Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 1,34 Mb.
bet195/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

Yuridik faktlar tasnifi. Yuridik faktlar turli-tuman hayotiy hodisalardan iborat bo‘lganligi sababli ularni turli asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin. Yuridik faktlarni ular keltirib chiqaradigan oqibatlar va ularning irodaviy mazmuniga ko‘ra turlarga bo‘lish katta ahamiyatga egadir.
Keltirib chiqaradigan oqibatiga ko‘ra yuridik faktlar huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi turlarga bo‘linadi.
Huquqni yaratuvchi faktlar huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Bularga fuqarolik-huquqiy bitimlar, mehnat shartnomasining tuzilishi, oila huquqi normalariga binoan nikoh qurish, jinoyat-huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradigan jinoiy xatti-harakatlar sodir etilishi va boshqalar.
Huquqni o‘zgartiruvchi faktlar huquqiy munosabatlarni o‘zgartiradi. Masalan, boshqa ishga o‘tish tomonlar o‘rtasidagi mehnat-huquqiy munosabatlari mazmunini o‘zgartiradi, lekin bunda huquqiy munosabatlar saqlanib qoladi.
Huquqni bekor qiluvchi faktlar huquqiy munosabatlar to‘xtatilishini taqozo etadi. Shaxs subyektiv huquqini amalga oshirsa yoki majburiyat bajarilsa, huquqiy munosabatlar barham topadi. Lekin huquqiy munosabatlar nafaqat huquq amalga oshirilganda yoki majburiyat bajarilganda to‘xtashi, balki shaxsning o‘limi yoki ashyoning nobud bo‘lishi natijasida ham to‘xtashi mumkin.
Irodaviy belgisiga ko‘ra yuridik faktlar hodisalarga va qilmishlarga bo‘linadi.
Hodisalarbu shunday yuridik faktlarki, ularning sodir bo‘lishi huquqiy munosabatlar subyektlarining xohish-irodasiga bog‘liq emas. Masalan, zilzila, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlar.
Qilmishlar yoki xatti-harakatlarbu insonlarning yurish-turishi, ular ongi va irodasining ifodasi. Qilmishlar huquqqa mos va huquqqa xilof harakatlarga bo‘linadi. Huquqqa mos hatti-harakatlar amaldagi normalar doirasida sodir etiladi. Ular individual yuridik aktlarga va yuridik qilmishlarga bo‘linadi. Individual yuridik aktlar insonlarning huquqiy oqibatga yo‘naltirilgan qarorlaridir. Ularga huquqni qo‘llash aktlari, tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomalar, fuqarolik-huquqiy bitimlar, fuqarolarning arizalari va boshqa huquqiy oqibatni keltirib chiqaradigan xatti-harakatlar kiradi. Yuridik qilmishlar insonlarning real hayotiy munosabatlari mazmunini tashkil qiladigan yurish-turishidir. Yuridik qilmishlar ko‘rsatilgan oqibatlarga erishish uchun yo‘naltirilgan yoki yo‘naltirilmaganidan qat'i nazar huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Huquqqa xilof xatti-harakatlar – bu jinoyatlar va huquq normalariga qarshi qilingan xatti-harakatlar.
Harakatsizlikbu insonlarning tashqi ifodaga ega bo‘lmagan passiv yurish-turishidir. Harakatsizlik huquqqa mos va huquqqa xilof ko‘rinishida bo‘ladi.
Ko‘pchilik hollarda huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi uchun murakkab yuridik faktlarning tarkibi bo‘lishi talab qilinadi, ya'ni ikki va undan ko‘p yuridik faktlarning yig‘indisi bo‘lishi lozim, chunki ularning yig‘indisi yuridik oqibatlarni keltirib chiqarishiga olib keladi.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish