22. Pedagog
xodim auditoriyaga kirganida, barcha talabalar
o‘rinlaridan turib salomlashishlari, so‘ngra faqat pedagog xodimning ruxsati
bilan o‘z joylarini egallashlari kerak.
Pedagog xodim auditoriyadan
chiqqanda, talabalar o‘rinlaridan turishlari lozim. Shu tariqa talabalar dars
vaqtida auditoriyaga kirgan yoshi katta insonlar bilan o‘rinlaridan turib
salomlashishlari darkor.
23. Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish
barcha uchun qat’iyan taqiqlanadi.
24. Talabalarning darsga kech qolib kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lekin uzrli sababga ko‘ra darsga kech qolgan talaba uzr so‘rab,
pedagog
xodimning ijozati bilan joyiga o‘tirishi mumkin. Dars mashg‘ulotiga kech
qolgan talaba faqat pedagog xodimning ruxsati bilan auditoriyaga kiritiladi.
Pedagog xodim dars mashg‘ulotlariga o‘zining nojo‘ya harakatlari
bilan xalaqit berayotgan talabani yuzaga kelgan vaziyat haqida kurs dekanini
xabardor qilib (kurs dekani o‘z o‘rnida bo‘lmaganda dekan o‘rinbosari yoki
guruh murabbiyini), darsdan chetlatishi mumkin.
25. Talaba uchun pedagog xodim bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan
tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo‘lsa, u holda muloqot:
dars mashg‘ulotlarida,
maslahat soatlarida, mustaqil ish,
reyting
nazoratlarini topshirishda yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilangan vaqtda
amalga oshirilishi mumkin;
talaba o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan pedagog xodimning lavozimi,
ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.
26. Talaba oldindan kelishilmagan holda pedagog xodimning huzuriga
kelsa, umumiy yoki o‘zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan
yoki kelmagan bo‘lsa, pedagog xodimdan hatto qisqa vaqt suhbatlashishni
talab qilishga ham haqli emas.
27.
Asoslangan jiddiy sabablar (qo‘pollik, tamagirlik, pedagog
xodimning aybi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilishidagi muntazam uzilish
hollarini isbotlovchi dalillar va b.) hamda guruh (kurs)ning
yakdil fikri
mavjud bo‘lgan holatlarda, talabalar pedagog xodimni almashtirish haqida
iltimos bilan kurs dekaniga murojaat qilishlari mumkin.
11
28. Rahbar va boshqa xodimlar,
doktorantlar, talabalar o‘rtasidagi
munosabatlar, o‘zaro hurmat, ahillik, faollik, bag‘rikenglik, hamkorlik,
insonparvarlik, g‘amxo‘rlik va adolat tamoyillariga asoslanadi.
29. Lavozim darajalari teng bo‘lgan xodimlar o‘rtasidagi muammolarni
o‘zaro hal etish tavsiya etiladi. Lavozim darajalari teng bo‘lgan xodimlarning
ish jarayonidagi turli muammolarni o‘z vakolatlari doirasida, rahbarlarni jalb
etmagan holda hal etishlari ma’qullanadi.
30. Rahbar xodimlarga talabalar, xodimlar va doktorantlar tomonidan
biror-bir masala yuzasidan murojaat qilinishi tartib (subordinatsiya tamoyili)
asosida tashkil etiladi.
31. Talaba, xodim va doktorantning universitetda ma’naviy-axloqiy
muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: