454
Yangi raqamli iqtisodiyotda bir qancha aktivlar bo’lib, ular jumlasiga
kriptovalyutalar ham kiradi. Hozirgi paytda turli xil kompaniyalar tomonidan ishlab
chiqilgan mingdan ortiq kriptovalyutalar mavjud va ularning har bir
kriptoiqtisodiyot sohasida bir qancha muhim funktsiyalarni bajaradilar. SHulardan
biri – ICO (
Initial coin offering) bo’lib, uning yordamida
biror bir loyiha uchun
jamoaviy mablag’ yig’ish jarayonini uyushturish mumkin. Bu borada jamoaviy
mablag’ to’plash mexanizmi kraudfunding vositasida innovatsion mablag’lar
topishdir.
Bunday usul yordamida mablag’ to’plash uchun original usul taklif yetiladi:
kriptovalyutada kafolat shartnomalari, yahni, blokcheynga asoslangan ommaviy
kraudfanding modeli versiyasi tashkil qilinadi –
unda tashkilotchilar
qatnashchilarningpul o’tkazmalari kattaligi belgilangan kattalikda bo’lishi
aniqlangach, ular investitsion hamyonga oldindan kelishib olingan miqdordagi pul
o’tkazmalari qilishadi. Pul mablag’lari o’tkazuvchilarni «ovlash» va to’plangan
mablarni himoya qilish uchun shartli depozit schetlar yaratish o’rniga blokcheyn va
u bilan bog’liq dasturiy tahminot bu ishni avtomatik ravishda barchaga ko’rinib
turgan tarzda bajaradi. Maxsus ajratilgan va buzib kirishdan himoya qilingan, faqat
dasturiy nazorat ostida bo’ladigan elektron hamyonda zarur miqdordagi mablag’lar
to’plangach, u tashkilotchning zaxira qilingan mablag’lari saqlanadigan boshqa
hamyon bilan birlashtiradi. Agar maqsadli investitsion summani to’plashning
uddasidan chiqilmasa, pul mablag’lari avtomatik ravishda ortga,
pul hadya
qilganlarning elektron hamyonlariga qaytarib yuboriladi. SHunday qilib, mablag’lar
to’plash, uni himoyalash, saqlash va qaytarish muammosi hal qilinadi.
Endi raqamli texnologiyalar yordamida mulk masalalarini boshqarish tizimini
yaratish muammosiga to’xtalamiz. Intellektual shartnomalar faqat moliya
sohasidagina ishlash bilan chegaralanmaydi. Agar ularni intellektual mulk bilan
birlashtiradigan bo’lsak – bunda mulk huquqi hujjatlari va egalik qilishni
tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar kompyuter dasturlari
foydalanishi uchun raqamli
shaklga o’tkaziladi – bu moddiy (masalan, uy yoki avtomobil) yoki nomoddiy
(masalan, patentlar) aktivlarga mulkchilik huquqini avtomatik ravishda o’tkazishni
tahminlaydi. Xuddi shu tarzda kompyuter dasturimos keluvchi shartnoma
shartlariga rioya qilinishi tasdiqlagan hollardagina aktivlar almashinishga ruxsat
berishi mumkin.
Hozir kompaniyalar deyarli har bir elektron qurilma
yoki tovar birligiga
shtrixkodlar, QR-kodlar, mikrochiplar, bluetooth-uzatgichlarni faollik bilan joriy
qilmoqdalar, buning natijasida istalgan moddiy boyliklarga
mulchilik huquqini
aynan shu tarzda berish mumkin bo’lgan «buyumlar interneti» yaratiladi.
Blockchain 2.0 asosidagi yechimlarning keng tarqalishi texnik, huquqiy, moliyaviy
va madaniy xarakterdagi katta to’siqlarga duch kelmoqda. Hozirgi paytda yuzlab
bunday yechimlar mavjud, lekin ularning ko’pchiligi oxirigacha ishlab chiqilmagan
va qachonlardir amalga oshirilish imkoniyatiga ega bo’lishi ehtimoli ancha past
hisoblanadi. Biroqularga katta energiya va innovatsion intellektual salohiyat
sarflangan bo’lib, bu bir qator jiddiy loyihalar va startaplar yaratishda namoyon
bo’ldi. Bunday loyihalarning birinchisi 2012 yilning
ikkinchi yarmida ishga
455
tushirilgan
Colored Coins tizimi bo’ldi. Undan maqsadodamlarga moliyaviy
aktivlar va anhanaviy valyutani bevosita bitkoin blokcheyni orqali almashinish
imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo’lgan (bu tizim orqali ikki kishi, masalan,
evroni oltinga to’g’ridan-to’g’ri almashtirish haqida shartnoma tuzishi mumkin).
SHundan boshlab mazkur maydonda ko’plab aynan shunday
xarakterli loyihalar
paydo bo’ldi, jumladan, Next, Ripple, Mastercoin, ethereum, BitSHares, Counter
Do'stlaringiz bilan baham: