Kompyuterga parol o‘rnatish
Agarda kompyuteringizga boshqalar ruxsatingizsiz teginmasligini istasangiz, undagi Windows tizimini parol bilan himoyalaganingiz ma’qul. Shunda sizning sozlamalaringiz va ma’lumotlaringiz xavfsizlikda bo‘ladi. Har gal kompyuterni yoqqanda, akkauntni (uchyotnaya zapis) almashtirganda va uyqu rejimidan chiqarganda, Windows parol so‘raydi.
Unga parol qo‘yish usuli esa tizimning turli versiyalarida sal farq qiladi, shu bois ulardan har biriga to‘xtalib o‘tamiz.
Windows 10’ga parol qo‘yish
1. «Pusk» bo‘limidan shesternyacha shaklidagi «Parametri» bo‘limiga, undan esa «Uchyotnie zapisi»ga kirib, «Parametri vxoda»ni tanlaysiz.
2. «Parol» bandi ostidagi «Dobavit»ni bosasiz.
3. Tizim ko‘rsatmalariga amal qilgan holda tegishli maydonchalarni to‘ldirib chiqqach, «Gotovo»ni bosing.
Windows 8 va 8.1 versiyalarida parol o‘rnatish
1. O‘ng yon paneldagi shesternyacha shaklidagi «Parametri»ni bosasiz, undan «Izmeneniye parametrov kompyutera»ga kirasiz. Ochilgan oyna menyusida «Uchyotnie zapisi» (yoki «Polzovateli»)ni, so‘ng esa «Parametri vxoda»ni tanlaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |