Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Ish yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar



Download 1,29 Mb.
bet78/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

6.4. Ish yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar
Sud xarajatlari davlat bojidan tashqari ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlarga bo‘linadi.





Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni undirish miqdori va tartibi Fuqarolik protsessual kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi 1992 yil 3 iyuldagi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga tegishli bo‘lgan summalar ular o‘z vazifalarini bajarib bo‘lganlaridan so‘ng, xarajat taraflardan undirib olinganolinmaganidan qat’i nazar, sud tomonidan to‘lanadi. Ekspertlar va mutaxassislar sudning topshirig‘iga muvofiq bajargan ishlari uchun haqni bu ish ularning xizmat burchlari doirasiga kirmagan taqdirda oladilar.
Mehnat munosabatlariga kirishmagan guvohlarga odatdagi mashg‘ulotlaridan qoldirilganligi uchun amalda sarflagan vaqt va belgilangan eng kam ish haqidan kelib chiqilgan holda haq oladi. (FPKning 134-moddasi).
Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlarning yana bir turini joyga borib ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tashkil qiladi. Fuqarolik protsessual qonunchilik joyga borib ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator holatlarni nazarda tutadi. Xususan, FPKning 239-moddasiga ko‘ra, sudga olib kelish imkoni bo‘lmagan yozma va ashyoviy dalillar ular turgan joyda ko‘zdan kechiriladi va tekshiriladi. Joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi. Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilgan, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarni chaqirgan holda amalga oshiriladi. Ko‘zdan kechirish joyiga borganda, raislik qiluvchi sud muhokamasini FPKda belgilangan qoidalar bo‘yicha olib boriladi. Ko‘zdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga ko‘zdan kechirish paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, hujjatlarni ko‘zdan kechirish vaqtida olingan ko‘chirma nusxalar, yozma va ashyoviy dalillarning videoyozuvlari, fotosuratlari, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinishi mumkin. Shuningdek, FPKning 93-moddasiga ko‘ra, oziq-ovqatlar va tez buziladigan boshqa ashyolar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud tomonidan darhol ko‘zdan kechiriladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish