Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Mehnatga oid nizolar bo‘yicha sudning hal qiluv qarori va ijrosi



Download 1,29 Mb.
bet158/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

14.5. Mehnatga oid nizolar bo‘yicha sudning hal qiluv qarori va ijrosi

Mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan qabul qilinadigan hal qiluv qarorlari to‘liq ravishda FPKning 249–253-moddalari talablariga javob berishi lozim.


Mehnatga oid ishlar bo‘yicha chiqariladigan sud hal qiluv qarorlarining kirish qismida hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt va joy, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi, prokuror, agar ish ochiq yoki yopiq sud majlisida ko‘riladigan bo‘lsa, bu haqdagi ma’lumot, ko‘rilayotgan ishning nomi, qanday korxona, tashkilot va muassasa tomonidan da’vo berilganligi (to‘liq nomi bilan), agar da’vo prokuror yoki bo‘ysunuv tartibidan yuqori turuvchi ish beruvchi tomonidan berilgan bo‘lsa, qaysi yuridik shaxs manfaati ko‘zlanganligi, da’vo arizada ko‘rsatilgan yoki sud tomonidan jalb etilgan barcha javobgarlar (familiya, ismi va sharifi ko‘rsatilgan holda), da’vosining summasi ko‘rsatilishi kerak.
Mehnat ishlari bo‘yicha sud hal qiluv qarorining bayon qilish qismida da’vogarning talabi, javobgarning e’tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak.
Mehnat ishlari bo‘yicha sud hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatilishi kerak. Arz qilingan talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin.
Ushbu turkumdagi ishlar yuzasidan chiqarilgan sud hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablarni qanoatlantirishi yoxud butunlay yoki qisman rad etish to‘g‘risidagi xulosasi, da’vogarning foydasiga javobgardan (yoki har bir javobgar) undiriladigan zararning aniq summasi, sud xarajatlarining miqdori, uning taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko‘rsatilishi lozim.
O‘zbekiston Respulikasi FPKning 266-moddasiga ko‘ra, xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib be­rish to‘g‘risidagi; mayib bo‘lganlik yoki sog`liqqa boshqacha tarzda shi­kast yetishi, shuningdek boquvchisining o`limi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash uchun to‘lovlar undirish to‘g‘risidagi; mehnat shart­nomasi g`ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g‘ayri­qonuniy ravishda boshqa ishga o`tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta`rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarori darhol ijro etiladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish