Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


-§. Uy-joyga oid nizolar bo‘yicha sudda ish qo‘zg‘atish, tayyorlash, sudda ko‘rish va hal qiluv qarorini ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 1,29 Mb.
bet163/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

4-§. Uy-joyga oid nizolar bo‘yicha sudda ish qo‘zg‘atish, tayyorlash, sudda ko‘rish va hal qiluv qarorini ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlari

Uy-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha sudga huquqi buzilgan shaxslar, hokimiyatlar, tash­kilotlar, Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasining turar joy masa­lalari bo‘yicha bo‘limlarining hududiy organlari va prokuror muro­jaat qilishga haqlidirlar.


O‘zbekiston Respublikasi FPKning 189-moddasiga ko‘ra, da’vo arizasida ariza berilayotgan sudning nomi, da’vogar va javobgar­ning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), ularning yashash joyi, agar da’vogar yoki javobgar­ tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, da’vogarning talabi, da’vogar o‘zining talablariga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar, bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar, ari­zaga ilova qilinadigan hujjatlar ko‘rsatiladi. Ushbu ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan, umumiy asoslarga ko‘ra davlat boji to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida ko‘rsatili­shicha, sudlar turar joylarni xususiylashtirish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan berilgan da’vo arizalarni qabul qilishda davlat uy-joy fondi tasarrufida bo‘lgan tuman (shahar) hokimining, korxona, tashkilot, muassasa ma`muriyatining turar joyni xususiylashtirish haqidagi tegishli farmoyishi va egalik huquqini beruvchi davlat orderi borligini tekshirishlari, bunday hujjatlar mavjud bo‘lsa, ularni ish materiallariga qo‘shish uchun talab qilib olishlari kerak. Shuningdek, fuqaro turar joyni xususiylashtirish huquqiga ega ekanligi, unga xususiylashtirishning imtiyozli asoslari qo‘llanishi mumkinligi aniqlanishi lozim.
Uy-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda sudya FPKning
203-204 moddalarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshiradi. Shuningdek, uy-joyga oid munosabatlardan kelib chi­qadigan nizolarni sudda ko‘rishga tayyorlashda ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini belgilab olishi, ishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar doirasi (masalan, mahalliy davlat hokimiyat organ­lari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, uy-joy ija­rasi shartnomasi shartlaridan (masalan, kvartira haqini undirish, zararni undirish va h.k.), uy-joyda ro‘yxatda turuvchi oila a`zolari va voyaga yetmagan oila a`zolari, uchinchi shaxslarni jalb qilishi lozim.




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish