kompyuteringizga boshqalar teginishidan cho‘chimasangiz, u holda sizga parolning keragi yo‘q. Har gal tizimni ochganda parolni kiritib o‘tirmaslik uchun parol himoyasini olib tashlasangiz ham bo‘ladi. Buni esa quyidagicha amalga oshirasiz:
1. Windows + R tugmachalarini birga bosib, buyruqlar satriga netplwiz (yoki u ishlamasa – control userpasswords2) so‘zini yozib, Enter tugmasini bosing.
2. Ochilgan oynada mazkur tizimdagi akkauntlar ro‘yxati ko‘rinadi; ulardan qay birining parolini olib tashlamoqchi bo‘lsangiz, uni belgilang, «Trebovat vvod imeni polzovatelya i parolya» bandi yonidagi galochka belgisini olib tashlang va OK tugmachasini bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |