Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Savol:Sudning harakatlari to‘g‘rimi?



Download 1,29 Mb.
bet103/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Savol:Sudning harakatlari to‘g‘rimi?
9-BOB. SUD MUHOKAMASI


9.1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlisi
va uning qismlari

Fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish protsessual qonunchilik belgilab bergan qat’iy tartibda o‘tkaziladi. Sud bajariladigan ishlar hajmiga qarab quyidagi qismlarga bo‘lish mumkin:



Sud ishining tayyorgarlik qismi ishni mazmunan ko‘rib chiqish imkoniyatining mavjudligini aniqlashga qaratilgan protsessual harakatlar tizimini tashkil etadi.
Ishni ko‘rish uchun tayinlangan vaqtda sudya (sudyalar) majlis zaliga kiradi, sud majlisini ochib, qanday ish ko‘rilishini e’lon qiladi. So‘ngra sud majlisining kotibi ish bo‘yicha chaqirilganlardan kimlar kelganligini, kelmaganlarga chaqiruv qog‘ozi topshirilgan-topshirilmaganligini, ularning kelmaganlik sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini sudga ma’lum qiladi.
Sud kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillar, shu jumladan advokatning ham vakolatini tekshiradi. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasiga ko‘ra, advokatning muayyan ishni olib borishga vakolatli ekanligi order bilan tasdiqlanadi. Advokatning ishda ishtirok etishga u advokat guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Raislik qiluvchi tarjimonga uning vazifasi sud ish yuritayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning tushuntirishlarini, ko‘rsatuvlarini, arzlarini, bu shaxslarga esa, tushuntirishlarning, ko‘rsatuvlarning, arzlarning, o‘qib eshittiriladigan hujjatlarning mazmunini, shuningdek raislik qiluvchining farmoyishlarini, ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori va ajrimini tarjima qilib berishdan iborat ekanligini tushuntiradi. Raislik qiluvchi tarjimonni bila turib, yolg‘on tarjima qilsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi bo‘yicha javobgar bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiradi. O‘z navbatida, bu ish sud majlisining tayyorgarlik qismida amalga oshirilishi sudda til bilmaslik oqibatida kelib chiquvchi salbiy oqibatlarining hamda qonunbuzilishining oldini olishga qaratiladi.
Sud majlisining tayyorgarlik qismidagi navbatdagi harakat guvohlarning kelgan-kelmaganligi tekshirilgach, sud majlisida hozir bo‘lgan guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarish hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida raislik qiluvchi so‘roq qilingan guvohlarning so‘roq qilinmagan guvohlar bilan muomalada bo‘lmasligi uchun choralar ko‘radi.
Guvohlar sud zalidan chiqarib yuborilganlaridan so‘ng raislik qiluvchi sudning tarkibini (sudyani) e’lon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisining kotibi sifatida kimlar qatnashayotganligini ma’lum qiladi va ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularni rad qilish to‘g‘risida arz qilish huquqlarini tushuntiradi.
Quyidagi hollarda sudya ishni ko‘rishi mumkin emas va rad
qilinishi lozim, agar u:

  1. shu ish ilgari ko‘rilganida sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va FPK talablariga muvofiq ishni ko‘rishda takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasa;

  2. ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning holisligi va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;

  3. shu ish ilgari ko‘rilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;

  4. taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;

  5. ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi bo‘lsa (FPK 21-moddasi).

FPK 21-moddasining 2 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan rad qilish asoslari prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibiga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram bo‘lsa, agar ekspert va mutaxassis ham taftish o‘tkazgan yoxud xulosa bergan bo‘lib, ularning materiallari mazkur ishni qo‘zg‘atishga asos bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, ularni rad qilish to‘g‘risida ariza berilishi mumkin (FPKning 22-moddasi).
FPKning 20-moddasiga muvofiq, ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas. Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya shu ishni apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Undan tashqari, ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi, apellatsiya yoki nazorat instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. Ishni nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Sud majlisining tayyorgarlik qismidagi navbatdagi protsessual harakat ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning FPKning 40-moddasida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarini tushuntirib berish hisoblanadi. Bu haqda sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.
FPKning 205-moddasiga ko‘ra, sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida muhokama qilishga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi hamda taraflar va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qilish yuzasidan choralar ko‘radi.
Ish protsessual huquqiy munosabatlarning barcha subyektlari ishtirokida ko‘rib chiqishlari kerak. Biroq sud protsessida barcha shaxslarning ham ishtirokini to‘la ta’minlashning har doim iloji bo‘lmaganligi sababli fuqarolik protsessual qonunchilik ularning sud majlisiga kelmaganliklari oqibatini nazarda tutadi. Unga ko‘ra, FPKning 223-moddasiga asosan sud ish muhokamasini quyidagi hollarda keyinga qoldirishi mumkin:

  1. tartib fuqarolar tomonidan ommaviy tarzda buzilganda;

  2. raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirilganidan so‘ng prokuror yoki advokat uning farmoyishlariga bo‘ysunmaganida;

  3. taraflar (uchinchi shaxslar) tomonidan sud majlisidagi tartib buzilganda;

  4. o‘ziga sud chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnomalar
    topshirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud majlisiga kelmaganda;

  5. tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi
    shaxslardan biror-biri sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmaganda;

  6. tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmaganda, agar ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz o‘tkazilishi to‘g‘risida ariza kelib tushmagan bo‘lsa;

  7. sud majlisiga guvoh, tarjimon, ekspert yoki mutaxassis
    kelmaganda, agar ularning ishtirokisiz ishni ko‘rish imkoni bo‘lmasa;

  8. da’vogar ishni javobgarning ishtirokisiz ko‘rishga rozi
    bo‘lmaganda;

  9. qarshi da’vo taqdim etilganda;

  10. sud majlisi yuritishda texnik vositalaridan, shu jumladan
    videkonferensaloqa tizimidan foydalanilganda texnik nosozlik-lar kelib chiqqanda;

  11. qo‘shimcha dalillar takdim etish yoki talab qilib olish zarur
    bo‘lganda;

  12. ishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslar jalb qilinganda yoki boshqa protsessual harakatlar amalga oshirilganda.

Keyinga qoldirilgan ishni ko‘rish kelgan joyidan davom ettiriladi. Biroq, agar ish FPKning 39-moddasida sanab o‘tilgan yangi shaxslarni jalb qilish uchun keyinga qoldirilgan bo‘lsa, ishni ko‘rish yangidan boshlanadi.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, da’vogar e’tiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin. Ishni bunday tartibda ko‘rish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligi haqida ishda ma’lumot bo‘lishi lozim.
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili ishni sudda ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilingan bo‘lishiga qaramay, sudga kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Prokuror yoki advokatning uzrsiz sabablar bilan kelmaganligi to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqaradi va bu haqda tegishli yuqori turuvchi prokurorga yoki advokatlar malaka komissiyasiga ma’lum qiladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish