140
savollar bilan murojaat qilish kerakligini anglatadi. Shuning uchun,
agar korxona
bozor raqobati strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga, bozor kurashida
g„olib chiqishga hamda o„z faoliyatining xarakteri va mazmunidan qat‟iy nazar uzoq
muddatli istiqbolda muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatishga intilsa, u holda korxona
rahbariyati mahsulotni ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan ta‟riflashdan, unga korxona
tomonidan ishlab chiqariladigan buyum sifatida qarashdan qochishi kerak.
Ushbu fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, biz mahsulotni korxona
tomonidan nima sotilishi va mijoz tomonidan nima xarid qilinishi bilan bog„liq
bo„lgan xususiyatlar yig„indisi sifatida e‟tirof etamiz.
Strategik boshqaruv uchun mahsulotga bo„lgan
quyidagi uchta qarash muhim
ahamiyat kasb etadi
9
:
-
mahsulot mijozlarning ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida;
-
mahsulot tug„iladigan, o„sadigan va o„ladigan rivojlanuvchi hodisa sifatida;
-
mahsulot raqobat kurashining asosiy vositasi sifatida.
Ma‟lumki, korxona xaridorga narsa (narsalar to„plami), xizmat (xizmatlar
to„plami) yoki narsa va xizmatlar to„plamini sotib, bu mahsulotlarga muayyan
sifatlarni berish maqsadida ularni yaratishga muayyan mablag„lar, resurslar, tashkiliy
harakatlar, vaqt va boshqa shu kabilarni sarflaydi. Korxona tomonidan yaratiladigan
sifat xaridorning diqqatini tortishi va uni korxona mahsulotini sotib olishga undashi
kerak. Korxona xaridor uchun foydali bo„lgan sifatni yaratishga intilishi kerak, biroq
u ishlab chiqariladigan mahsulot sifati darajasini o„zida mavjud texnologiyalar,
kadrlar malakasi,
resurslarning naqdligi va, nihoyat rahbariyatning korxona
tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot qanday sifatlarga ega bo„lishi kerakligini
tushunish darajasidan kelib chiqqan holdagina yaratishi mumkin.
SHunday qilib, tovarning iste‟mol xususiyatlari yig„indisi ikkita guruhchaga
bo„linadi. Birinchi guruhcha – bu tovarning ko„rinishi, uning muayyan tovar guruhi,
masalan avtomobillar, qo„l soatlari va boshqa shu kabilarga tegishliligini belgilab
beradigan iste‟mol funksiyalari va xususiyatlaridir.
Har bir tovar guruhi umumiy
9
Michael A. H:II. Strategic Management: Competitiveness and Globalization – Concepts and Cases. South - Western
Collage Pub. 2014. USA. 246 p.
141
funksional ahamiyatga ega bo„ladi. Bunda funksional jihatdan yanada tor
ixtisoslashgan yanada aniq guruhchalarni yuzaga keltirish imkoniyati istisno
etilmaydi. Ikkinchi guruhchani tovarning xaridorlar uchun alohida iste‟mol
mazmuniga ega bo„lgan iste‟mol xususiyatlari va sifatlari, ya‟ni aniq iste‟molchining
aniq talablarini qondiradigan xususiyatlari tashkil etadi.
Ishlab chiqaruvchi tovarga nisbatan o„ziga xos munosabatga ega bo„lganligi
tufayli uni asosan birinchi iste‟mol xususiyatlari guruhchasi doirasida ko„radi.
Xaridor bo„lsa asosan ikkinchi guruhchaga tegishli bo„lgan iste‟mol xususiyatlarini
qabul qiladi. Oxirgi paytda birinchi va ikkinchi iste‟mol sifatlari guruhchalarining
mahsulot ichidagi munosabatlarini o„zgarish tendentsiyasi ikkinchi guruhcha
salmog„ining doimiy o„sishidan iborat bo„lmoqda. SHuning uchun korxona samarali
faoliyat ko„rsatishi uchun o„z mahsulotining iste‟mol
sifatlarini asosan ishlab
chiqaruvchi emas, balki iste‟molchi nuqtai-nazaridan ko„rib borishi kerak
Mahsulot faqat uning funksional iste‟mol sifat va xususiyatlari bilan
xarakterlanadi va xaridor tovarni sotib olishda ushbu xususiyatlarning baholash va
qiyoslash asosida tanlov qiladi deb uylash noto„g„ri bo„lardi. Hatto tovarlarning
iste‟mol xususiyatlari ma‟lum darajada farq qilib turganda ham xaridor uchun ularni
farqlash va buning ustiga birinining boshqalarga nisbatan ustuvorligini baholashga
qiynaladi. Xuddi shunday holatda, ya‟ni bir xil mahsulotlar
katta miqdorni tashkil
etganda, ularning barchasi tavsiflanishlariga ko„ra deyarli bir xil sifatlarga ega
bo„lganda va nihoyat, xaridor mahsulotning sifatini faqat uni iste‟mol qilish
jarayonida baholashi mumkin bo„lganda, mahsulotning tarkibi yana bir necha muhim
tarkibiy qismlar bilan to„la boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: