Адабиётлар:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга
Мурожаатномаси. Халқ сўзи. 2018 й. 29 декабрь.
2.
Тешабоев Т.З. Отақўзиева З.М. Ахборотлашган иқтисодиёт. Тошкент
2017 й.
3.
Бўтабоев М. Тошматов М. Мўминов А. Бизнес бошқаруви асослари.
451
4.
Коркошко И.О. Особенности экономического сознания студенческой
молодежи с разными ценностными ориентациями. (Интеграция
образования), 2009, № 4.
RAQAMLI IQTISODIYOTGA O’TISH DAVRIDA KADRLAR
POTENTSIALI
A.Kadirov, M.Abduqodirova
TATU FF
«O’zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyoti Dasturi» (O’zRID), 2019-
2022 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish
Strategiyasiga amal qilgan holda, raqamli iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish
omili raqamli shakldagi mahlumotlar bo’lgan, fuqarolar va jamiyatning sifatli va
ishonchli mahlumotlar olishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot makoni
shakllantirishga, O’zbekiston Respublikasi axborot infratuzilmasini rivojlantirishga,
milliy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va qo’llashga,
shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar uchun yangi texnologik asoslar
shakllantirishga hizmat qiladigan raqamli xo’jalik yuritish faoliyatini ifodalashi
lozim.
SHubhasizki, raqamli texnologiyalar kommunikatsiyalarga ketadigan vaqtni
qisqartirish va barcha iqtisodiy jarayonlarni tezlatish imkonini beradi, lekin bu
jarayonlar tezlashuvi natijasida konkret xududda nima ro’y berishi – iqtisodiyotning
gullab-yashnashi yoki tanazzulga yuz tutishi – inson kapitalining rivojlanish
vektoriga bog’liq bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, insoniyat rivojlanishining barcha
bosqichlari uchun anhanaviy ravishda ajratilatidigan asosiy ishlab chiqarish
omillari– yer, mehnat va kapital iqtisodiyotni raqamli o’zgartirish davrida, tovarlar,
hizmatlar va axborot qiymati shiddat bilan o’sib borayotgan bir paytda tub
o’zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Raqamli iqtisodiyotda davlatlarning asosiy
aktivi inson kapitali bo’ladi. Ammo, umuman ham inson emas, balki asosiy aktiv
yangi texnologiyalar sohasida chuqur bilimlarga ega, ularni hayotga tadbiq eta
olishga qodir, eski narsalarni takomillashtira oladigan konkret odamlar hisoblanadi.
Hattoki, konkret odamgina ham emas, balki chuqur bilimga ega shaxslarni umumiy
jamoaviy intellektga birlashtirish va faollashtirishga qodir bo’lgan odamlar guruhi
davlatlarning asosiy aktivi bo’lib hisoblana boshlaydi. SHu munosabat bilan tan
olish mumkinki, kelajak iqtisodiyotida asosiy ishlab chiqarish omillari bo’lib, inson
va axborot kapitali hisoblana boshlaydi, bunda asosiy omil va harakat qiluchi kuch
inson kapitaliga tegishli bo’ladi. Bu nuqtai-nazarni Davos iqtisodiy forumi asoschisi
va prezidenti, raqamli iqtisodiyotda asosiy ishlab chiqarish omili baribir kapital
emas, balki kadrlar salohiyati bo’lishini Klaus SHvab asoslab bergan. SHu
sababdan, kapital mavjudligi emas, balki aynan chuqur bilimga ega kadrlar
taqchilligi innovatsiyalar, raqobatbardoshlik va o’sishni chegaralab turadigan
cheklov hisoblanadi. SHvabning qayd etishicha, ko’rsatilgan muammolar «yuqori
malaka» tushunchasining o’zini to’rtinchi sanoat inqilobi nuqtai-nazaridan qayta
ko’rib chiqishga majbur qiladi. Malakali mehnatning anhanaviy tahriflari yuqori
darajada mahlumot yoki ixtisoslashgan mahlumot mavjudligi hamda ekspertlik
452
sohasi yoki kasb doirasida belgilangan xususiyatlar to’plami mavjudligiga
asoslanadi.
Texnologiyalar jadal taraqqiyotini hisobga olgan holda to’rtinchi sanoat
inqilobi xodimlarning doimiy moslashuviga hamda turli nuqtai-nazarlardan yangi
ko’nikmalar va yondashuvlarni o’zlashtirishga alohida ehtibor qaratadi. Bu
iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishda, turli tizimlar faoliyatida, jumladan, ijtimoiy
himoya, soliqqa tortish va tahlim sohasida katta o’zgarishlar talab qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi hukumati raqamli iqtisodiyot dasturini to’g’ri tuzish va
uni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish juda jiddiy masala hisoblanadi, chunki
bu sohada ortda qolish jahon iqtisodiyoti yangi trendlarga muvofiq mamlakatni
raqobatbardoshlikni yo’qotishga mahkum qiladi va uzoq muddatli salbiy oqibatlarga
olib keladi. Aynan davlat barcha manfaatdor tomonlar (davlat hukumat organlari,
biznes, fuqarolik jamiyati va ilmiy-tahlim jamiyatlari) vakillarini raqamli
iqtisodiyotni yaratish va rivojlantirishga jalb qilgan holda raqamli iqtisodiyotni
optimal boshqarish mexanizmini yaratishi lozim. Bir tomondan, bu fuqarolik
jamiyati va biznesning tanlangan o’zgarishlar yo’nalishida rivojlanishini jiddiy
rag’batlantirishi, boshqa tomondan esa, shu tariqa yo’naltiriladigan o’zaro aloqalar
qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin bo’lib, ularning orasida sahyi-
harakatlarning turli yo’nalishlarda bo’lishi va tashabbuslarning to’xtab qolishi eng
muhimlari hisoblanadi. O’ylaymizki, «raqamli iqtisodiyotning eng qimmatli chora-
tadbiri» kadrlar tayyorlash va axborot infratuzilmasi yaratish bo’lib chiqishi ham
mumkin.
Tahlim bo’yicha yo’l xaritasi tayyorlash katta qiziqish uyg’otadi, va bunda bir
qancha qiyinchiliklarga ham duch kelishimiz mumkin. Kadrlar, raqamli innovatsion
sektorda ishlaydigan texnik va boshqaruv kadrlari o’ziga xos xislatlarga ega bo’lib,
o’ziga xos tarzda tayyorlanishlari lozim, ayniqsa, davlat va biznes kesishuvida bu
katta ahamiyatga egadir.
Bunday joylarda faqatgina mavqe yoki professionallikka tayanish mumkin
emas. Bu noyob mutaxassislar tayyorlash, kadrlar tayyorlashning umuman
boshqacha darajasi, hozirgi paytda tahlimda universallik yo’qolganligi, mahlum bir
perspektiv yo’nalishlar borligi va, tahlimning differensiatsiya qilinganligini aks
ettiradi. Nima uchun yo’l xaritasi tayyorlash raqamli iqtisodiyot dasturini amalga
oshirishda eng muhim fursat hisoblanishi haqidagi fikrga qaytib, tahlim va mehnat
bozori o’rtasidagi o’zaro aloqalarning xrestomatik haqiqatini yodga olmasdan
bo’lmaydi. Hozirgi kunda dunyoda mehnat bozorida nimalar ro’y berayotgani
haqida nufuzli shaxslarning fikralariga murojaat qilamiz. Klaus SHvab o’zining
mashhur “To’rtinchi sanoat inqilobi” kitobida quyidagilarni yozadi: «to’rtinchi
sanoat inqilobi bundan oldingi inqiloblar bilan taqqoslaganda yangi tarmoqlarda
kamroq ish o’rinlari yaratadi AQSH mehnat resurslarining atigi 0,5%i asr boshida
mavjud bo’lmagan tarmoqlarda band; yangi ish o’rinlarining 8%dan kami o’tgan
asrning 80-yillarida va yangi ish o’rinlarining 4,5%i – 1990 yillarda yaratilgan.
Axborot va boshqa ilg’or texnologiyalarga investitsiyalar jalb qilish uchun
qo’shimcha mehnat talab qiladigan ko’plab mahsulotlar yaratish emas, mavjud
ishchilarni almashtirish yo’li bilan unumdorlikni oshirishga hizmat qiladi».
453
Texnologik innovatsiyalarning ishsizlikka tahsiri tadqiqotalariga havola qilib,
K.SHvab tahkidlaydi: «Mazkur tadqiqot natijalariga ko’ra, AQSHda ish
o’rinlarining 47%ga yaqini, ehtimol, keyingi yigirma yil davomida avtomatlashtirish
riskiga uchraydi, bu o’tgan sanoat inqiloblari davomida ro’y bergan mehnat
bozoridagi o’zgarishlar jarayonidan ko’ra tezroq yakson qilinadigan kengroq
doiradagi kasblar bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, mehnat bozorida
qutblashuvning o’sish tendensiyasi mavjud. Bandlik yuqori daromad keltiradigan
kognitiv va ijodiy kasblarda, kam daromad keltiradigan qo’l mehnatidan ortadi,
lekin o’rtacha daromad keltiradigan standart kasblarda talab esa pasayadi».
Yaqinda Jahon iqtisodiy forumida ehlon qilingan The Future of Jobs tadqiqoti
mahlumotlarini ham keltirib o’tamiz, unga ko’ra, 2022 yilga kelib, «jahon mehnat
bozorida 2 million ish o’rni qo’shiladi, lekin 7,1 million ish o’rni yo’qolib ketadi.
Ish o’rinlari intellektual va yuqori texnologiyali sohalarda paydo bo’ladi,
iqtisodiyotning real sektorida va mahmuriy ishlar sohalarida qisqaradi». Hisobot
mualliflarining hisob-kitoblariga ko’ra, «2022 yil uchun katta mahlumotlar
texnologiyasi matematika va hisoblash texnikasi sohasida ish o’rinlari sonini 4,59%,
boshqaruv sohasida 1,39%, moliya sektorida 1,34% va sotuvlarda 1,25% oshiradi.
Lekin xuddi shu katta mahlumotlar sohasi ofis xodimlari ish o’rinlari sonini 6,06%
qisqartiradi. SHu bilan bir paytda, buyumlar internet kompyuter ixtisosliklarida
bandlikning 4,54%, loyihalashtirish va muhandislik ishlanmalari bo’yicha 3,54%
o’sishiga olib keladi. Lekin shu omilning o’zi asbob-uskunalarga texnik hizmat
ko’rsatish, tahmirlash va o’rnatish bo’yicha mutaxassislar bandligini yillik 8%, ofis
xodimlarining esa 6,2% qisqartiradi. Sanoat sohasida bandlikka yangi ishlab
chiqarish texnologiyalari va 3D-bosma (ish o’rinlari soni yiliga 3,6% qisqaradi) va
ancha kamroq darajada – robotlashtirish va avtomatik transportni rivojlantirishga
(0,83% qisqarish) kuchli tahsir ko’rsatadi. Umuman olganda, bandlik mahlumotlarni
tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, u murakkab texnologik jarayonlarni boshqarish talab
qilingan joylarda o’sadi va kundalik zerikarli hamda malakasiz mehnat ulushi katta
bo’lgan joylarda tushib ketadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |