14.5. HUQUQNI QO‘LLASH AKTLARI TUSHUNCHASI, XUSUSIYATI VA TURLARI
Huquqni qo‘llash akti – bu yuridik ish bo‘yicha muayyan shaxs(lar)ning huquqlarini, majburiyatlarini va u(lar)ning yuridik javobgarlik darajasini belgilovchi, yuridik faktlar va huquq normalariga asoslanib vakolatli organ yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan huquqiy akt.
Yuridik ishni hal etish huquq ijodkorligi hujjatlariga nisbatan bo‘ysunuvchi maqomga ega bo‘lgan huquqni qo‘llash aktlarida qayd etiladi. Ular huquq normalariga asoslanadi hamda normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish jarayoniga individual normativ ta'sirini o‘tkazish maqsadini ko‘zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |