Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Sud chaqiriqlari va sud xabarlari



Download 1,29 Mb.
bet100/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

8.9. Sud chaqiriqlari va sud xabarlari
Sudda ishni muhokama qilinishining vaqti va joyi haqida yoki sudning qanday protsessual harakatni amalga oshirish haqidagi axborotlar bilan manfaatdor shaxslarni boxabar qilish – sud majlisida manfaatdor shaxslarning shaxsan ishtirok etish huquqini amalga oshirish kafolatidir. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga xabar berish sudning majburiyati va sudda ishni muhokama qilishni amalga oshirishning zarur sharti hisoblanadi. Qonunga muvofiq sud chaqiruv qog‘ozidan foydalanadi. U xabar berishning shartlar majmuasiga rioya qilishni nazarda tutadi:

  1. Sud chaqiruv qog‘ozi sudda ishtirok etayotgan taraflarga sudga kelishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina jo‘natiladi.

  2. Sudda ishtirok etayotgan shaxslarga xabar berish uchun sud, sud chaqiruv qog‘ozidan foydalanadi. Shaxslarning kelishi qonun yoki sud tarafidan nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Haqiqatning qaror topishida ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan hollarda shaxslarga, guvoh, ekspert, tarjimon, mutaxassislarga chaqiriqlar jo‘natiladi. Ularga sud majlisiga yoki alohida protsessual harakatni amalga oshirish joyiga kelish talabi ko‘rsatilgan. Bu shaxslarning barchasi uchun sudga kelish majburiydir.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud chaqiruv qog‘ozi yoki FPKning 156-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilganidek, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va guvohdar sud chaqiruv qog‘ozlari, zarur hollarda esa buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi hamda sudning ayrim protses-sual harakatlari to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Sudga chaqirish to‘g‘risidagi sud chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa chaqiriqning mazmuni FPKning 157-moddasida belgilangan. Haqiqatning qaror topishida ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan hollarda shaxslarni chaqirish uchun faqatgina o‘rnatilgan shakldagi sud chaqiruv qog‘ozilaridan foydalaniladi.

  1. Sud chaqiruv qog‘ozilarning yetkazib berilishi lozim bo‘lgan manzillar sudga berilgan arizada ko‘rsatilishi shart. Fuqarolik ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng o‘z manzili o‘zgarganligi haqidagi ma’lumot ishda ishtirok etuvchi har bir shaxsning majburiyati bo‘lib qoladi (FPKning 163 va 188-moddalari). Sudga o‘z manzili o‘zgargan-ligi haqidagi ma’lumotni taqdim etmagan yoki o‘z manzilini noto‘g‘ri ko‘rsatgan shaxslarga tegishli javobgarlik belgilangan.

Da’vogar va javobgarning ishlayotgan manzili aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, sud qonunda nazarda tutilgan holatlarda xabar berishi lozim bo‘lgan shaxslarga, ko‘rsatilgan manzilga sud chaqiruv qog‘ozini jo‘natishi mumkin. Sud chaqiruv qog‘ozini yetkazib berilishi sud tarafidan belgilanadi.
Sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma chaqirilayotgan shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga ma’lum qilingan manzilda haqiqatda yashamasa, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma uning ish yoki o‘qish joyiga yuborilishi mumkin. Sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma aloqa tashkiloti orqali topshirilganligi to‘g‘risida tilxat olish yo‘li bilan yoki xat-hujjat tashuvchi orqali yuboriladi. Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) ishda ishtirok etuvchi shaxsning roziligi bilan unga ish bo‘yicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga topshirish uchun sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani berishi mumkin. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish vazifasi yuklatilgan shaxs hujjatning ikkinchi nusxasini chaqiriluvchining uni olganligi to‘g‘risidagi imzosi bilan sudga qaytarishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili ko‘rsatilgan taqtsirda, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin (FPKning 159-moddasi).
Sud chaqiruv qog‘ozida qaysi shaxsning ismi ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga beriladi. Agarda shaxsning o‘zi bo‘lmasa, uning yaqin qarindoshlariga berishi ham mumkin. Sud chaqiruv qog‘ozini qabul qilgan shaxs uni olganligi haqida imzo qo‘yishi lozim. Shaxsning sud chaqiruv qog‘ozini olganligi haqida imzo qo‘yishdan bosh tortishi sud chaqiruv qog‘ozini qo‘lga berilganligi bilan teng hisoblanadi.
FPKning 161-moddasi talabida sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari keltirilgan. Unga ko‘ra: chaqiriluvchi o‘z nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortsa, uni keltirgan shaxs sudning chaqiruv qog‘oziga yoki boshqa xabarnomaga tegishli belgi qo‘yib, uni sudga qaytaradi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog‘ozini yoxud boshqa xabarnomani qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi belgi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) yohud o‘quv muassasasi tomonidan yoki kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron tarzda xabardor qilingan shaxsning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi ishni muhokama qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning yashash joyi noma’lum bo‘lganida sud FPKning 164-moddasiga muvofiq ish tutadi. Joylashgan manzili noma’lum bo‘lgan javobgarga nisbatan qonunda alohida holatlar ko‘zda tutilgan. FPKning 164-moddasiga ko‘ra javobgarning amaldagi turish joyi noma’lum bo‘lsa, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (ma’muriyatning
mansabdor shaxsi) sud chaqiruv qogozining yoki boshqa xabarnomaning
ikkinchi nusxasiga mazkur organlar yoki tashkilotlar sud chaqiruv
qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani olganligi va uni chaqiriluvchining
turish joyi noma’lumligi sababli unga topshirishning imkoni
bo‘lmaganligi haqida yozib yuborgan ma’lumot sudga kelib tushgach, sud
ishni muhokama qilishga kirishadi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish