Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Savol: Sudning ajrimi to‘g‘rimi?



Download 1,29 Mb.
bet90/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Savol: Sudning ajrimi to‘g‘rimi?
8-BOB. FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH VA SUD MUHOKAMASIGA TAYYORLASH


8.1. Sudga murojaat qilishning asosiy talablari va
unga rioya qilmaslik oqibatlari

FPKning 4-moddasida sudga murojaat qilish shakllari sifatida quyidagilar keltirilgan:


1) fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha – da’vo arizasi shaklida;
2) buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda
yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda – ariza shaklida;
3) apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlariga murojaat etilganda – shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Sudga murojaat qilayotgan shaxslar fuqarolik protsessual qonunchilikda belgilangan shartlar va tartibga rioya qilishlari talab etiladi.

Fuqarolik ishlarini sudda qo‘zg‘atish quyidagi protsessual harakatlarni amalga oshirish oqibatida ro‘y beradi:

  • manfaatdor shaxslarning sudga murojaat qilishi;

  • berilgan arizaning sud tomonidan qabul qilinishi.

Sudya shaxsning sudga murojaat etish huquqi borligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, sudga murojaat etish qoidalari buzilma-ganligini tekshirishi lozim. Bunday qoidalar quyidagilardan iboratdir:

  • mazkur nizoni sudgacha bo‘lgan tartibda hal qilish qoidalariga rioya qilganligini aniqlash;

  • sudga bu ishning tegishliligini aniqlash;

  • vakilning mazkur ishda qatnashishga vakolatli ekanligi aniqlash;

  • arizaning shakli va mazmuniga oid protsessual qonun talablariga rioya qilinganligini tekshirish;

  • davlat bojining to‘langanligi aniqlash.

Sudya faqat qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etishga haqli bo‘ladi. Keltirilgan talablarning isbotlanmaganligi, da’vo muddatini o‘tkazib yuborilganligi va boshqa, qonunda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha arizani qabul qilish va fuqarolik ishini qo‘zg‘atish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Da’vo arizasi FPKning 189 va 190-moddalari talablariga rioya qilinmay berilgan hollarda sud tomonidan qaytariladi va kamchiliklarni bartaraf etish muddati ko‘rsatiladi (FPKning 195-moddasi). Ko‘rsatilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
Sudya tomonidan arizani ko‘rib chiqish va qabul qilish to‘g‘risida qoniqarli xulosalar qabul qilinganidan so‘ng, fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan hisoblanadi. Fuqarolik ishining qo‘zg‘atilishi oqibatida fuqarolik ishining harakati boshlanadi. Sudning taraflar o‘rtasidagi nizoni ko‘rish va bu to‘g‘rida qaror chiqarish burchi vujudga keladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish