Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


) Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlanishi haqida nimalar bilasiz?



Download 1,29 Mb.
bet84/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

2) Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlanishi haqida nimalar bilasiz?
7-BOB. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI VA PROTSESSUAL MUDDATLAR


7.1. Protsessual majburlov choralari

Protsessual majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:



Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qo‘llanilishi uni FPKda yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.


Majburiy keltirish. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 144-moddasida ko‘rsatilishicha, agar FPKning 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart bo‘lgan yoki sudga kelishi FPKda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini ma’lum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi mumkin. Mazkur ajrimning ijrosi hududiy ichki ishlar organining zimmasiga yuklatiladi. Masalan, agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv bo‘yicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin (FPKning 222-moddasi).
Majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimida FPKning 272-moddasida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari shaxs majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi hududiy ichki ishlar organiga topshirilganligi ko‘rsatiladi. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ish yuritiladigan joydagi yoki majburiy keltirilishi kerak bo‘lgan shaxsning yashash joyi, turgan joyi (joylashgan yeri), ish, xizmat yoxud o‘qish joyidagi hududiy ichki ishlar organiga ijro uchun yuboriladi. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatmaydi.
Ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish. Sudda tartib qoidani buzgan yoki ichki tartib qoidalariga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan sud tomonidan ogohlantirish yoki sud majlisi zalidan chiqarib yuborish chorasini qo‘llashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 145-moddasiga ko‘ra, sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni ko‘rishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qo‘yilganda raislik qiluvchi uni zalda yo‘q bo‘lganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda sudning ajrimiga binoan, ishni ko‘rishda hozir bo‘lgan fuqarolar esa raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ish muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.
Prokuror yoki advokat raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan taqdirda, ular ogohlantiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana bo‘ysunmasa, agar ularni ishga zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni bo‘lmasa, ishni ko‘rish sudning ajrimiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin. Sud bir vaqtning o‘zida xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish