Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги



Download 1,29 Mb.
bet85/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Sud jarimalari. Fuqarolik protsessi ishtirokchilari va sudda ko‘rilayotgan fuqarolik ishlariga aloqasi bo‘lgan boshqa shaxslar ham sud tomonidan jarimaga tortilishlari mumkin. Sud jarimalarini solishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sudda fuqarolik ishlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rilishini ta’minlash, sud protsessida belgilangan tartibni saqlash hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning o‘z zimmalaridagi protsessual burchlarni bajarilishini ta’minlashdan iboratdir. Sud jarimalari davlat hisobiga undiriladi va protsess ishtirokchilari hamda protsessga jalb etilgan boshqa shaxslar tomonidan tartib-intizomga rioya qilinishini ta’minlash va shu orqali fuqaro va tashkilotlarning buzilgan huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni nazarda tutadi.
Sud jarimalari faqat FPKda nazarda tutilgan hollardagina undiriladi. Masalan, sud FPKning 60, 62, 86, 92, 110-moddalarida ko‘rsatilgan hollarda jarimalarini solish asoslari va uning miqdori ko‘rsatilgan. Xususan, ishda ishtirok etmayotgan tashkilotlar va fuqarolar sud talab qilgan yozma yoki ashyoviy dalillarni taqdim etish imkoniga ega emasliklarini sudga ma’lum qilmagan taqdirda, shuningdek yozma yoki ashyoviy dalil taqdim etish uzrli sababsiz rad qilingan taqdirda, sud bunda aybdor bo‘lgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga FPKning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Jarima solish tegishli mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi. Sud jarimalari ekspert yoki mutaxassislarga nisbatan ham solinishi mumkin. Masalan, agar ekspert sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sudning chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqiruvi bo‘yicha kelmasa sud jarima soladi.
Tashkilotlarning mansabdor shaxslariga sud tomonidan solingan jarimalar ularning shaxsiy mablag‘laridan undiriladi. Jarima solish to‘g‘risida ajrim chiqariladi va uning nusxasi darhol jarima solingan shaxsga jo‘natiladi. Sudning jarima solish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan o‘n kunlik muddat ichida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Suddan jarimadan ozod qilishni yoki uning miqdorini kamaytirishni sud ajrimining ko‘chirma nusxasini olganidan keyin besh kun ichida iltimos qilishi mumkin. Bu ariza jarima solingan shaxsni xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq uning sudga kelmasligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi (FPKning 148-moddasi).



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish