Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari



Download 1,29 Mb.
bet99/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

8.8. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari
FPKning 202-moddasida ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash uchun belgilangan ushbu o‘n kunlik muddat sudning asoslantirilgan ajrimi asosida o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin, masalan, mulk huquqini tan olish va tugatish (shu jumladan, bitimlar, meros qabul qilish, davlat mulkini xususiylashtirish) yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish, shuningdek ekspertiza o‘tkazishni talab qiladigan, sud topshirig‘ini yuborish, ishni ko‘rayotgan sud faoliyati hududidan tashqarida bo‘lgan fuqaro va tashkilotlardan materiallarni talab qilib olish bilan bog‘liq hollarda. Bunda, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatini uzaytirish haqida asoslantirilgan ajrim qabul qilishi shart.
Aliment undirish, fuqaroning sog‘ligiga shikast yetishi yoki uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan zararni to‘lash shuningdek, boquvchisini yo‘qotganligi, mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatining uzaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudya ishni yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida ko‘rishga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida ma’lum qiladi.
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig‘iga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

    1. Sudyaga kelib tushgan arizalarni o‘rganadi va ularni ko‘rish
      yuzasidan takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyor-laydi;

    2. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni jalb qilish to‘g‘risidagi masalani hal etishda ishtirok etadi;

    3. Sud protsessini tayyorlashni va o‘tkazishni tashkil etishda ishtirok etadi;

    4. Arizalar va murojaatlar, shuningdek ko‘rilishi keyinga
      qoldirilgan yoki ish yuritish to‘xtatib turilgan ishlar o‘z vaqtida
      ko‘rilishi ta’minlanishini tashkil etadi;

    5. Taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi.

Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig‘iga binoan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin (FPK 172-moddasi).

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish