Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


- rasm. SBBga asoslangan tashkiliy struktura



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/99
Sana23.05.2022
Hajmi1,57 Mb.
#606827
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARISH (5)

6- rasm. SBBga asoslangan tashkiliy struktura
SBB ta‟limoti keng diversifikatsiyalashgan kompaniyaga har xil turdagi 
korxonalarni boshqarishda, strategik rejalashtirishda va moliyalashda ustunlikni 
ta‟minlaydi. 
Markazlashgan tashkilotning salbiy tomoni shundan iboratki, vertikal boshqaruv 
ierarxiyasi byurokratiyani xaddan tashqari rivojlantiradi, boshqaruv pog„onalarida 


117 
qaror qabul qilishni sekinlashtiradi. Markazlashmagan tashkilotlarda esa menejerlar 
vakolat doirasida mustaqil qaror qabul qiladi. Masalan, diversifikatsiyalashgan 
kompaniyalarda tashkiliy birlik rahbarlari keng huquqlarga ega bo„lib, qaror qabul 
qilishda mustaqildirlar. 
Keyingi yillarda avtoritar, ko„p pog„onali ierarxik tuzilmalardan voz kechib, 
gorizontal, markazlashmagan, xodimlarning vakolatlarini kengaytiradigan tuzilmalar 
qo„llanilmokda. Bunda: 
1.
Qaror qabul qilish vakolatini muammoni yaxshi bilib, unga yaqin turgan, 
hamma omillarni tahlil etish imkoniyatiga ega, o„z vaqtida va asoslangan qarorlarni 
qabul qilish qobiliyatiga ega quyi pog„onasida faoliyat ko„rsatadigan menejerlarga va 
oddiy xodimlarga berish lozim. Markazlashmagan strategik boshqaruv nuqtai-
nazaridan har bir tashkiliy birlikning menejerlari nafaqat o„z bo„linmasi uchun 
strategiyani yaratish shartini balki, uni tatbiq etishni ham nazarda tutadi. Demak 
markazlashmagan boshqaruv samarali menejerlarni tanlashni va ularni o„z 
bo„linmalari uchun strategiyani yaratishni va tatbiq etishni bildiradi. Muntazam 
ravishda qoniqarsiz natijalarga ega bo„ladigan, mos strategiyalarni yaratish va tatbiq 
etish qobiliyatiga ega bo„lmagan menejerlardan voz kechish lozim. 
2.
Menejer toifasida bo„lmagan xodimlarga ham o„z faoliyatiga tegishli 
qarorlarni qabul qilish vakolati berilishi lozim. Xodimlarni o„z faoliyati natijalari 
uchun qaror qabul qilish vakolatini berish prinsipi asosida quyidagi ishonch yotadi: 
g„oyani boshliqdan ijrochiga ya‟ni, oddiy xodimlarga etkazishga asoslangan 
boshqaruvga qaraganda o„z xodimlarining jamoaviy bilimlariga asoslanadigan 
boshraruv yaxshiroq natijalarga erishadi. Xodimlar ќar tomonlama asoslangan 
qarorlarni qabul qilishi uchun ular yetarli axborot hajmiga ega bo„lishi va o„z mehnati 
bilan kompaniya faoliyati natijalari o„rtasidagi bog„liqlikni tushunishi lozim. 
Gorizontal boshqaruv 
tuzilmalarining 
rivojlanishi va 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarining keng tarqalishi boshqaruv vakolatlarini ham kengaytirishni talab 
riladi. Xodimlar yetarli axborot hajmiga ega bo„lib, mustaqil qaror qabul qilsalar, bu 
ularga haqiqiy qoniqish keltiradi. 


118 
O„zaro bog„liq sohalarda faoliyat ko„rsatadigan diversifikatsiyalashgan 
kompaniyalarda strategiyalarga tegishli markazlashmagan qarorlarni qabul qilish 
bundan mustasno hisoblanadi. Ushbu vaziyatlarda strategik muvofiqlik yoki 
markazlashgan qarorlarni joriy etish yoki hamkorlik asosida qaror qabul qilish 
hisobiga ta‟minlanadi. Masalan, agar korxonalar o„zaro bog„liq jarayonlarga va 
texnologiyalarga ega bo„lsa va ularning har biri o„z yo„nalishini afzal ko„rsa, 
masshtab ko„lamini kengaytirishni, ya‟ni mahsulotlarni ishlab chiqarishni va 
xaridorlarni yangi guruhlarini jalb etishni istaydigan bosh kompaniya bir qancha 
muammolarga duch keladi. Agar sotish kanallaridan, servisdan, ta‟mirlash 
xizmatlaridan va boshqa shu kabilardan umumiy foydalanish imkoniyati mavjud 
bo„lsa, korxonalarni markazlashgan boshqaruvi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish