Huquqni qo‘llash aktlarining xususiyatlari:
vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan chiqarilishi;
aktlar qat'iy individuallashganligi, ularning muayyan shaxs va vaziyatlarga nisbatan qaratilganligi;
davlat tomonidan ta'minlanishi;
huquqni qo‘llash aktlarining bir marotaba qo‘llanilishi va shu bilan o‘z vazifasini tamomlashi (ya'ni uning o‘z kuchini yo‘qotishi).
Huquqni qo‘llash aktlarining turlari:
parlament aktlari;
davlat boshlig‘i aktlari;
ijro hokimiyati organlarining aktlari;
sud hokimiyati organlarining aktlari;
mahalliy vakillik hokimiyat organlarining aktlari;
korxona, tashkilot, muassasa rahbarlarining aktlari.
Huquqni qo‘llash aktlari asoslantirilganlik, qonuniylik va maqsadga muvofiqlik tamoyillari talablariga javob berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |