2-kazus
A. sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, “Mumtoz” korxonasiga nisbatan ishga tiklash va majburiy bekor yurgan vaqti uchun ish haqi undirishni so‘ragan.
Da’vogar sudda da’vo talablarini qisman o‘zgartirib, korxonaga ishga tiklash o‘rniga majburiy bekor yurgan vaqt uchun ish haqi va ma’naviy zararni undirishni hamda korxonaning mulkidan o‘ziga tegishli bo‘lgan xissani ajratib berishni so‘ragan.
Sud da’vogarning talablarini to‘liq qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Savol: Sud qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan?
Do'stlaringiz bilan baham: |