Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar ro‘yxati tugal hisoblanadi va uni kengaytirib sharhlash, qonunda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8.4. Arizani qabul qilish, uni rad qilish asoslari va rasmiylashtirish tartibi
Arizalar sudlarda sudning raisi, uning o‘rinbosari yoki sudya tomonidan qabul qilinadi. Fuqarolik ishi qo‘zg‘atish masalasini sudya hal qiladi va bu haqda sud ajrim chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |