14.4. HUQUQ NORMALARINI QO‘LLASH JARAYONI BOSQICHLARI
Huquqni qo‘llash jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: huquq normalari bilan tartibga solinishi lozim bo‘lgan yuridik ishning faktik tomonini o‘rganish va o‘rnatish;
ko‘rilayotgan yuridik ishga mos keladigan huquq normasini tanlab olish;
ko‘rilayotgan yuridik ishga mos keladigan huquq normasining mazmunini aniqlash va uni sharhlash;
ko‘rilayotgan masalaga oid tanlab olingan huquq normasini qo‘llashga qaratilgan akt chiqarish;
huquqni qo‘llash akti chiqarilgandan so‘ng uning bajarilishini ta'minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
huquqni qo‘llash aktining amalda bajarilishini tekshirish va uning ustidan nazorat o‘rnatish.