Huquqiy munosabatlar obyektlari – bu huquqiy munosabat subyektlarining qiziqishlari, manfaatlari yoki himoya qilish uchun huquq va majburiyatlari qaratilgan narsa, ashyo yoxud qadriyatlar.
Huquqiy munosabat obyektlari bo‘lishi mumkin:
moddiy qadriyatlar;
nomoddiy qadriyatlar;
ma'naviy ijod mahsullari;
huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining faoliyati natijalari;
qimmatbaho qog‘ozlar, hujjatlar va boshqalar.
Subyektiv huquq – huquq normalarida ko‘zda tutilgan huquqiy munosabat ishtirokchilarining mumkin bo‘ladigan doiradagi xulq-atvori bo‘lib, subyektning o‘z shaxsiy manfaatlarini qondirishiga imkon beradigan yuridik choralardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |