Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Ishni sud muhokamasiga tayyorlashning maqsadi



Download 1,29 Mb.
bet97/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

8.6. Ishni sud muhokamasiga tayyorlashning maqsadi
va vazifalari

Ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli sud qarorlarining chiqarilishi ko‘p jihatdan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash vazifalarining qay darajada amalga oshirilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. FPKning 201-moddasida ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi:





taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash;

taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni aniqlash;

ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniq-lash va ularning o‘z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta’minlash;

ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi to‘g‘risidagi masalani hal qilish;

taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur bo‘lgan dalillarni taqdim etilishi;

taraflarni yarashtirish.

Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida FPKning 201-moddasida nazarda tutilgan taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash kabi vazifani to‘g‘ri amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga amal qilmaslik sud tomonidan ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi, ishga ishga daxldor bo‘lmagan taraflarning jalb etilishi kabi oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.


Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida sudya ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish, sherik ishtirokchilik masalalariga alohida e’tibor berishi talab etiladi. Zero, FPKning 201-moddasida ishni sudda ko‘rishga tayyorlashning muhim vazifalari sifatida ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi masalasini hal etish belgilab qo‘yilgan. Masalan, sud mehnatga oid nizoli ishlarni, xususan yetkazilgan zararni undirish haqidagi ishlarni suda ko‘rishga tayyorlashda jamoaning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha jamoaning barcha a’zolarini sherik javobgar sifatida protsessga jalb qilish choralarini ko‘rishi lozim. Shuningdek, ayrim hollarda xodimga yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan mansabdor shaxsning g‘ayriqonuniy xatti-harakat (harakatsizlik)lar sodir etganligi aniq bo‘lib qoladi. Bunday hollarda sudya mazkur shaxsni albatta sherik javobgar sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb etishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, bu sherik javobgar sifatida tegishli javobgarning protsessual holatini aniqlab olishga ham imkon yaratadi.
Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida sudya taraflarni yarashtirish choralarini ko‘rishi muhim hisoblanadi. Yuridik adabiyotlarda ham da’vo tartibida ish yuritishda taraflarni kelishtirish va kelishuv bitimiga erishish muayyan bir fuqarolik ishlari bo‘yicha ish yuritish tugatilishining a’lo darajadagi natijasi hisoblanishi qayd etiladi.
Taraflar o‘rtasida kelishuv bitimini tuzish ehtimolining mavjudligini aniqlash va uning huquqiy oqibatlarini tushuntirish ishlarini amalga oshirishda sudya tomonidan ishni tayyorlash tartibida taraflarni so‘roqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim sudyalar ishni sudda ko‘rish uchun tayyorlash tartibida taraflarni so‘roqlash masalasiga yetarlicha e’tibor bermaydilar. Vaholanki, zarur bo‘lgan hollarda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sudya taraflarni so‘roq qilishi mumkin. Bunda sudya:

  1. da’vogarni o‘zi arz qilingan talablarning mohiyati bo‘yicha so‘roq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin bo‘lgan e’tiroz-larni aniqlaydi va, agar bu zarur bo‘lsa, da’vogarga qo‘shimcha dalillar takdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechipshing huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;

  2. ishning holatlari bo‘yicha javobgarni so‘roq qiladi, da’vogarning talabiga qarshi uning qanday e’tirozlari borligini va bu e’tirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin-ligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga da’vogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qo‘zg‘atish huquqini tushuntiradi, alohida murakkab ishlar bo‘yicha esa, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda uning tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar bo‘yicha ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi;

  3. taraflardan kelishuv bitimi tuzish ehtimolini aniqlaydi va kelishuv bitimning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi (FPKning 203-moddasi).

Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida sudya FPKning 106-moddasida ko‘rsatilgan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish huquqiga ega. Da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik ish yuzasidan chiqarilgan sud hal qiluv qarorlarining ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkin.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish