Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Fuqaroni muomala layoqatini cheklash va muomalaga



Download 1,29 Mb.
bet176/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

16.5. Fuqaroni muomala layoqatini cheklash va muomalaga
layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydi­gan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiy­lik belgilanadi. Agar spirtli ichimliklarni yoki giyovandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi (FKning 31-moddasi).


Spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop
moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila a’zolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar bo‘yicha qo‘zg‘atilishi mumkin (FPKning 310-moddasi).
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi ariza alternativ sudlovlikka asosan mazkur fuqaroning yashab turgan joydagi sudga beriladi, agar bu shaxs shifoxonada bo‘lsa, shifoxona joylashgan joydagi sudga beriladi. Ushbu ariza mazmuni FPKning 189-moddasi talablariga binoan yozilishi kerak. Arizada fuqaroni muomalaga layoqati cheklangan deb topish haqidagi arizada spirtli ichimliklarni yoki giyoxvandlik moddaoari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qiluvchi shaxs o‘z oilasini moddiy jihatdan og‘ir ahvolga solib qo‘yayotganligidan dalolat beruvchi holatlar ko‘rsatilishi kerak. Ariza sud tomonidan qabul qilinganidan so‘ng ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda sudya fuqaroning spirtli ichimliklar, giyohvand moddalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishini tasdiqlovchi dalillar (ichki ishlar tomonidan tuzilgan dalolatnomalar, mayda bezorilik uchun javobgarlikka tortilganligi haqida sudning qarori, tibbiy ma’lumotnoma, spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda ishga kelganligini sababli ishdan chetlash-tirilganligi yoki ishdan bo‘shatganligi haqida buyruq va boshqalar), o‘z oilasini moddiy jihatdan qiyin ahvolga solib qo‘yganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, muomala layoqati cheklanganligi haqida ish qo‘zg‘atilgan shaxsning mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnoma (xususan ish haqi, nafaqa, mavjud mulklar, oila a’zolarining soni va qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma)larni talab qilib oladi.
Sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlab bo‘lganidan keyin ishni sudda ko‘rishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ishni sudda ko‘rishga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan albatta shu shaxsning o‘zi, vasiylik va homiylik organlari vakili va prokuror ishtirok etishi shart. Agap fuqapo (javobgap) sud majlisiga kelmasa, FPKning 143-moddasiga ko‘ra sud majlisiga majburiy keltiriladi.
Ushbu ishlar umumiy asoslaridan kelib chiqib, umumiy muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Sudning fuqaponi muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘pisidagi hal qiluv qapopi chiqarilishi muomala layoqati cheklangan shaxsga homiy tayinlashi uchun asos bo‘ladi.
Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasiga joylashtirilgan bo‘lsa, mazkur muassasa joylashgan xududdagi sudga beriladi.
Sudya arizani olgach, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash tartibida, fuqarolarning ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi to‘g‘risidagi manfaatdor shaxslar tomonidan to‘plangan va sudga taqdim etilgan hujjatlarni yetarli bo‘lganida, uning ruhiy ahvolini aniqlash uchun sud-ruhiy ekspertizasini tayinlaydi.
Fuqarolarni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishni sud prokurorning vasiylik va homiylik organlari vakilining ishtiroki bilan ko‘radi. Ishi ko‘rilayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i imkon bersa, u sudga chaqiriladi.
Sudning fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori muomalaga layoqatsiz shaxsga vasiy tayinlash uchun asos bo‘ladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning o‘zi, uning homiysi, shuningdek FPKning 310-moddasida sanab o‘tilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan fuqaroning muomala layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekor qilish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqaradi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sud vasiy, shuningdek FPKning 310-moddasida sanab o‘tilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga asoslanib, sog‘aygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi (FPKning 315-moddasi).
Ruhiy kasalligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar tuzalgani holda sud FPKning 310-moddasida ko‘rsatilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan sud-ruhiy ekspertizaning xulosasiga asoslanib, muomalaga layoqatli deb topilishi hamda uning ustidan belgilangan vasiylikni bekor qilish haqida hal qiluv qarorini chiqarilishi lozim. Bu turkumdagi ishlar ishni alohida tartibda yuritish talablariga asosan ko‘riladi. Sudga fuqaroning o‘zini, uning homiysini, shuningdek FPKning 310-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari, tashkilotlar jalb qilinadi.
FKning 30-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish uchun sud vasiyning, shuningdek FPKning 310-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari, tashkilotlar va shaxslarning, sud-psixiatriya ekspertizasining ekspertini ishtirokida ishni mazmunan ko‘radi.
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish bilan bog‘liq sud xarajat-lari arizachidan undirilmaydi. Agar sud ariza fuqaroning oila a’zolari tomonidan insofsizlik qilib, asossiz ravishda fuqaro-ning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomala layoqatidan mahrum etish maqsadida ataylab berilgan deb topsa, sud xarajatlarini oila a’zolaridan undiradi (FPKning 316-moddasi).




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish