6.1. Fuqarolik protsessida sud xarajatlari tushunchasi va turlari
Sud xarajatlari deganda, fuqarolik ishini ko‘rish va hal qilish bilan bog‘liq ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan qonunda nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi.
Sud xarajatlari ikki turga bo‘linadi:
6.2. Davlat boji va uning turlari Fuqarolik ishlari bo‘yicha undiriladigan davlat boji fuqarolik ishini ko‘rib hal qilganlik uchun davlat daromadiga undiriladigan pul summasi hisoblanadi.
Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to‘lov (Soliq kodeksining 326-moddasi).
Soliq kodeksining 328-moddasiga ko‘ra, umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat boji quyidagilardan undiriladi:
sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan;
organlarning va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlardan;
alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan;
sudlarning qarorlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi shikoyatlar va arizalardan;
hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan;
sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun.
Davlat bojlari da’vogar tomonidan taqdim etilgan da’vo arizalaridan tashqari, javobgar taqdim etgan qarshi da’vo arizalaridan, shuningdek uchinchi shaxslarning ishga mustaqil da’vo talablari bilan kirishganligi to‘g‘risidagi arizalardan ham umumiy asoslarda undiriladi. Shuningdek, sud dastlabki da’vogarni uning roziligi bilan boshqa shaxs bilan almashtirganda, bu shaxs davlat bojini umumiy asoslarda to‘lashi kerak bo‘ladi.
Davlat boji, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat boji undiriladigan harakatlar amalga oshirilguniga qadar naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanadi. To‘lovchining davlat bojini naqd pulsiz shaklda to‘laganligi fakti bankning to‘lov ijro etilganligi to‘g‘risidagi belgisi bo‘lgan to‘lov topshiriqnomasi bilan tasdiqlanadi.
To‘lovchining davlat bojini naqd pul shaklida to‘laganligi fakti bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan shaklda to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan to‘lovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanadi.
Davlat bojini to‘lovni amalga oshirish tartibiga qarab turlarga ajratish mumkin: