Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Da’voni ta’minlash tushunchasi, da’voni



Download 1,29 Mb.
bet72/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

5.6. Da’voni ta’minlash tushunchasi, da’voni
ta’minlash choralari

Da’voni ta’minlash uchun bo‘lgan asoslar FPKning


105-moddasida belgilangan. Unda ko‘rsatilishicha, sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin. Agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi. Da’voni ta’minlashga sud protsessining har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi. Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqayotganda sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish asoslari va zaruriyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga ko‘ra, hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgar-ning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha
sud tomonidan ko‘rilishi mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi
arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.

Umumiy qoida bo‘yicha da’voni ta’minlash chorasi da’vo qo‘zg‘atilganidan so‘nggina ko‘riladi. Bu qoidadan ayrim istisnolar Jinoyat protsessual kodeksi qoidalari bilan belgilangan bo‘lib, ba’zi sharoitlarda hali qo‘zg‘atilmagan da’volarni ham ta’minlash choralari ko‘rilishi nazarda tutiladi. Xususan, JPKning 57-mod-dasi birinchi qismiga ko‘ra, fuqaroviy da’vogar surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish haqida iltimos qilish huquqiga egadir.

Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin:
1) javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablag‘larini xatlash;
2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash;
3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash;
4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish to‘g‘risida da’vo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya qilishni to‘xtatish;
5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan bo‘lsa va agar bunday nizolashishga qonun hujjatlarida yo‘l qo‘yilsa, bu hujjat bo‘yicha undiruvni to‘xtatish;
6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish;
7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish.
Zarur hollarda, sud (sudya) da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralar ham ko‘rishi mumkin.

Odatda, da’volarning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yo‘li bilan ta’minlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq ayrim toifadagi ishlar, xususan aliment undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchining o‘limi oqibatida ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi, o‘zgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha qonun da’voni ta’minlash choralari sifatida ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlashga yo‘l qo‘yadi. Javobgarning moddiy ahvolidan kelib chiqqan holda, da’voning bajarilishini ta’minlashda, bir vaqtning o‘zida bir nechta chora qo‘llanishi mumkin. Biroq ularning umumiy summasi da’voning bahosidan oshib ketmasligi kerak.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza dalillarni ta’minlash haqidagi masalani hal qilishdan farqli ravishda ishni ko‘rayotgan sud (sudya) tomonidan ariza tushgan kuniyoq javobgarni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni xabardor qilmagan holda hal qilinadi. Ish davomida da’voni ta’minlash choralarining qo‘llanishi haqida sudya ajrim chiqaradi va shu ajrimning ijro varaqasini da’vogarga topshiradi va nusxasini javobgarga yuboradi.
Da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishda qonun javobgarning ham manfaatlarini ko‘zlab sud ishida ishtirok etuvchi shaxslarning bayonotlarini eshitib, da’voni ta’min qilishning bir turini boshqa turi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yish mumkinligini belgilaydi. Da’voni ta’minlashning bir turini boshqa turi bilan almashtirish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinib, sud majlisida hal etiladi. Lekin bu shaxslarning kelmasligi da’voni ta’minlashning bir turini boshqa turi bilan almashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Da’vo rad etilgan taqdirda yo‘l qo‘yilgan ta’minlash choralari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar saqlanadi. Lekin sud hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki shunday qaror chiqargandan so‘ng da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqara oladi.
Qonun da’voning ta’minlanishi natijasida javobgarning ma’lum huquqlari cheklanishini hisobga oladi. Shuning uchun taraflarning teng huquqligi asosida javobgarning manfaatlarini ham kafolatlaydi. Da’vo arizasining ta’minlanishi borasidagi har qanday ajrimga xususiy shikoyat bilan murojaat qilish mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi iltimosni qanoatlantirish yoki uni rad etish haqidagi ajrim, shuningdek da’voni ta’minlash chorasini bekor qilish yoki ta’minlash chorasining bir turini boshqasi bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat qilinishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish