Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni



Download 1,29 Mb.
bet172/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

16.2. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni
sud tartibida belgilash

Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorlarini chiqarish fuqarolar hamda tashkilotlarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi.


Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni sud tartibida belgilashning o‘zi bir necha turlarga bo‘linadi. Fuqarolik protsessual qonunchiligida fuqapolap yoki tashkilotlapning shaxsiy, mulkiy huquqlapi vujudga kelishi, o‘zgapishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan quyidagi faktlapni sud tartibida belgilash ko‘rsatilgan:
1) shaxslarning qarindoshlik aloqalari;
2) shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi;
3) otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti;
4) farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va o‘limni qayd etilganligi;
5) er-xotindan biri vafot etganligi oqibatida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda nikoh munosabatlarida bo‘lganligi;
6) shaxsning huquqini belgilovchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga a’zolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalar bundan mustasno) ko‘rsatilgan familiyasi, ismi yoki otasining ismi uning pasportidagi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasidagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi;
7) baxtsiz hodisa;
8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish;
9) merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi (FPKning 462-moddasi).
Yuqorida ko‘rsatilgan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar ro‘yxati qat’iy emasligiga sudlar alohida e’tibor berishi lozim. Chunki, boshqa yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar ham sudga taalluqli ekanligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida tushuntirishlar berib o‘tilgan. Unga ko‘ra, quyidagi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar ham sud tartibida belgilanadi:
- otalik faktlarini, otalikni qayd qilish faktlarini, 1968-yil
1-oktabrgacha tug‘ilgan bolalarga nisbatan otalikni tan olganlik (belgilaganlik) faktlarini;
- ixtironi joriy etish faktlarini, taklifni ratsionalizator­lik sifatida tavsiflanganlik faktlarini;
- binoga, payga, avtomobilga va boshqa maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mulkka egalik qilish faktlarini;
- nikohdan ajralishmasdan, lekin oilaviy munosabatlar tugatilganidan so‘ng imoratni er-xotindan birining mablag‘lariga qu­rilganlik faktlarini, sug‘urta guvohnomasining qarashliligi fakt­larini;
- fuqaroni yoki uning ota-onasini Ikkinchi Jahon urushi davrida evakuatsiya qilinganlik faktlarini ham belgilashga haqlidirlar.
Shu o‘rinda aytish joizki, amaldagi qonunlarda belgilashning boshqacha (sudsiz) tartibi nazarda tutilgan faktlarni belgilash to‘g‘risidagi arizalar sud tartibida ko‘rilishi mumkin emas. Jumla­dan, mehnat stajini (pensiya tayinlash uchun, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va bola tug‘ilishi munosabati bilan nafaqa tayinlash uchun, ish haqiga foiz qo‘shimchalarni qo‘shib hisoblash uchun, uzoq yillar qilgan xizmati uchun bir yo‘la mukofot puli to‘lash uchun va h.k.), fuqarolarning yoshini belgilash to‘g‘risi­dagi, haqiqiy harbiy xizmatni o‘taganlik, partizan otryadida bo‘lganlik, janglarda yaralanganlik, oliy o‘quv yurtini, kollej, o‘rta maktabni va boshqa o‘quv yurtlarini bitirganlik faktlarini belgilash to‘g‘risidagi, partiya, kasaba uyushmalari hujjatlarini, pasport va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan beriladigan guvohnomalarni tegishliligi faktlarini belgilash to‘g‘risidagi arizalar sudda ko‘rilmaydi.
Darhaqiqat, mazkur turkumdagi ishlar bo‘yicha arizalar arizachi yashab turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi. Arizaning mazmuni va protsessual rasmiylashtirilish tartibi FPKning 189-moddasiga rioya qilingan holda tuziladi. Arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi ko‘rsatilishi, shuningdek arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yo‘qolgan hujjatlarni tiklab bo‘lmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kerak (FPKning 296-moddasi). Ushbu turkumdagi arizalar uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorda davlat boji to‘lanadi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish