Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


FPKning 189-moddasida arizaning mazmuni o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unga ko‘ra



Download 1,29 Mb.
bet92/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

FPKning 189-moddasida arizaning mazmuni o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unga ko‘ra:

  1. ariza berilayotgan sudning nomi;

  2. da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomoni-dan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;

  3. javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;

  4. da’vogarning talabi;

  5. agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;

  6. da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va
    da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;

  7. javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya
    etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki
    shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;

  8. arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati bayon etilishi lozim.

Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili ko‘rsatilishi kerak. Arizada da’vogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Arizada elektron manzili ko‘rsatilganligi arizachining sud
chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv
qarorlarining hamda ajrimlarining ko‘chirma nusxalarini elektron
hujjat tarzida olishga bo‘lgan roziligidir.
Da’voning bahosi FPKning 129-moddasiga binoan aniqlanadi. Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatiladi. Da’vogar ko‘rsatgan baho da’vo qilinayotgan mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol bo‘lsa, da’voning bahosini sudya belgilaydi. Agarda da’vo aynan pul bilan bog‘liq bo‘lsa, undirilishi kerak bo‘lgan pul aniq qilib ko‘rsatiladi. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizalar FPKning 189-moddasi talablariga javob berishi lozim.
Agar qonunda yoki shartnomada taraflarning nizolarni sudgacha hal qilish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lsa, da’vogarning arizasida bu haqida ma’lumot berilishi kerak. Da’vo arizasida arizaga ilova qilingan hujjatlar haqida ham aytib o‘tilishi kerak. Da’vogar o‘zining va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, javobgarning telefon raqamini, faksini, elektron pochtasini va ishni ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Da’vo arizasi da’vogar tomonidan imzolanadi. Lekin, da’vogar nomidan boshqa shaxs ish olib borish huquqiga ega bo‘lsa, o‘sha shaxs imzolashi mumkin.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish