I BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
1.1 Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning nazariy asoslari
O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni ma’muriy-huquqiy jihatdan tartibga solish muhim ahamiyat kasb etganligi sababli, dastavval, ushbu tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning nazariy asoslarini yoritib o‘tish va u bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish lozim.
Jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlarning nazariy asoslarini yoritishdan oldin, ushbu tushunchaning mazmun-mohiyatini tushunish lozim bo‘lib, turli yuridik adabiyotlarda ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasiga bir-biriga o‘xshash bir necha ta’rif berilgan.
Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat - xalqaro ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kooperatsiya, mahsulotlarni eksport qilish va import qilish, korxonaning tashqi bozorga chiqishi bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat sohasi. Tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi iqtisodiy aloqalardan farqli o‘laroq, eksport-import operatsiyalari uchun tovarlarning nomenklaturasini tanlashda, narxi va qiymatini belgilashda, yetkazib berish hajmi va muddatini aniqlashda to‘liq mustaqil bo‘lgan ishlab chiqarish tuzilmalari (firmalar, tashkilotlar) darajasida amalga oshiriladi11 12.
Bundan tashqari, boshqa bir manbaada tashqi iqtisodiy aloqalar deyilganda, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimi sifatida ta’rif berilgan.
Binobarin, ushbu manbaada mazkur ta’rif kengaytirilib, tashqi iqtisodiy aloqalar - aniq bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimotiga, asoslangan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishga hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil
munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro‘yobga chiqarish jarayoni sifatida belgilangan13.
Shuningdek, yana bir yuridik adabiyotda jahon iqtisodiyotiga keng ma’noda jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi tizim, tor ma’noda iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizim, deb ta’rif berish mumkin. Amaliyotda keng ma’nodagi ta’rif ko’proq qo’llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz. Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‘jalik aloqalari yuzlab milliy xo‘jaliklarni “jahon iqtisodiyoti” deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e’tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o‘zaro bog‘liqdir14.
Xususan, insoniyatning barcha davrlarida qadimdan xalqlar qo‘shni xalqlar bilam iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda doimo o‘zaro, bir-biriga ehtiyoj sezib keligan hamda ushbu ehtiyojlarlardan kelib chiqib, bir-biri bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishgan. Ushbu munosabatlar xalqalar va davlatlar o‘rtasida tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy, tashqi ijtimoiy ko’rinishlar shaklida o‘zaro hamkorlikning turli shakllarini namoyon qilib kelgan.
Shuni qayd qilish kerakki, qadimgi davlatlarning tashkil topib, taraqqiy etishida dehqonchilik, hunarmandchilik kabi boshqa kishilarning tabiiy turmush tarzi uchun muhim bo‘lgan mashg‘ulotlar qatorida tashqi iqtisodiy aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Dastlabki davrlarda odamlar o‘rtasida mahsulotlarni o‘zaro ayirboshlash rivojlangan bo‘lsa, keyinchalik pulning qadimgi shakllari paydo bo‘lgandan so’ng bu savdo-sotiqning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy aloqalarning asosiy qismi bilan bog‘liq munosabatlar ular o‘rtasidagi savdogarlar tomonidan olib borilgan savdo-sotiq sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, ushbu karvon yo‘llarining xavfsizligi asosan ta’minlanganligi ularning ahamiyatini yanada oshirgan. Bu o‘rinda davlatlarning karvonlar xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni ham kattadir. Karvonlar ma’lum bir davlat hududidan o‘tganligi sababli, o‘sha davlat ushbu karvon yo‘lining xavfsizligini ta’minlashga manfaatdor bo‘lgan. Inson ehtiyojlarining doimo murakkablashib borishi, o‘zlari yashab turgan hududda resurslarning kamligi turli davlat balki jahon mintaqalari o‘rtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etgan. Savdo-sotiqning kengayib borishi natijasida, nafaqat qo‘shni davlatlar balki qo‘shni qit’alar bilan savdo aloqalari yo‘lga qo‘yila boshlandi. Bunda dengiz yo‘llari hal qiluvchi rolni o‘ynadi. Keyinchalik sanoat inqiloblari natijasida paravozlar yaratildi. Bu esa temir yo‘l va dengiz orqali yuk tashish imkonini yaratdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish shaklida namoyon bo’ladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida davlatlar va ularning subyektlarining xalqaro hamkorligining turli shakllarining kompleks tizimi. Tashqi iqtisodiy aloqalar kategoriya sifatida - davlatlar va mamlakatlarning iqtisodiy subyektlari o‘rtasida resurslar harakatida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Ushbu munosabatlar davlatning iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, birinchi navbatda, ishlab chiqarish, savdo, investitsiya va moliyaviy sohalarni qamrab oladi. Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir.
Jumladan, tashqi iqtisodiy aloqalar shakli bu aloqaning mavjudligi, muayyan aloqa mohiyatining tashqi ko‘rinishi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning tuzilmaviy birligi tashqi iqtisodiy operatsiya hisoblanadi15.
Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyat barcha mamlakatlarda birdek doimiy muhim hisoblangani bois, u bilan bog‘liq munosabatlar va uning nazariy asoslari asrlar davomida rivojlanib kelgan. Xususan, har bir mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati uning iqtisodiy o‘sishining muhim sharti hisoblanadi.
Shuningdek, xalqaro iqtisodiy integratsiya, transmilliylashuv, xalqaro mehnat taqsimoti, jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida ushbu masalalar yanada dolzarb ko‘rinish kasb etadi.
Binobarin, korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati bu - xalqaro ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, mahsulotlarni eksport va import qilish, korxonaning tashqi bozorga chiqishi bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat sohasidir. Bu faoliyat mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishni anglatadi.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq munosabatlarning nazariy asoslarini yoritish bilan bog’liq munosabatlarda ushbu tashqi iqtisodiy faoliyatni uning funksiyalari kategoriya sifatida tavsiflangan bo‘lib, ular quyidagilar:
xalqaro iqtisodiy almashinuvni tashkil etish va unga xizmat ko’rsatish - xalqaro mehnat taqsimoti jarayonida olingan mahsulotlarni iste’molchiga yetkazish;
xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotlarining iste'mol qiymatini xalqaro e'tirof etish - tovar-pul munosabatlari harakatining bajarilishi - xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotini pulga almashtirish, natijada almashtirilayotgan mahsulotdagi iste’mol qiymati xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ladi;
xalqaro pul muomalasini tashkil etish - xalqaro hisob-kitoblar jarayonida pulning harakati uchun shart-sharoitlar yaratish16.
Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi savdo aloqalari har doim istalgan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi.
Shuni qayd etish kerakki, XIX asrda ingliz iqtisodchisi D.Rikardo hatto mamlakat hech narsada mutlaq ustunlikka ega bo‘lmasada, iular o‘rtasidagi savdo har ikkala tomon uchun ham manfaatli faoliyat bo‘lishini ko‘rsatib kelmoqda.
Shuningdek, o‘zaro tashqi iqtisodiy faoliyat tufayli ikki mamlakatdagi narxlar orasida g‘oyat kichik farqlar mavjud bo‘ladi, shu tufayli har bir mamlakat boshqasiga nisbatan biror ustunlikka ega bo‘lib qolaveradi., unda shunday tovar topiladiki, xarajatlarning mavjud nisbatida uni ishlab chiqarish qolgan mamlakatlardagiga nisbatan manfaatliroq bo‘ladi. Aynan shu tovarni boshqalarga ayirboshlash uchun eksport qilish lozim. D.Rikardoning qiyosiy afzallik qonuniga ko‘ra, har bir mamlakat u yoki bu tovarni ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega bo‘ladi va uni boshqalarga ayirboshlash uchun sotib, manfaat ko‘radi17.
Tashqi iqtisodiy faoliyatnig zamonaviy dunyoqarash nazariy asosini shved olimlari E.Xeksher va B.Olinlar ko‘rsatib berishgan bo‘lib, ishlab chiqarish uchun katta xarajatlar talab qiladigan (ishlab chiqarishni ortiqchalik omillari)ni talab qiladigan va zarur xarajatlar (ishlab chiqarishning tanqis omillari)ni talab qiladigan tovarlar teskari nisbatdagi omillardan foydalangan holda, ishlab chiqariladigan tovarlarga ayirboshlash qilinib, eksportga chiqariladi. Ya’ni, yashirin tarzda ishlab chiqarishning ortiqchalik omillari eksport qilinadi hamda tanqislik omillari import qilinadi.
Ularning fikrlaricha, mamlakatlar ishlab chiqarishida asosan ortiqchalik omillaridan foydalanadigan tovarlarni eksport qiladi. Nazariy mualliflarning fikralariga ko‘ra uchta asosiy omil mavjud: mehnat sarmoya va yer.
Biroq, Xeksher-Olinning nazariyasida faqat ikkita omil - mehnat va sarmoya ko‘rib chiqiladi. Shunday qilib, ayrim tovarlar, ko‘p mehnat talab qiladi desalar, boshqalar ko‘p sarmoya talab qiladi, deb hisoblaydilar. Turli mamlakatlar mehnat va sarmoya bilan turlicha ta’minlangan.
Demak, mehnat resurslari ko‘p, ammo sarmoya yetarli bo‘lmagan mamlakatda mehnat qimmat, sarmoya esa arzon bo‘ladi. Bu mamlakatlardan har biri ishlab chiqarishning arzon omilidan ko‘proq darajada foydalanishi bilan ishlab chiqarilishi nisbatan arzonroq bo‘lgan tovarlarni eksport qiladi.
Iqtisodchi olimlar P.Samuelson va F.Stolperlar tashqi iqtisodiy faoliyat natijasida jamiyat sof foyda oluvchilar hamda zarar ko‘ruvchilarga ajratilishini ibotlab berdilar. Muayyan shart-sharoitlarda tashqi iqtisodiy aloqalarning o‘rnatilishi va erkinlashuvi muaqrrar ravishda narxi oshib borayotgan tovarni ishlab chiqarishda jadal foydalanilayotgan omilning o‘sib borishiga hamda ayni paytda narxi pasayib borayotgan tovarni ishlab chiqarishda jadal foydalanilyotgan omil ta’siri kamayishiga olib keladi. Bu tovarning ishlab chiqarish omillari egalari tomonidan iste’mol qilinish tarkibi bunga ta’sir ko‘rsatmaydi18.
Binobarin, iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning davlatlar va boshqa davlatlarning iqtisodiy subyektlari o‘rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi. Ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini avvalo, uning ishlab chiqarish, savdo investitsiyaga oid va moliyaviy faoliyatini qamrab oladi.
Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarning mohiyati uning funksiyalarida aniqlanadi. Quyidagilar ana shunday funksiyalar hisoblanadi:
tabiiy resurslar, ularning ashyoviy va qiymat shaklidagi mehnat natijasi bilan xalqaro ayirboshlashni tashkil etish va xizmat ko‘rsatish;
xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotlari iste’mol qiymatining xalqaro miqyosdagi e’tirofi;
xalqaro pul muomalasini tashkil etish
Jumladan, ushbu ko’rsatilgan fuinksiyalar birma-bir tahlil qilinganda ularning ham o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Xususan, yuqorida keltirilgan birinchi funksiya - tabiiy resurslar sifatida qazib olinadigan mahsulotlar va xalqaro mehnat taqsimoti jarayonida olinadigan mahsulotlarni ularning hamda qiymat shaklidagi mehnat natijalari bozori orqali aniq iste’molchilarga yetkazishdan iborat bo‘ladi. Ayirboshlashni tashkil etish ayni vaqtda ayirboshlashga xizmat ko‘rsatishni ham nazarda tutadi.
Ikkinchi funksiya - bajarish jarayonida tovar-pul munosabatlari harakatining yakunlashinishi va pulni xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotiga ayirboshlash tugashi yuz beradi. Buning natijasida mahsulotning iste’mol qiymati xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ladi.
Uchinchi funksiya - turli xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida pulning uzluksiz harakati uchun shart-sharoit yaratishdir19.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan birga ishlatiladigan tashqi iqtisodiy operatsiyasi tushunchasiga to‘xtalish lozim. Xususan, tashqi iqtisodiy operatsiya - savdo, investitsiya yoki boshqa iqtisodiy bitimlarni tayyorlash, tuzish va amalga oshirish bo'yicha turli mamlakat kontragentlarining harakatlar majmui hisoblanadi20.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy operatsiyalar quyidagi asosiy yo'nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bular quyidagilar:
savdo (eksport-import operatsiyalari, shu jumladan reeksport va reimport, qarshi savdo operatsiyalari va boshqalar;
texnologiyalar transferi (litsenziya va franchayzing shartnomalari, muhandislik, reinjiniring, konsalting va boshqalar;
investitsiyalar (chet el kapitali ishtirokidagi qo'shma korxonalar, erkin iqtisodiy zonalar doirasida investitsiyalar).
Bundan tashqari, nazariy jihatdan tashqi iqtisodiy bitim - xorijiy kontragentlar bilan huquqiy munosabatlarni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki tugatishga qaratilgan harakatlar hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalardan farqli o‘laroq, eksport- import bitimlari uchun tovar nomenklaturasini tanlashda, qiymat va narx belgilashda, yetkazib berish hajmi va muddatini aniqlashda to'liq mustaqil bo'lgan ishlab chiqarish tuzilmalari (firmalar, tashkilotlar, korxonalar) darajasida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni xo’jalik subyektining muayyan tashqi iqtisodiy funktsiyalari majmuasi sifatida ifodalash mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari - xorijiy sheriklar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshiradigan xo‘jalik faoliyati subyektlari21.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning moddiy asosi mamlakat, mintaqaning tashqi iqtisodiy majmuasi hisoblanadi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy majmuasi - eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, shuningdek import tovarlarini sotib olib, qayta ishlovchi, tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini amalga oshiruvchi tarmoqlar, tarmoqosti, birlashmalar, korxonalar, firmalar, kooperativlar, tashkilotlar, hamda tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashadigan davlat va jamoat tuzilmalari majmui.
Xususan, mamlakatning tashqi iqtisodiy majmuasi bo‘g‘inlari sifatida quyidagilarni keltirish liozim:
Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat
organlari.
Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va import mahsulotlarini iste'mol qiluvchi iqtisodiy komplekslar, tarmoqlar, kichik tarmoqlar, korxonalar.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar.
Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyatga ko'maklashuvchi tashkilotlar- tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasi:
axborot-maslahat tuzilmalari;
kredit-bank tizimi;
sug‘urta kompaniyalari;
tovar bozorlarii;
ulgurji vositachilik firmalari;
transport va ekspeditsiya xizmatlar;
Savdo-iqtisodiy masalalar bilan shug'ullanadigan xorijiy
muassasalar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi jahon tajribasini qo‘llagan holda ijstimoiy-iqtisodiy islohotlarning o‘ziga xos va mos yo‘lini tanlab, uni bosqichma- bosqich amalg oshirib kelmoqda. Iqtisodiy islohotlar natijasida erihilgan muvaffaqiyatlar, tub ijtimoit-iqtisodiy o‘zgarishlar, eng muhimi, islohotlarga bo‘lgan yondashuv jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, yuqorida ko’rstailgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarning faoliyatini komaklashtirish bo’yicha ako’plab ishlar amalga oshirilmoqda22.
Tashqi iqtisdoiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlar nazariy jihatdan doimiy o‘rganishda bo‘lib, u bilan bog‘liq munosabatlarni nazariy jihatdan tartibga solish ishlari davom ettirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning huquqiy asoslari
Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlar uzoq tarixiy jarayoni boshidan o‘tkazganligi sababli ushbu munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ko‘plab normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etib kelingan.
Xususan, dastlab davlatlar tashkil topgan vaqtda ular o‘rtasidagi munosabatlar ham rivojlanib borib, davlatlar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy munsabatlarni tartibga solishga qaratilgan o‘zaro shartnomalar qabul qilinib ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlar xalqaro shartnomalar asosida tartibga solingan.
Binobarin, davlatlar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq munosabatlarni yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha bir nechta xalqaro tashkilotlar tuzilib, ular tomonidan normativ hujjatlar qabul qilinib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinmoqda.
Jumladan, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar — bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida biigalikda qarorlarni ishlab chiqish, tartibga solish, birxillashtirish (unifikatsiyalash) maqsadida xalqaro shartnomalar asosida tashkil etilgan tashkilotlardir23.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro iqtisodiy munosabatlami davlatlararo tartibga solishning obyektiv zaruriyati tufayli tashkil etilgan. Xalqaro iqtisodiy munosabatlami davlatlararo tartibga solish — bu turli mamlakatlar tomonidan jahon xo‘jalik aloqalari sohasida ixtiyoriy ravishda qabul qilinadigan umumiy majburiyat va qoidalar yig‘indisidan iborat.
Ushbu zaruriyatning shakllanish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: bojxona tariflarini pasaytirish orqali xalqaro savdoni erkinlashtirish, jahon mustamlaka tizimining parchalanishi va mustaqil bo’lgan mamlakatlarning rivojlanishini ta’minlash, XX asming 70—80-yillaridagi neft eksport qiluvchi mamlakatlar siyosati tufayli sodir bo‘lgan xomashyo va energetika inqirozlari, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy inqirozlar. jahon iqtisodiyotining globallashuvi, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqalaming chuqurlashuvi, milliy iqtisodiy tizimlarning jahon xo‘jaligida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga moslashishi, transmilliy korporatsiyalar rolining ortishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarining intensiv rivojlanishi, jahon sotsialistik tizimining parchalanishi, global muammolaming chuqurlashishi24.
Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar xalqaro tartibga solish doirasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
Jahon iqtisodiyotining iqtisodiy va sanoat tarmoqlarini tartibga
soluvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlari (Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish — YuNIDO, Umumjahon turizm tashkiloti, Umumjahon Dengiz tashkiloti va boshqalar);
Jahon savdosini tartibga soluvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
(Umumjahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va taraqqiyot konlerensiyasi — YuNKTAD, xomashyo va oziq-ovqat maqsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlaming xalqaro taslidloti);
Xalqaro moliya-kredit va valyuta tashkilotlari (Xalqaro valuta fondi,
Jahon banki institutlari);
Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro va mintaqaviy
tashkilotlar (TMK bo’yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti komissiyasi);
Jahon xo’jalik aloqalarini rivojlantirishga yordam beruvchi nodavlat
xalqaro birlashma va tashkilotlar (savdo palatalari, tadbirkorlaming xalqaro ittifoqlari, tarmoq federatsiyalari).
Jumladan, xalqaro tashkilotlar a’zolari sifatida faqat mustaqil davlatlar bo‘la oladi. Mamlakatlaming bir qismi xalqaro tashkilot a’zosi bo‘la olmaydi. Tashkilotning hamma a’zolari teng huquqqa ega va uning faoliyati uchun javobgardirlar. Ular tashkilot budjetiga a’zolik to‘lovlari o‘tkazadilar va ushbu to‘lovlar miqdori turlicha bo‘ladi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xarajatlarini moliyalashtirishda AQShga — 25 %, Yaponiyaga — 19,9 %,
Germaniyaga - 9,8 %, Fransiyaga - 6,5 %, Italiyaga —5,4 %, Buyuk Britaniyaga - 5,1 %, Ispaniyaga - 2,6 %, qolgan mamlakatlar hisobiga — 25,7 % xarajatlar to‘g‘ri keladi. Xalqaro tashkilotlarda kuzatuvchi mavqeyi mavjud. Ushbu mavqe tashkilotga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uchun beriladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining ko‘pgina sessiyalarida Shveytsariya kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko‘pgina a’zolari Xavfsizlik Ittifoqi majlislariga o‘z kuzatuvchilarini yo‘llaydilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotida qator milliy- ozodlik harakatlariga ham kuzatuvchi statusi berilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlariga maxsus uyushmalar va mintaqaviy tashkilotlar ham o‘z kuzatuvchilarini yuboradilar. Kuzatuvchilar asosiy majlislarda ishtirok etish va hujjatlami olish huquqiga ega25.
Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlarda jahon savdo tashkiloti ham muhim rol o‘ynaydi. Bir so‘z bilan aytganda, a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo, tovarlar hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi tegishli munosabatlarni tartibga solishda ushbu tashkilot muhim rol o‘ynamoqda.
Jahon savdo tashkiloti ko‘p tomonlama savdo tizimining huquqiy va institutlashgan o‘zagidir. U ichki savdo qonunchiligi va qoidalarini rivojlantirish va amalga oshirish uslublarini hukumatlarga belgilab, shartnomaviy majburiyat tamoyillarini taqdim qiladi.
Jahon savda tashktiloga 1995-yil yanvarida asos solingan bo‘lib, 15.12.1993 yilda mamlakatlar hukumatlari Urugvay Davrasi bo‘yicha muzokaralarni tugatdilar va 1994-yil aprel oyida Marrokkash (Marokko) shahrida erishilgan natijalarni siyosiy qo‘llashni ifoda etib, Yakunlovchi hujjatni imzoladilar.
Xususan, 15.04.1994 yildagi Marokash deklaratsiyasida “Urugvay Davrasi natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlaydi va butun dunyoda savdoni, investitsiyalarni kengaytirib, ishchi kuchi bandligi, daromadlarning o’sishiga olib keladi”, deb belgilab qo’yildi.
Shu bilan birga, u jamoaviy bahslar, muzokaralar va taqdimlash orqali mamlakatlar orasidagi savdo aloqalarini rivojlantiruvchi platforma vazifasini bajarib kelmoqda26.
Jahon savdo tashkiloti Urugvay Davrasi natijalari ifodasi hamda Tarif va Savdo bo‘yicha umumiy bitim davomchisidir. Marrokash deklaratsiyasining kuchga kirishi Jahon savdo tashkiloti yangi xalqaro tashkilot sifatida asos solindi. U Jahon savdo tashkiloti bitimlariga qo‘shilgan Tovarlar savdosi, Xizmatlar savdosi va intellektual mulk huquqi bilan bog‘liq bitimlarning amalga oshirilishida ko‘mak beradi.
Xususan, Jahon savdo tashkilotiga O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida keltirilgan ta’rifni keltirib o'tish joiz.
Binobarin, Jahon savdo tashkiloti — jahon mamlakatlarining o‘zaro savdo hamda savdo siyosati rejimini boshqaruvchi xalqaro tashkilot.
Xalqaro savdoda tashkilotga a’zo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy bo‘lgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo ko‘p tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi.
Xususan, 1995 yilda 1948—1994 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimiga kirib, markaziy idorasi Shveytsariya (Jeneva)da joylashgan. Jahon savdo tashkiloti jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yo'li bilan davlatlar savdo siyosatiga ta’sir ko'rsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qat’iy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yig‘ilishlar o‘tkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va boshqalar vazifalarni bajaradi.
Jahon savdo tashkilotining oliy organi — barcha a’zo mamlakatlar Vazirlar Konferentsiyasi bo‘lib, kamida 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi bo’yicha kengash, xizmatlar savdosi bo‘yicha kengash, intellektual mulk masalalari bo‘yicha kengash), sekretariat, doimiy qo‘mitalar rahbarlik qiladi.
Jahon savdo tashkiloti faoliyati a’zo mamlakatlarning o'zaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, to‘siqlari va boshqalar)ni qo‘llash bilan himoya qilishga qaratilgan. A’zo mamlakatlar Jahon savdo tashkiloti talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa a’zolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qo‘llaydi, o‘z ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi.
Jumladan, ushbu Jahon savdo tashkilotiga 133 mamlakat to‘la huquqli a’zo bo‘lib, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lib, 1992—1993 yillarda ushbu davlatlar tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan27.
Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlanganidek, Jahon savdo tashkiloti bitimlariga qo‘shilgan Tovarlar savdosi, Xizmatlar savdosi va intellektual mulk huquqi bilan bog‘liq bitimlarning amalga oshirilishida ushbu tashkilot ko‘mak berish vazifasini bajaradi.
Ushbu Bitimlarga ilova sifatida kiritilgan Savdo siyosatini yoritish mexanizmi bilan yuzaga chiquvchi ixtiloflarni bartaraf etish Shartnomasining qo‘llanishini amalga oshiradi28.
Yuqorida ta’kidlanganidek, ko‘p tomonlama savdo muzokaralari bo‘yicha Urugvay Davrasi natijalarini o‘zida mujassam etgan Yakunlovchi xujjat Jahon savdo tashkilotini tashkil etish bo‘yicha Bitimni ham o‘z ichga oldi.
Jahon savdo tashkiloti Bitimiga to‘rtta ilova o‘zgartirishlar kiritilgan ikki matnni - 1947-yilda qabul qilingan Tarif va Savdo bo'yicha umumiy bitim va yangi bitimlar, jumladan, Xizmatlar savdosi va intellektual mulk huquqini himoya etish bitimlarini o‘z ichiga olgan .
Jumladan, ikkinchi jahon urushidan so‘ng davlatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlari rivojlana borgan. Jahon savdo tashkiloti esa 1995-yilda tashkil etilgan. Dunyo tarixida tub burilish yasagan voqeadan so‘ng davlatlar o‘rtasidagi qariyib yarim asrlik muddatda ushbu yuqorida ko‘rsatilgan davlatlar o‘rtasidagi tarif, savdo, xizmatlar savdosi hamda intelektual mulk bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda 1947-yilda qabul qilingan Tarif va savdo bo‘yicha umumiy bitim hamda Xizmatlar savdosi va intelektual mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha bitimlar qo‘llanilgan.
Ma’lumki, ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish yuzasidan normativ huquqiy hujjatlar yoki boshqacha aytganda taraflar uchun ularning huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan hujjatlar qabul qilinib, ushbu sohalar tartibga solinadi.
Shu sababli, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar yuqorida keltirilgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Binobarin, Jahon savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan birinchi Nizom tarkibida birinchi ilova sifatida Tovarlar savdosi haqida umumiy Bitim, IV nomli ilovada esa Xizmatlar savdosi haqida umumiy Bitim, 1S nomli ilovada Savdo haqida Bitim hamda intellektual mulk huquqi bilan bog’liq jihatlar (TRIPs) tartibga solingan.
Shuningdek, Jahon savdo tashkilotini Ikkinchi Nizomi ixtiloflarni bartaraf etishni nazorat etuvchi qoida va jarayonlar bo‘yicha Bitim hisoblanadi25.
Bundan tashqari, uchinchi Nizomda savdo siyosatini ko‘rib chiqish mexanizmi bilan bog’liq munosabatlar tartibga solinadi.
To'rtinchi nizomda esa Jahon savdo tashkilotining barcha a’zo davlatlar tomonidan imzolangan ko’p tomonlama Savdo Bitimini o’z ichiga oladi.
Shu bilan birga, mazkur Savdo Bitimida “...ushbu bitmlarni qabul qilmagan a’zo mamlakatlarga hech qanday majburiyat yoki huquq yuklamaydi» deb qayd etilgan26.
Yuqorida keltirilgan А, V, S nomli uch ilovada keltirilgan Bitimlar barcha a’zo davlatlar uchun bog‘lovchi vazifasini o‘taydi (har tomonlama savdo bitimlari).
Bundan tashqari, Fuqarolik samolyotlari savdosi haqida Bitim, Davlat ta’minotlari haqida Bitim, Sut mahsulotlari haqida xalqaro Bitim, Mol go’shti haqida Bitimlar esa faqat imzo chekkan davlatlarnigina birlashtiradi.
Xususan, Savdo va tariflar bo’yicha asosiy kelishuvning avvalgi nizomlari Tovarlar savdosi haqida Bitimga (1А Ilova) kiritilgan.
Binobarin, 1А Ilova Savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuvning 1994- yildagi Urugvay Davrasigacha bo‘lgan Savdo va ta’riflar bo‘yicha asosiy kelishuvning maxsus protokol, qarorlar va tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
1994-yildagi Savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuvning Tovarlar savdosi haqida Bitim qarorlari Jahon savdo tashkiloti bitimlari 1А Ilovasiga kiritilgan bo‘lib, ular quyidagilar:
Savdoda texnik to’siqlar haqida bitim Bojxona bahosi haqida bitim (1994- yildagi Savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuvning VII bandining bajarilishi) kelib chiqish joyi haqida bitim;
Importni litsenziyalash jarayonlari haqida bitim;
Yuklashdan oldingi tekshirish haqida bitim;
Himoya choralari haqida bitim;
Sanitar va fitosanitar tadbirlarni qo’llash haqida bitim;
Subsidiyalash va kompensatsiyalash tadbirlari haqida bitim;
Antidemping va kompensatsion boj haqida bitim (1994-yildagi Savdo va tariflar bo’yicha asosiy kelishuvning VII bandining bajarilishi) Sado bilan bog‘liq investitsion tadbirlar haqida bitim;
Tekstil va kiyim haqida bitim;
Qishloq xo‘jaligi haqida bitim.
Binobarin, Jahon savdo tashkilotining Savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuvdan farqi nafaqat a’zo mamlakatlar sonida (1994-yil yakunida Savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuvda 128 ta, Jahon savdo tashkilotida esa 2003
yilda)balki Jahon savdo tashkiloti nizomida qo‘llanishi ko‘rsatilgan tijorat faoliyati va savdo siyosatini keng qamrab olganligida ko‘rinadi29.
Jumladan, savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuv faqat tovar savdosi masalalari bilan shug‘ullangan, Jahon savdo tashkiloti esa kengroq sohalarga tadbiq qilinib, tovar va xizmatlar savdosi hamda intellektual mulk huquqi savdosini qamrab oldi. Amerika Qo’shma Shtatlari Afrikaning imkoniyatlari va o’sishi haqida Akt qabul qilgan. 2001-yil noyabrida Dohada (Qatar) Jahon savdo tashkiloti a’zo mamlakatlari Doha davrasi muzokaralarini boshladilar.
Xususan, bu bilan ular kambag‘allikka qarshi kurashda o‘sishga erishish uchun boy mamlakatlar bozorlarini rivojlanayotgan mamlakatlar tovarlari uchun ancha ochiq bo’lishini, hamda rivojlanayotgan mamlakatlar ham o‘z bozorlarini ochishlari va institutsional muammo va masalalarni ko‘rib chiqishlari kerakligini tan oldilar.
Mamlakamtimizda oxirgi yillarda JST ga a’zo bo‘lish maqsadida bir qator izchil ma’muriy, siyosiy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. JST ning belgilangan nizom talablariga javob berish maqsadida yurtimizda savdo tartib- taomillarini soddalashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan joriy yilning 27-yanvarida regulation.gov.uz saytiga “O‘zbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi30. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish va milliy qonunchilikni JSTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risidagi Bitimining 23.2-moddasi qoidalariga
muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Jahon savdo tashkilotining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha Bitimi 23-moddasida a’zo davlatlar tomonidan savdoda ishtirok qiluvchi (tashqi savdo, moliya, xususiy sektor) va chegarada nazorat qiluvchi (bojxona, karantin, sertifikat) idoralar ishtirokida Savdo tartibotlarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitalar tuzish lozimligi to‘g‘risida qoida belgilangan.
Ushbu qarorning xalq muhokamasi jarayoni joriy yilning 11-fevralida yakunlandi. Muhokama jarayonida olimlar, izlanuvchilar, ushbu sohaning yetuk mutaxassislari, shuningdek fuqarolar tomonidan qarorni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va xulosalar berildi. Yaqin kunlarda ushbu qarorning qabul qilinishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |