Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Savol: 1) Birinchi instantsiya sud va apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar nimada?



Download 1,29 Mb.
bet155/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Savol: 1) Birinchi instantsiya sud va apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar nimada?
14-BOB. MEHNATGA OID NIZOLI ISHLARNI SUDDA KO‘RISHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI


14.1 Mehnat nizolarining taalluqligi va sudlovliligi

Mehnat nizolarining taalluqliligi deganda mehnat nizolari mazmuni bo‘yicha qaysi organ tomonidan ko‘rib hal qilinishi anglashiladi. Mehnat nizolarining taalluqliligi, ya’ni ularning qayerda ko‘rib chiqilishi lozimligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 269 va 276-moddalari hamda FPKning 26-moddasi bilan tartibga solinadi. Yakka tartibdagi mehnat nizolarida nizoning xususiyati va uni keltirib chiqaruvchi huquqiy munosabat hamda nizolashuvchi shaxslarning tarkibi, ayrim hollarda esa nizoning predmeti taalluqlilikni belgilovchi asosiy mezon sifatida e’tirof etiladi. Mehnat nizosining taalluqliligini belgilashda, avvalo, nizoning qaysi turda ekanligini, yakka tartibdagi nizo bo‘lsa, uning xususiyatini; mehnat qonunchiligini qo‘llash yoki yangi mehnat shartlarini belgilash bo‘yicha va yana qaysi huquqiy munosabatlardan kelib chiqqanini ham e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Xususan, mehnatga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan, ammo boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan mehnat ishlarining taalluqligini belgilash shular jumlasidandir. Masalan, ishga joylashtirish, ishga qabul qilishni rad etish bilan bog‘liq mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyasida ko‘rish uchun taalluqli bo‘lmaydi. Shuningdek, mazkur komissiya nafaqa to‘lash bilan bog‘liq mehnat nizolarini ham ko‘rib, hal qilish vakolatiga ega emas. Shuning uchun ham mehnat nizolarining yuqoridagi xususiyatlariga alohida e’tibor berishlik talab etiladi, aks holda mehnat ishlarining taalluqliligi noto‘g‘ri belgilanishi hamda ish ko‘rishga vakolatli bo‘lmagan organ tomonidan chiqarilgan qaror bekor qilinishi mumkin.


Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan mazkur nizoli ishlarni ko‘rib hal qilish vakolatiga ega bo‘lgan organlar sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:

  1. mehnat nizolari komissiyasi;

  2. fuqarolik ishlari bo‘yicha sud;

  3. bo‘ysinuv tartibida yuqori turuvchi organlar.

Yakka tartibdagi mehnat nizolarining yuqoridagi organlarning qaysi biriga taalluqli bo‘lishini belgilash ushbu nizoning mazmuniga, huquqiy munosabatlarning turiga, unda ishtirok etuvchi subyektlar tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 260-moddasida ko‘rsatilganidek, mehnat nizolari bo‘yicha xodim mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita tuman (shahar) sudlariga murojaat etishga haqlidir. Mehnat nizolari komissiyasi o‘n kunlik muddat ichida mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazishga haqlidir (Mehnat kodeksining 267-moddasi).

Bevosita fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman, tumanlararo (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolarining ro‘yxati Mehnat kodeksining
269-moddasida o‘z ifodasini topgan
. Unga ko‘ra mehnat nizolari quyidagi hollarda bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rib chiqiladi:
1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo‘lsa;
2) ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa;
3) ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning to‘lanishi haqida bo‘lsa;
4) ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan ma’naviy zararni) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan to‘lanishi haqida bo‘lsa;
5) ular Mehnat kodeksi 78-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo‘lsa, ya’ni ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik, ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan (belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan nogironlar va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni; homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni tegishincha ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik yuzasidan kelib chiqqan nizolar ham bevosita sudlarda ko‘rib hal qilinadi;
6) ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan mehnat nizolaridan boshqa nizolar ham xodimning xohishiga ko‘ra bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi.
Mansabdor shaxslar tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash to‘g‘risidagi mehnat nizolari, agar mansabdor shaxs yetkazgan zarar iqtisodiy nizoni ko‘rib chiqish paytida aniqlangan bo‘lsa, iqtisodiy sudlar tomonidan ham ko‘rib chiqiladi.
Mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

­
Mehnatga oid nizoli ishlar yuzasidan sudda da’vo qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani to‘g‘ri hal qilish uchun nizoli ish qaysi sudning sudloviga tegishli bo‘lishligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Mehnat nizoli ishlarining sudlovligini aniqlash birinchi instansiya sudining qaysi birida mazkur nizo hal qilinishini aniqlash demakdir. Umumiy qoida bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha arizalar javobgarning doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi.
Tashkilotlarga nisbatan ariza ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga beriladi (FPKning 33-moddasi).
Mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarning aksariyati (masalan, ishga tiklash, avvalgi ish joyiga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish ta’rifini o‘zgartirish, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizoli ishlar) javobgar ish beruvchi joylashgan joydagi sudlarda qo‘zg‘atiladi. Lekin xodimlar tomonidan yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi da’volar bilan korxona joylashgan sudga murojaat qilish mumkinligini qonun istisno qilmaydi. Darhaqiqat, FPKning 34-moddasiga muvofiq, fuqaroning yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar zarar yetkazilgan joyda ham taqdim qilinishi mumkinligi mazkur nizoli ishlar uchun da’vogarning tanlashi bo‘yicha (muqobil) sudlovlik joriy qilinganligidan dalolat beradi. Shuningdek, FPKning 34-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, o‘z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganlik yoxud boquvchisi ish bilan bog‘liq holda vafot etganligi natijasida ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volarni da’vogar o‘zi yashab turgan joyda ham taqdim etishi mumkin.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish