Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb



Download 1,29 Mb.
bet174/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

16.4. Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb
e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rish tartibi

Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish instituti alohida tartibda ko‘ri­ladigan ishlarning bir turi sifatida ham fuqarolik huquqi ham fuqarolik protsessual huquqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb e’lon qilish shartlari va asoslari fuqarolik qonunchiligida ko‘rsatilgan bo‘lsa, fuqarolik protsessual qonunchilikda esa ushbu turkumdagi ishlar bo‘yicha sudga murojaat qilish tartibi, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va ko‘rish hamda ushbu ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarish va uning huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi qoidalar mustahkam­langan.


O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33-moddasiga ko‘ra, agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin.
Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan kunni aniqlash mumkin bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan deb hisoblash muddati yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin bo‘lmagan taqdirda esa – keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish uchun asoslar FKning 36-moddasida berilgan. Bu qoidaga ko‘ra, agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida ma’lumot bo‘lmasa, basharti u o‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan bo‘lib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb e’lon qilishi mumkin.
Harbiy harakatlar munosabati bilan bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqaro harbiy harakatlar tamom bo‘lgan kundan e’tiboran kamida ikki yil o‘tgandan keyin sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi mumkin.
Sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kun vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning o‘lgan kuni deb hisoblanadi. O‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan fuqaro vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda, sud uning taxmin qilingan halokat kunini ushbu fuqaroning o‘lgan kuni deb topishi mumkin.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish bunday fuqaroning huquq va burchlari borasida uning o‘limi olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni vujudga keltiradi.21
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb e’lon qilish uchun fuqarolik qonunchilikda belgilangan muddatlar o‘tganidan keyingina sudga manfaatdor shaxslar tomonidan ariza berilishi mumkin. Mazkur turkumdagi ishlar faqat fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lib, ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi. Ushbu arizalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi.
Ariza fuqarolik protsessual qonunchiligining 189-moddasida ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan bo‘lishi talab etiladi. Mazkur tur­dagi ishlar bo‘yicha ariza sud tomonidan qabul qilingandan keyin, sudya umumiy asoslarga ko‘ra fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyor­lash bosqichini amalga oshiradi. Mazkur bosqich sud muhokamasining keyingi faoliyatida sudning samarali faoliyat yuritishi hamda qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorlari chiqarishi uchun tamal toshi vazifasini bajaradi. Shuning uchun, ushbu turdagi ishlar bo‘yicha, sudya ishni sudda ko‘rishga tayyoplashda bedapak yo‘qol­gan odam to‘g‘pisida kimlap (qapindosh-upug‘lapi, bipga ishlovchilap va shu kabilap) ma’lumot bepa olishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek, bedapak yo‘qolganning ma’lum bo‘lgan so‘nggi yashash joyi va ish joyidagi tegishli tashkilotlapdan (ichki ishlap organlapidan, fuqapolapning o‘zini o‘zi boshqapish organlapidan) bedapak yo‘qolgan odam to‘g‘pisida bor ma’lumotlapni so‘pab oladi.
Sudya arizani qabul qilib olgach, ayni vaqtda vasiylik va homiylik organiga bedarak yo‘qolganning mol-mulkini saqlash, shuningdek, boshqapish uchun shaxs tayinlashni taklif qilishi mumkin (FPKning 306-moddasi). Shuningdek, fuqaroni doimiy yashash joyi­da yashamayotganligini tasdiqlovchi dalillar (fuqaroning doimiy yashayotgan joyida yashamayotganligi haqida mahalla qo‘mitasidan ma’­lumotnoma, adres byurosidan ma’lumotnoma, qidiruv e’lon qilingan bo‘lsa, qidiruv ishlar tugallanganligi haqida hujjat va b.). Uning mol-mulki qarovsiz va qaramog‘idagi shaxslar ta’minotsiz qolganligi haqidagi ma’lumotlar talab qilib olinadi.22
Mazkur turkumdagi ishlar bo‘yicha sud albatta prokurorni xabardor qilishi shart. Chunki, fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlar albatta prokurorning ishtirokida ko‘pilishi shartligi to‘g‘risidagi qoida fuqarolik protsessual qonunchilikda hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sohaviy buyruqlarida mustahkamlangan.
Sudya ishni yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida ko‘rishga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, arizachi va protsessning boshqa ishtirokchilariga ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida ma’lum qiladi. Mazkur turkumdagi ishlarni fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida fuqarolik protsessual qonunchilikda belgilangan.
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan umumiy qoidalarga asosan ko‘rib chiqiladi va hal qiluv qarori chiqariladi. Sudning fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi hal qiluv qapopi bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulki tupgan joydagi vasiylik va homiylik organining bu mulkka nisbatan boshqaruvchi tayinlashi uchun asos bo‘ladi. Sudning fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish haqidagi hal qiluv qarori fuqapolik holati aktlarini qayd etish organining fuqarolik holati aktlarini qayd etish daftariga mazkur fuqaroni o‘lgan deb yozib qo‘yishi uchun asos bo‘ladi.
Agar bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda sudga chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Ushbu ariza sud tomonidan ko‘rib chiqiladi va yangi hal qiluv qarori bilan o‘zining ilgapigi hal qiluv qarorini bekop qiladi.
Shuningdek, vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelganida FKning 37-moddasida nazarda tuilgan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi. Ya’ni, vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning qayerda turganligi ma’lum bo‘lgan taqdirda, uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin u har qanday shaxsdan bu shaxsga bepul o‘tib qolgan mavjud mol-mulkini o‘ziga qaytarib berishni uch yil mobaynida sud orqali talab qilishga haqli, Fuqarolik kodeksning 229-moddasi ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning mol-mulki uning vorislari tomonidan uchinchi shaxslarga sotilgan bo‘lib, bu shaxslar xarid narxini fuqaro qaytib kelgan paytgacha batamom to‘lamagan bo‘lsalar, bu holda to‘lanmagan summani talab qilish huquqi qaytib kelgan fuqaroga o‘tadi.
Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning mol-mulkini haq to‘lashni nazarda tutadigan bitimlar asosida olgan shaxslar mol-mulkni vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning tirikligini bila turib sotib olganliklari isbotlansa, ular fuqaroga bu mol-mulkni qaytarib berishlari shart. Bunday mol-mulkni asli holida qaytarib berishning imkoni bo‘lmasa, uning qiymati to‘lanadi.
Agar vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning mol-mulki meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan va sotib yuborilgan bo‘lsa, fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin unga mol-mulkni sotishdan tushgan pul qaytarib beriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu ishlarni quyidagi jadval asosida qiyosiy tahlil etish mumkin.




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish