Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


VI. Talabalar, xodimlar va doktorantlarning



Download 205,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana24.02.2022
Hajmi205,17 Kb.
#219908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
odob axloq qoidalari lotin

VI. Talabalar, xodimlar va doktorantlarning 
odob-axloqqa oid majburiyatlari
32. Talabalar, xodimlar va doktorantlar: 
boshqa talabalar, xodimlar va doktorantlarga o‘rnak bo‘lishga;
doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi
olijanob fazilatlarni chuqur anglashga;
o‘z vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada amalga oshirishga;
TDYU obro‘-e’tibori va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday
harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyishga, shuningdek, bunday harakatlar
sodir etilishining oldini olishga;
TDYU to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘yiga
ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslikka;
TDYU mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish (ko‘char va
ko‘chmas mulk, o‘simlik va hayvonot dunyosiga va b.), shu jumladan,
xizmat vazifasini bajarish uchun berilgan, shuningdek, orgtexnika vositalari
va buromad materiallaridan to‘g‘ri va tejamkorona foydalanishga;
moddiy boyliklar va boshqa resurslardan oqilona foydalanish va ularni
saqlash tartibiga qat’iy rioya qilishga;
12


elektr energiyasi va suvni tejamkorona ishlatishga;
biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, u haqda zudlik bilan
TDYU rahbariyatiga xabar berishga;
odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni
hurmat qilishga;
talabalar, xodimlar va doktorantlar, shuningdek, boshqa shaxslar bilan
munosabatda xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, sabr-toqatli bo‘lishi,
ularni hurmat qilishga;
kiyinish odobiga rioya qilishga;
belgilangan cheklashlar va taqiqlarga rioya qilish, o‘z vazifalarini
og‘ishmay bajarishga;
talabalar, xodimlar va doktorantlarning shaxsiy va oilaviy
muammolarini muhokama qilmaslikka, hech bir shaxs haqida irqi, e’tiqodi,
millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, holati va lavozimi, tili va boshqa
xususiyatlaridan qat’i nazar noto‘g‘ri fikr yuritmaslikka va uni
kamsitmaslikka;
talabalar, xodimlar va doktorantlar, shuningdek, boshqa shaxslar
ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirmaslikka va tarqatmaslikka;
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odatlari
va an’analarini hurmat qilishga, turli etnik, ijtimoiy guruhlar va
konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olishga,
ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikka
ko‘maklashishga; 
TDYU obro‘yi yoki nufuziga putur yetkazadigan nizoli vaziyatlarga
yo‘l qo‘ymaslikka;
talabalar, xodimlar va doktorantlarning sha’ni va qadr-qimmati
kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
talaba, xodim va doktorantning sa’y-harakatlariga qasddan ziyon
yetkazmaslikka;
yuqori davlat organlari va mansabdor shaxslarining, shuningdek,
TDYU rahbariyatining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan)
qarorlarini (topshiriqlarini) o‘z vaqtida va sifatli bajarishga, ularni shubha
ostiga olmaslik va sharhlamaslikka;
13


o‘z shaxsiy foydasi hamda o‘zgalar manfaatini ko‘zlab o‘z mavqeyini
suiiste’mol qilmaslikka;
TDYU rahbariyatining mazkur qoidalarni bajarish to‘g‘risidagi
talablarini muhokama qilmasdan zudlik bilan bajarishga;
haqiqatni gapirishga, rahbarlar va boshqa xodimlarni chalg‘itmaslikka;
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida TDYU hududida behuda yurmaslikka;
TDYUda diniy tashviqot olib borilishiga qarshi kurashishga;
mutasaddi xodimlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini
osmaslikka;
narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar iste’mol
qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashishga;
kasbiy faoliyati davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan, ularning oshkor
etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beriladigan
axborotning saqlanishini va maxfiyligini ta’minlash yuzasidan barcha
choralarni ko‘rishga;
sog‘lom turmush tarzini yuritish, o‘z ishchanligi va atrofdagilarning
sog‘lig‘ini saqlashga g‘amxo‘rlik qilish, estetik va ekologik madaniyatning
tarqalishiga ko‘maklashishga; 
tanqidiy mulohazalarni obyektiv qabul qilishga va bildirishga, o‘z xato
va kamchiliklarini anglash va bartaraf etishga;
TDYU talabalari va universitetga o‘qishga kiruvchilar bilan har qanday
noqonuniy moliya-iqtisodiy munosabatga kirishmaslikka;
moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo‘llar bilan ko‘z-ko‘z
qilmaslikka;
Axborot-resurs markazi xodimlari bilan xushmuomala bo‘lishga,
kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, uyali aloqa
vositalarini o‘chirib qo‘yishga, baland ovozda so‘zlashmaslik va
atrofdagilarga xalaqit bermaslikka, ovqat yemaslik, suv ichmaslik, qog‘oz,
saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslikka, kitoblarni olish va
topshirish tartib-qoidalariga rioya qilishga;
14


tadbirlar davomida hissiyotlarni baland ovozda namoyon qilishdan
o‘zini tiyishlikka, boshqa tomoshabinlarga nisbatan odobsiz so‘zlarni
bildirmaslikka, sahnadagilarga nisbatan hurmatda bo‘lishga, hushtak
chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslikka,
uxlamaslik, o‘rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan baland ovozda
gaplashmaslik, uyali telefonda so‘zlashmaslik, yon-atrofdagilarga xalaqit
bermaslikka;
sport majmuasiga sport kiyimi va poyafzallarida kirishga;
sport inventarlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga;
mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta
topshirishga;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilishga
majbur;
TDYU auditoriyalari, binolari va binolarga tutashgan hududda tozalikni
saqlashga;
hududni ifloslantirmaslik, chiqindilarni joylardagi maxsus qo‘yilgan
qutilarga tashlashga;
shaxsiy avtomobilni taqiqlangan joyda qoldirmaslik, yo‘l harakati
qoidalarini mensimaslik (beparvo bo‘lish), shuningdek, transport
vositalaridan foydalanishda xavf-xatar yaratish va boshqalar tinchligini
buzuvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka;
ishdan (o‘qishdan) tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq
normalariga rioya etishlari, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga yo‘l
qo‘ymaslikka majbur.
33. Mazkur qoidalarning 32-bandida ko‘rsatilgan odob-axloqqa oid
majburiyatlarni bajarishdan tashqari:
a) talabalar:
pedagog va boshqa xodimlar bilan duch kelganda salom berishga;
tinchlik saqlashga va koridorlar, zinalarda yugurmaslikka, bir-birini
itarmaslikka va har qanday muammoni hal etish uchun jismoniy kuch
ishlatmaslikka, har qanday shaxslarga nisbatan axloqsiz iboralarni
qo‘llamaslikka, shovqin qilmaslikka;
15


o‘z harakatlarini puxta boshqarishga va TDYU talabasi degan nomga
munosib bo‘lishga;
TDYU diplomini olish uchun emas, balki haqiqiy bilim olish uchun
o‘qishga;
nutq madaniyatini doimiy takomillashtirishga;
talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimini faol qo‘llab-quvvatlash va
mustahkamlash, talabalik ijodiy faoliyat faolligini rivojlantirish (ilmiy-
ta’limiy, sport, badiiy va b.), korporativ madaniyatni o‘stirishga;
TDYU manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obro‘yi hamda
nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va
ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga;
pedagog xodimlarning mazkur qoidalarni bajarish to‘g‘risidagi
talablarini muhokama qilmasdan zudlik bilan bajarishga;
pedagog xodim bilan boshqa talabalarning bahosini muhokama
qilmaslikka;
xodimlar, doktorantlar va o‘z tengdoshlariga nisbatan hurmatda
bo‘lishga;
yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-
qoidalarni bajarish vaqtida chetdan yordam olmaslik, o‘zgalarga yordam
ko‘rsatmaslikka;
boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma
ishlarni o‘z nomidan topshirmaslikka;
mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaslik yoki darslarga kechikib
kelmaslikka;
dars mashg‘ulotlari o‘tayotgan vaqtda kurs dekanlari, magistratura
bo‘limi boshlig‘ining ruxsatisiz TDYU va uning hududidan ketmaslikka;
rahbariyat, xodimlar va yoshi bo‘yicha kattalar bilan
salomlashayotganda har doim o‘rnidan turishga;
talaba, xodim yoki doktorant bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganda o‘z
hissiyotlarini jilovlashga va mazkur vaziyatni ko‘rib chiqish tegishli
bo‘linma va xodimlarga (murabbiy, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich
tashkiloti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi) murojaat qilishga;
16


o‘quv mavzulari muhokama qilinganda faol, e’tiborli bo‘lishga
pedagog xodimning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga;
auditoriyada uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yishga;
dars vaqtida gaplashmaslik hamda dars mashg‘ulotiga taalluqli
bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullanmaslikka;
jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, partalar va stullarga
yozmaslikka;
qog‘oz, saqich va boshqa keraksiz narsalarni auditoriyada qoldirib
ketmaslikka;
mashg‘ulotlar davomida ovqatlanmaslik, suv ichmaslik, saqich
chaynamaslikka, shaxsiy kompyuterlar va boshqa kommunikatsiya vositalari
bilan faqat pedagog xodim ruxsati bilan foydalanishga;
mashg‘ulotlar vaqtida va ular tugagandan keyin pedagog xodimning
ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketmaslikka (shuningdek, chiqishga shay
bo‘lmaslikka);
pedagog xodimga mashg‘ulotlar vaqtida savol yoki iltimos bilan qo‘l
ko‘targan holda va ruxsat berilganidan so‘ng murojaat qilishga; 
etiket qoidalariga rioya etish va boshqa fuqarolarga qo‘pol muomalada
bo‘lmaslikka;
tashkilotlar va fuqarolarning mulkiga zarar yetkazmaslikka;
umumiy ovqatlanish joylarida taomlarga buyurtma berishda va olishda
navbat tartibiga va belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishga;
tirbandlik holatida o‘qituvchilar, ayollar va yoshi kattalarga hurmat
ko‘rsatishga;
ovqatlanish vaqtida shovqin qilmaslikka;
Talabalar turar joyi Ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishga;
jamoat xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, imkon darajasida
TDYUga jamoat transportida kelishga;
b) xodimlar:
o‘z xizmat joyidagi tartib-intizomga va xizmat hujjatlari bilan ishlash
qoidalariga rioya qilishga;
17


ta’tildan oldin mehnat shartnomasi tugatilganda o‘z xizmat joyini
talabga javob beradigan holatda qoldirish, o‘z zimmasidagi orgtexnika
vositalari va boshqa materiallarni, o‘ziga topshirilgan, lekin hali
yakunlanmagan vazifalarni boshqa shaxsga topshirishga;
telefon orqali muloqot qilishda muomala madaniyati va axborot taqdim
etish qoidasiga rioya qilishga (jumladan, suhbatni eng avval rasmiy tarzda
salomlashishdan boshlab so‘ng o‘z xizmat muassasasi, lavozimi hamda
familiyasi, ismi, sharifini aytib, maqsadga o‘tish lozim, taqdim etilayotgan
axborot maksimal qisqa, lo‘nda va aniq bo‘lishi kerak, so‘ralayotgan
ma’lumot suhbat jarayonida izlanishi tufayli telefon tarmog‘ini band qilishga
yo‘l qo‘yilmaydi, zarurat bo‘lsa, qayta qo‘ng‘iroqni amalga oshirish
mumkin);
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga;
yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni
ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar
hamda biz uchun yot bo‘lgan ekstremistik ta’sirlardan, “ommaviy
madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borishga;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ma’rifiy ishlarning
samarali shakl hamda uslublarini ishlab chiqishda ko‘maklashishga;
o‘z faoliyatlarini qonun va ichki hujjatlarda belgilangan mansab
vakolatlari doirasida amalga oshirishga;
o‘z xizmat vazifalarini vijdon bilan bajarishiga shubha tug‘diradigan
xatti-harakatlarni qilmaslik, talabalar bilan o‘z hamkasblarini kasbiy va
shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilishdan o‘zini tiyishga;
talabalarni asossiz o‘quv mashg‘ulotlaridan chiqarib yubormaslikka,
shuningdek, talabaga universitet talabalar safidan chetlashtirish (kursda
qoldirish) yoki talabaning majburan o‘qishni tashlashi uchun undash bilan
qo‘rqitmaslikka, uning talabalar safidan chetlashtirilishiga (kursda
qoldirilishiga) olib kelmaslikka;
akademik guruhda (kursda) talabalar xulqining umumiy madaniy holati
haqida kurs dekanlariga kerak bo‘lgan hollarda ta’sir choralari ko‘rish
lozimligi yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etishga majbur.
18



Download 205,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish